Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (61 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (61 KB)

BMT Qo’shma dasturi Orol Fojiasidan Zarar Ko’rgan Aholi Turmush Tarzini Yaxshilash haqida ma‘lumot

BMT Qoshma dasturi Orol Fojiasidan Zarar Korgan Aholi Turmush Tarzini Yaxshilash Orol dengizi, Markaziy Osiyoning o`rtasida joylashgan yopiq suv havzasi bo’lib, o`tmishda kattaligi jihatdan dunyoda to`rtinchi o`rinda turgan. Ammo, hozirda Orol dengizi o`zining ilgari egallagan maydonidan 30 foiznigina tashkil etyapti. Albatta, mazkur ekologik halokat hududning iqtisodiy barqarorligi, ijtimoiy muhofazasi hamda aholisining turmush tarziga salbiy ta`sirini o`tkazadi. BMT Bosh Kotibi Janob Ban Ki Moon 2010 yil aprelida bo’lib o’tgan Orolbo’yi tashrifi chog’ida fojianing inson xavfsizligiga bo`lgan salbiy ta`sirini nazarda tutib, uni “Dunyoning eng ulkan ekologik fojialaridan biri” deb atadi.  Mazkur tashrif natijasida, ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi inson xavfsizligini ta’minlash uchun qoshimcha mablag` manbaalarini ishlab chiqish, sog`liqni saqlash tizimi hamda ijtimoiy infratuzilmalarni takomillashtirishga doir Qoshma dastur ishlab chiqildi. Dastur Oz`bekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), BMTning Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (UNESCO), Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (WHO), BMTning Aholishunoslik jamg`armasi (UNFPA) hamda BMT Ko`ngillilari (UNV) kabi BMTning besh tashkiloti say-harakatlarini birlashtiradi. Qo’shma Dastur O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Inson xavfsizligini ta’minlash: Qo’shma dastur Qoraqalpog’istonda eng qashshoq hisoblangan Muynoq, Shumanay va Kanlikul kabi tumanlarining 130 mingga yaqin aholisi inson xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. BMTning Inson xavfsizligi bo’yicha trast jamg’armasi (UNTFHS) ma’lumotiga ko’ra, inson xavfsizligi tushunchasi samarali boshqaruv, iqtisodiy, ta’lim, sog’liqni-saqlash va tabiat muxofazasi tizimlarini yaratishni taqozo etadi. Qo’shma dasturning inson xavfsizligi tushunchasini o’z faoliyati orqali tadbiq etishi uchun UNTFHS tomonidan 3.8 million AQSh dollari ajratilgan. Bizning Maqsadlarimiz: 1 Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash:
  • 3 maqsadga muvofiq tumanda kamida 30 foiz fermerlar tomonidan ilg’or qishloq ho’jalik va chorvachilik tamoyillarining qollanilishi, va yangi daraxt va don navlarining ekilishi
  • Turizm tizimini barqarorlashtirish
  • Mahalliy hunarmandchilikni rivojlantirish va aholi eng nochor qatlamlari, jumladan ayollar va imkoniyatlari cheklangan insonlarda tadbirkolik ko’nikmalarini oshirish
2 Sog’liqni-saqlash tizimini takomillashtirish:
  • Sog’liqni-saqlash tizimi hodimlarining reproduktiv salomatlik, oilani rejalashtirish,  va o’pka salomatligini ta’minlash boyicha salohiyatlarini mustahkamlash
  • 1500 professional mahalliy va ko’ngilli tibbiyot hodimlarining guruhini tashkil etish
  • Mahalliy sog’liqni-saqlash bo’limlariga ilmiy va texnik ko’mak berish
  • Yoshlarning reproduktiv salomatlik va OITSni oldini o’lishga tegishli malumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish
3 Joylardagi boshqaruv tizimni hamda ijtimoiy infratuzilmalarni yaxshilash:
  • Inson xavfsizligi tushunchasining hududiy rejalashtirish va mahalliy rivojlanish siyosatni ishlab chiqish jarayonida keng qollanilishi
  • Ma’lumotlar bazasini yaratish hamda mahalliy boshqaruv organlari hodimlarining jins bo’yicha taqsimlangan ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish bo’yicha salohiyatini oshirish orqali joylarda qabul qilish jarayonini takomillashtirish
  • Kamida 50ta mahalliy taraqqiyot rejalarini amalga oshirish orqali aholini sifatli ichimlik suvi, gaz va qaytatiklanuvchi quvvat manbaalari kabi infratuzilmalar bilan ta`minlash
Hamkorlarimiz: Qo`shma Dastur quyidagi tashkilot tomonidan moliyalashtiriladi:

Hayot uchun kurashish xavfi ostida bo`lgan aholining huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda himoyani ta`minlash orqali inson xavfsizligi tushunchasini ilgari surish maqsadida 1999 yili BMTning Inson xavfsizligi bo`yicha Trast fondi tashkil topdi. Trast fondining asosiy faoliyat turi – BMT agentliklari hamda/yoki BMT agentliklari bo`lmagan ma`lum tashkilotlarni moliyaviy jihatdan ta`minlashdir. Shuningdek, Trast fondining faoliyati hududiy miqyosda olib boriladigan amaliy tadbirlar vositasida inson xavfsizligi tushunchasini ilgari surish hamda keng yoyishiga yo`naltirilgan. 1999 yildan e`tiboran Trast fondi dunyoning 70 dan ortiq` mamlakatida amalga oshgan loyihalar uchun 350 million AQSh dollaridan ziyod mablag` ajratgan. www.ochaonline.un.org

Qo`shma Dastur quyidagi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi:

Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi BMTning rivojlanish sohasidagi global tarmog`idir. Taraqqiyot dasturi o`zgarishlar tarafdori bo`lib, aholining yashash tarzini yaxshilash maqsadiga qaratilgan bilim, tajriba va manbaalarni taqdim etadi. BMTTD 166 mamlakatda faoliyat yuritib, ularda butunjahon va milliy muammolarga mustaqil yechim topishga yordam ko`rsatadi. O`z salohiyatini rivojlantirishda mamlakatlar BMTTD va uning hamkorlarining tajribasiga suyanadilar. www.undp.uz

UNESCO - BMTning Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti bo`lib, 1945-yil 16-noyabrda tashkil topgan. Tashkilot bosh qarorgohi Parijda (Fransiya) joylashgan. BMTning ixtisoslashgan agentligi sifatida UNESCO tinchliikni saqlash, qashshoqlikka qarshi kurash, barqaror rivojlanish va ta`lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va informatisya orqali madaniyatlararo muloqatga ko`mak beradi. Shunday qilib, UNESCO 193 ta A`zo davlatning xalqaro koopertsiyasi va UNESCOning 6 assotsatsiyalashgan A`zolariga  umumqadriyatlarni va har bir tamaddun, madaniyat qadriyatlarini hurmat qilish asosida muloqatlar uchun sharoitlar yaratishga bevosita ko`maklashadi. www.tashkent.unesco.org

UNFPA, BMTning Aholishunoslik jamg`armasi, rivojlanish bo`yicha xalqaro agentlik hisoblanaib, u har bir ayol, har bir erkakning va har bir bolaning teng imkoniyatli sog`lom hayotga bo`lgan huquqini ilgari suradi. UNFPA kambag`allik darajasini kamaytirishga qaratilgan dastur va siyosatlarni ishlab chiqishdagi ma`lumotlardan foydalanishni va shu bilan birga har bir homiladorlik istlagan, har bir tug`ish jarayoni xavfsiz, har bir inson OIV kassalligidan himoyalangan, va har bir xotin-qizga hurmat va e`tibor  bo`lishini qo`llab quvvatlaydi. www.unfpa.uz

Jahon sog``liqni saqlash tashkiloti 1948 yilda tashkil topgan bo``lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining sog``liqni saqlash sohasi bo``yicha ixtisoslashgan agentlik hisoblanadi.  Jahon sog``liqni saqlash tashkilotining O``zbekistondagi vakolatxonasi mamlakatda rivojlanishning umumiy maqsadi - Hamma uchun salomatlikka erishish yo``lida muhim ro``l o``ynaydi. http://www.who.int/countries/uzb/en/

BMT Ko`ngillilari (UNV) – Dunyo tinchligiga ko`ngillilik orqali erishish tushunchasini targ`ib etuvchi BMT maxsus tarmog`idir. Dunyo muammolarini hal qilish jarayoniga insonlarni jalb qilish, ushbu muammolarning tez va samarador echilishiga imkon beradi. http://www.unv.org/what-we-do/countries/uzbekistan.html
Qo’shimcha ma’lumot uchun, murojaat qiling: Toshkent ofisi: Dildora Tadjibaeva Qo’shma dastur rahbari E-mail: dildora.tadjibaeva@undp.org Zakiya Abdurazakova Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha mutaxassis E-mail: zakiya.abdurazakova@undp.org Y. Gulomov ko’chasi, 1 uy, 100000 Toshkent, O’zbekiston Tel: (+998 71) 232 20 91, (+998 71) 232 20 92 Nukus ofisi: Mustafa Abdrakhmanov Qo’shma dastur hududiy rahbari E-mail: mustafa.abdrakhmanov@undp.org Ernazar Alakoz ko`chasi, 56 uy, Nukus, Qoraqalpog`iston Tel: (+998 61) 224-13-81, Faks: (+998 61) 224-16-35 “Like” tugmachasini bosib, Facebook jamiyatimizga a’zo bo’ling:  http://www.facebook.com/UNAralSeaProgramme Yoki Twitter orqali: @UNAralSea Eng so’nggi tashabbuslarimizni kuzating: http://undp.akvoapp.org/en/project/525/

Ko'rib chiqildi: 9556