Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (71 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (71 KB)

Xalq ta’limi vazirligi

 

Ayapov Amanjol Tlepovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq talimi vaziri

 Manzil:

 230105, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 62 uy

 Telefon:

 0 (361) 222-24-37

 E-mail:

qoraqalpogiston_xtv@xtv.uz,  mno.rk@exat.uz

 Qabul
 kunlari:

 Dushanba, Seshanba 10:00 – 12:00

 

vakant

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq talimi vaziri o'rinbosari

 Manzil:

 230105, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 62 uy

 Telefon:

 0 (361) 222-24-37

 E-mail:

qoraqalpogiston_xtv@xtv.uz,  mno.rk@exat.uz

 Qabul
 kunlari:

 Dushanba, Seshanba 10:00 – 12:00

 

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

 

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi (keyingi o`rinlarda vazirlik - deb yuritiladi) O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tashkil etiladi va o`z faoliyati davomida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tasarrufida bo`ladi.

2. Vazirlik o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi, Qoraqalpog`iston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi  hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qaror va farmoyishlari va boshqa me`yoriy hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z tasarrufidagi tuman xalq ta`limi bo`limlari va barcha ta`lim muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda bolalar va o`quvchilar ta`lim-tarbiyasining sifati, fan asoslarini o`zlashtirish ehtiyojlarini rivojlantirish va ular bilan kasbga yo`naltirish ishlarini olib borishni tashkillashtirish uchun mas`ul hisoblanadi.

4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlari, Xalq ta`limi vazirligi Hay`at qarori va buyruqlarini, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi qaror, farmoyishlari va topshiriqlarining ijrosini tarkibidagi bo`linmalar va tasarrufidagi ta`lim muassasalari tomonidan o`z vaqtida, to`liq va sifatli  bajarilishini ta`minlaydi.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z faoliyatini davlat boshqaruvi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi uning tasarrufidagi ta`lim muassasalarining moddiy-texnika ta`minoti, shuningdek, ularda ishlovchi xodimlarning mehnatiga haq to`lash shu maqsad uchun ajratiladigan mablag`lar doirasida mahalliy byudjet hisobidan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi hamda O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi yozilgan muhrga ega bo`ladi.

8. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi ilgari faoliyat yuritgan Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining vorisi hisoblanadi.

 

2-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z faoliyatida ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillariga asoslanadi.

9. Ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari:

ta`lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda ekanligi;

ta`limning uzluksizligi va izchilligi;

umumiy o`rta ta`limning majburiyligi;

ta`lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

davlat ta`lim standartlari doirasida ta`lim olishning barcha uchun ochiqligi;

ta`lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

bilimli bo`lishni va iste`dodni rag`batlantirish;

ta`lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish.

10. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining muhim maqsadli vazifasi – “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari va ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirishdan iboratdir.

3-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining vazifalari va faoliyat yo`nalishlari

 

11. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim tizimini rivojlantirishga yo`naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash, pedagogik kadrlar, ayniqsa, boshlang`ich sinf o`qituvchilarining malakasi va kasbiy mahoratini oshiradi; 

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar, maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat ta`lim standartlari(talablari)ga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;

maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya ishlarini metodik ta`minlashni tashkil etish, o`quv-tarbiya jarayoniga o`qitishning zamonaviy va ilg`or shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma`naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etishni ta`minlaydi;

ta`lim muassasalari tomonidan ular huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari, komp`yuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va jihozlaridan samarali foydalanishni ta`minlaydi; 

o`quvchilarning kasbga yo`naltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va o`smirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etadi;

bolalar sportini rivojlantirish va o`quvchi-yoshlarni, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shug`ullanishga ommaviy jalb etadi;

o`quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yuqori darajadagi ma`naviy-ma`rifiy tarbiya berish, mamlakat taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan, milliy mustaqillik g`oyalari singdirilgan, Vatani va o`z xalqiga sodiq fuqarolarni shakllantirishga yo`naltirilgan ta`lim-tarbiyani amalga oshiradi;

tarkibidagi bo`linmalar va tasarrufidagi ta`lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash vazifalarini amalga oshiradi hamda ularning natijalari bo`yicha hujjatlarni tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam ko`rsatadi.

 

12. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

xalq ta`limi muassasalarining O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonunida belgilangan qoidalarga va umumiy o`rta ta`lim davlat  ta`lim standartlariga  amal qilishini monitoring hamda nazorat qiladi;

tegishli manfaatdor organlar va muassasalar, joylardagi fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo`naltirilgan ishlarni ta`minlaydi;

ta`lim muassasalari ish amaliyotiga umumiy o`rta ta`lim davlat ta`lim standartlari, ilmiy yutuqlar va ilg`or pedagogik tajribalarning tatbiq etilishiga sharoit yaratadi;

ta`lim muassasalaridagi ta`lim-tarbiya jarayoniga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

ilg`or o`qituvchilar va ta`lim muassasalarining ijobiy ish tajribasini o`rganadi hamda umumlashtiradi, ta`lim muassasalaridagi o`quv-metodik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish davomida uni shahar miqyosida ommalashtiradi va Respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etadi;  

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, umumiy o`rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta`lim muassasalari ustidan metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

o`quvchilar bilan maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni, jumladan, bolalar turizmi va o`lkashunoslik, bolalar texnik ijodkorligi va xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtiradi, ularning milliy turlari va shakllarini qayta tiklaydi va yangilarini joriy etadi;

ta`lim muassasalarini dasturlar, o`quv rejalari, o`quv-ko`rgazmali qo`llanmalar va o`quv uskunalari, ta`limning texnik vositalari, qo`llanma-metodik adabiyotlar bilan ta`minlash ishlarini amalga oshiradi;

umumiy o`rta ta`lim maktablarida darsliklar kutubxona fondini jamlash hamda undan o`quv jarayonida to`g`ri foydalanish bo`yicha ishlarni ta`minlaydi;

umumiy o`rta ta`lim maktablari 9-sinf o`quvchilarini ta`limning keyingi bosqichiga qamrab olish, 10-sinflarda yoki  o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o`qishga kirishini tashkil qiladi;

ta`lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishini, ulardan samarali foydalanishni, pedagog xodimlarni shu sohadagi malakasini oshirilishini ta`minlaydi;

maktab-internatlar, “Mehribonlik” uyi va maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning ovqatlanishlarini tashkil etishni nazorat qiladi;

umumiy o`rta ta`lim hajmida, tibbiy ko`rsatmalar asosida bolalarning uyda yakka tartibda ta`lim-tarbiya olishiga sharoit yaratadi;

ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni aniqlaydi, ularning hisobini olib boradi hamda ota-ona qaramog`ini yo`qotganlikning aniq holatlaridan kelib chiqib, bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoyasi bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan hamkorlikda ish olib boradi;

to`liq davlat ta`minoti asosida, etim bolalarni va ota-ona qarovidan mahrum bo`lgan bolalarni davlat va nodavlat ta`lim muassasalari ta`minotiga olish, o`qitish, tarbiyalash va kasb-hunarga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;

jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va moddiy ta`minlashni tashkil qiladi, ularni kasb-hunarga tayyorlashni, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini va moddiy ta`minotini, tibbiy xizmat ko`rsatilishini va sog`lomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasalari va maktablar tarmog`ini rivojlantiradi;

ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchi-o`quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamg`armalar bilan ijodiy faol, O`zbekiston mustaqilligi g`oyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq hissa qo`shishga layoqatli shaxsni kamol toptirish bo`yicha o`zaro yaqin hamkorlikni tashkil etadi;

tuman xalq ta`limi bo`limlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda aholining maktabgacha ta`limga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni to`laqonli jismoniy va aqliy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, bolalar va o`smirlar uchun maktabdan tashqari va o`quv-tarbiya muassasalari tarmog`ini rivojlantiradi, o`sib kelayotgan avlodning ijodiy faoliyatini va sog`lom hordig`ini, ularning qiziqishlari va istaklarini qondirishni, qobiliyati va iste`dodini har tomonlama rivojlantirishni ta`minlovchi muassasalarni rivojlantiradi;

tuman xalq ta`limi bo`limlari va tasarrufidagi ta`lim muassasalarining Ustavlarini tasdiqlaydi;

shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan birgalikda bolalar, o`quvchilar va o`qituvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni ta`minlash ishlarini amalga oshiradi;

belgilangan tartibda maktabgacha, umumiy o`rta, maktabdan tashqari ta`limning muhim masalalari bo`yicha yig`ilishlar, seminarlar o`tkazadi;

tasarrufidagi ta`lim muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar qabul qiladi, oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta`minlashni amalga oshiradi, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

ta`lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarni attestatsiyadan o`tkazish bo`yicha ishlarni tashkil qiladi;

ta`lim muassasalarini attestatsiyadan o`tkazish va akkreditatsiyalash bo`yicha ishlarni tashkil qiladi;

pedagog xodimlarni mehnatda yuqori ko`rsatkichlari, o`quvchi yoshlarni o`qitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Hukumat va idoraviy mukofotlarga belgilangan tartibda tavsiya etadi;

ta`lim muassasalarida qurilish ishlari olib borilishi va ularni zarur jihozlar bilan ta`minlanishi ustidan nazoratni, ta`lim muassasalarining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik bo`yicha ishlarni amalga oshiradi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining yillik xarajatlarini rejalashtiradi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining reja ko`rsatgichlarini belgilangan me`yoriy hujjatlarga asosan tuzadi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo`lsa, bo`limda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o`z vaqtida va to`liq topshirilishiga, shuningdek boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajaradi;

quyi tashkilotlarni to`liq nazorat qiladi hamda barcha turdagi moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi va yuqori tashkilotlarga topshiradi;

buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid nizomlar, yo`riqnomalar, qo`llanmalar, uslubiy ko`rsatmalarni va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarni tizimli ravishda hisobini olib borish va ish jarayonida muntazam foydalanadi;

fuqarolarning murojaatlari o`z vaqtida hamda to`g`ri ko`rib chiqilishini ta`minlaydi, fuqarolarning shikoyatlariga sabab bo`layotgan omillarni bartaraf etishga yo`naltirilgan tadbirlarni  amalga oshiradi.

 

13. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`ziga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek, tasarrufidagi boshqa muassasalar orqali amalga oshiradi.

4-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining huquq va majburiyatlari

14. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

Tuman xalq ta`limi bo`limlari, maktabgacha, umumiy o`rta, maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida, ularning mulkchilik shakllari va bo`ysunishidan qat`iy nazar, O`zbekiston Respublikasi «Ta`lim to`g`risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda ta`lim masalalari bo`yicha boshqa qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirish;

ta`lim bo`yicha alohida masalalarni hal etish, ta`lim muassasalari ishlarini takomillashtirish, ularning o`quv-moddiy negizini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar bilan ta`minlash yuzasidan takliflarni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritish;

o`z tasarrufida bo`lgan ta`lim muassasalari xodimlarini ishdan bo`shatish va ularni javobgarlikka tortish to`g`risida mehnat qonunchiligiga zid ravishda qabul qilingan buyruqlarini bekor qilish;

Kengash yig`ilishlarida Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha tuman xalq ta`limi bo`limlari va  ta`lim muassasalari hisobotlarini ko`rib chiqish;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z majburiyatlari bo`yicha tuman xalq ta`limi bo`limlari va ta`lim muassasalarida ta`lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirilishini ta`minlashda o`ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi uchun javob beradi.

5-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi  faoliyatini tashkil etish

15. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tavsiyasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri rahbarlik qiladi.

 16. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri:

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi mas`ul shaxslarining vakolatlarini, ularning tasarrufdagi ta`lim muassasalari faoliyatlari yo`nalishlari bo`yicha javobgarlik darajasini belgilaydi;

yuqori turadigan davlat hukumati va O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining me`yoriy hujjatlari, hokimiyat qarorlari asosida va ularni bajarish yuzasidan o`z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, ijro etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi xodimlari, tuman xalq ta`limi bo`limlari tasarrufidagi ta`lim muassasalari xodimlarini belgilangan kadrlar nomenklaturasiga muvofiq ishga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri o`z vakolati doirasida qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

17. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining tuzilmasi va shtatlari o`rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.

18. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligida to`qqiz kishidan iborat Kengash tashkil etiladi:

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri - Kengash raisi, bo`lim boshliqlari, kasaba uyushmasi vakili, ta`lim muassasalari rahbarlari tarkibidan - Kengash a`zolari belgilanadi.

           Kengash tarkibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Kengash o`z majlislarida vazirlik faoliyatining asosiy masalalarini ko`rib chiqadi, tuman xalq ta`limi bo`limlari va ta`lim muassasalari rahbarlarining bolalar va o`quvchilarga berilayotgan ta`lim-tarbiyaning sifat darajasi, me`yoriy hujjatlarning bajarilishi, pedagogik kadrlarni tanlash va ulardan foydalanish yuzasidan hisobotlarini tinglaydi, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi vakolatiga kiruvchi boshqa muhim masalalarni ko`rib chiqadi.

Kengash qarori Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri buyrug`i bilan amalga oshiriladi.

19. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


 


Ko'rib chiqildi: 15968