Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (58 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (58 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «Tadbirkorlik subektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturiga muvofiq hamda davlat va nazorat organlarining korxonalar moliya-xo`jalik faoliyatiga aralashuvini tubdan qisqartirish, tekshirishlarni tashkil qilish tizimini yanada takomillashtirish va mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga asossiz aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish, shu asosda tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishni taminlash maqsadida: 1. Shunday tartib o`rnatilsinki, unga muvofiq: yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subektlarining moliya-xo`jalik faoliyati ular davlat ro`yxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan o`tkazilmaydi (aksiz solig`iga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subektlari faoliyatini tekshirish, shuningdek byudjet hamda markazlashtirilgan mablag`lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog`liq tekshirishlar bundan mustasno); 2011 yilning 1 aprelidan to 2014 yilning 1 apreligacha bo`lgan davrda soliqlarni va boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida to`lab kelayotgan, shuningdek, ishlab chiqarish suratlarining barqaror o`sishi va rentabelligini taminlayotgan kichik tadbirkorlik subektlarining moliya-xo`jalik faoliyatini soliq sohasida tekshirish taqiqlanadi (yuridik shaxslarni tugatish chog`ida, qo`zg`atilgan jinoiy ishlar doirasida, shuningdek, byudjet hamda markazlashtirilgan mablag`lar hamda resurslardan foydalanish bilan bog`liq rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno); kichik tadbirkorlik subektlari faoliyatini soliq sohasida tekshirish muddatlarini qonun hujjatlarida ularni o`tkazish ko`zda tutilgan maksimal muddatdan, yani 30 kalendar kunidan ortiq muddatga uzaytirilishiga yo`l qo`yilmaydi. 2. Nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi (Sh. M. Mirziyoev) nazorat qiluvchi idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik subektlari faoliyatini tekshirish tartib-qoidalarini takomillashtirish va soddalashtirish borasidagi aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularda quyidagilar nazarda tutilsin: tadbirkorlik subektlarining moliya-xo`jalik faoliyatini (soliq to`lovchi tomonidan taqdim etiladigan moliya va soliq hisobotini tahlil etish asosida) kameral nazorat qilish hamda dastlabki tarzda o`tkazilgan kameral nazorat natijalari bo`yicha soliq qonunchiligi buzilishi aniqlangan hollarda tekshirishlar (taftishlar)ni tashkil qilishni keng joriy etish; soliq qonunchiligi buzilishlarining tizimli sabablarini aniqlash, keyinchalik ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun tekshirishlardan keyingi tahlil mexanizmini tatbiq qilish; tadbirkorlik subektlarining moliya-xo`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan tekshirishlarni o`tkazishda unifikasiyalashtirilgan nazorat savolnomasini ishlab chiqish va majburiy qo`llashni tatbiq etish. 3. Tekshirishlarni boshlash va o`tkazish, xo`jalik subektlarining faoliyatini, shuningdek bank hisob raqamlari bo`yicha operasiyalarni to`xtatib qo`yish va boshqa xuddi shunday xatti-harakatlar to`g`risidagi qarorlar buning uchun O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xo`jalik yurituvchi subektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to`g`risida» 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-sonli hamda «Tadbirkorlik subektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-sonli Farmonlarida belgilangan vakolatlarga ega bo`lmagan mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinayotganiga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi deb hisoblansin. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ushbu masala bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Mamuriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida takliflar kiritsin. 4. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tekshirishlarni tayinlash va o`tkazish, tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida o`rnatilgan tartibga so`zsiz rioya etishga yo`naltirilgan nazorat va huquqni muhofaza qilish idoralarining faoliyati ustidan tasirchan nazoratni taminlash bo`yicha zarur choralarni ko`rsin. 5. O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi, Adliya vazirligi O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda quyidagilarni taminlasin: mazkur Farmon qoidalarining maqsadi, mazmuni va amaliy ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish; davlat idoralari tomonidan tadbirkorlik subektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish hollarini ochib beradigan, shuningdek aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan ko`rilgan javobgarlik choralari to`g`risida radioeshittirish va teleko`rsatuvlarni, respublika hamda mahalliy matbuotda maqolalarni chop etishni muntazam ravishda tashkil etish. 6. Nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi (Sh. M. Mirziyoev) O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi, boshqa nazorat idoralari bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu Farmonning qoidalari taalluqli bo`lgan kichik tadbirkorlik subektlarining moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirishni qayta ko`rib chiqsin va 2011 yilgi tekshirishlar rejasidan chiqarib tashlasin. 7. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga ilovaga muvofiq o`zgartish va qo`shimchalar kiritilsin. 8. O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; idoraviy normativ hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin. 9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Toshkent sh., 2011 yil 4 aprel, PF-4296-son

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 apreldagi PF-4296-son Farmoniga ILOVA

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan o`zgartish va qo`shimchalar

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xo`jalik yurituvchi subektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to`g`risida» 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-sonli Farmonining 3-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to`ldirilsin: «nazorat organlari tomonidan kichik biznes subektlarini tekshirish muddati 30 kalendar kunidan oshirib yuborilishi mumkin emas;». Uchinchi xatboshi tegishli ravishda to`rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2005 yil 5 oktyabrdagi PF-3665-sonli Farmonining 1-bandida: a) ikkinchi xatboshi quyidagi yangi tahrirda berilsin: «kichik tadbirkorlik subektlari va fermer xo`jaliklarining moliya-xo`jalik faoliyati har to`rt yilda ko`pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subektlari esa har uch yilda ko`pi bilan bir marta reja asosida soliq tekshirishlaridan o`tkaziladi»; b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subektlari va fermer xo`jaliklarining moliya-xo`jalik faoliyati ular davlat ro`yxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan o`tkazilmaydi (aksiz solig`iga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subektlari faoliyatini tekshirish, shuningdek byudjet hamda markazlashtirilgan mablag`lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog`liq tekshirishlar bundan mustasno»; v) quyidagi mazmundagi to`rtinchi xatboshi bilan to`ldirilsin: «aksiz solig`iga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subektlarining moliya-xo`jalik faoliyati, shuningdek byudjet hamda markazlashtirilgan mablag`lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog`liq kichik biznes subektlarining moliya-xo`jalik faoliyati davlat ro`yxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan o`tkazilmaydi»; g) to`rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.

Ko'rib chiqildi: 8403