Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (57 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (57 KB)

03.04.2013-№90

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining
QARORI
№90 03.04.2013

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«2013-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2013 yil 29 martdagi 90-sonli qarori haqida 

 

2013-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun donor mamlakatlar, xalqaro xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:  

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 29 martdagi “2013-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 90-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

 a) 2013 yil uchun oldindan kelishilgan hamda donor mamlakatlar, xalqaro xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlab chiqilayotgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar) loyihalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;

2013-2015 yillar uchun donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlab chiqilayotgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar) loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;

Donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari tomonidan moliyalashtirish va birgalikda moliyalashtirish uchun taklif etilayotgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar)ning eng ustuvor loyihalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) loyiha takliflarining belgilangan muddatlarda  o‘z vaqtida va har tomonlama ishlab chiqilishi, sifatli va samarali amalga oshirilishi, ularni amalga oshirishning boshlanishini ta’minlash uchun zarur tayyorgarlik  tadbirlari olib borilishi, shuningdek beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘laridan (grantlardan) qat’iy, maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ushbu qarorga 1, 2 va 3-ilovalarga kiritilgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar)ning boshqa oluvchilari rahbarlari zimmasiga yuklanganligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga, xalqaro moliyaviy institutlaridagi O‘zbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar idoralariga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

mazkur qarorning 1-ilovasiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha hujjatlarning uzil-kesil kelishilishi, ma’qullanishi va rasmiylashtirilishiga oid zarur tartib-qoidalar bajarilishini ta’minlash;

 ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etish yuzasidan donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlarni faollashtirish;

   ushbu qarorning 3-ilovasiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarni) jalb etish masalalarini donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan puxta ishlab chiqish topshirilganligi;

g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

ushbu qarorning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq ro‘yxatlarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarni) jalb etish jarayoni samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

jalb etiladigan beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘laridan (grantlardan) maqsadli va samarali foydalanilishini belgilangan tartibda tizimli tekshirish ishlarini davom ettirish;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga:

jalb etiladigan beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘laridan (grantlardan) maqsadli va samarali foydalanilishini belgilangan tartibda tizimli tekshirish ishlarini davom ettirsin;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda, zaruriyat bo‘lganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ushbu qaror bilan ma’lumot uchun qabul etilgan ro‘yxatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari N.Yerlepesov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                    B.Yangibaev

Vazirlar Kengashining
  2013yil « 3 » apreldagi

 90-son qaroriga
   ilova

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining o‘z ko‘chini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati

 

  1. Vazirlar Kengashining «O‘zbekiston Respublikasi grantli beg‘araz texnik ko‘makni jalb etishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2009 yil 9 noyabrdagi 189 b-sonli farmoyishining 3 bandi, shuningdek mazkur qarorga 2 va 3 ilovalar.
  2. Vazirlar Kengashining «2010 yilda O‘zbekiston Respublikasiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, donor mamlakatlarning beg‘araz texnik ko‘magini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
    2010 yil 19 martdagi 61/3 sonli qarori.
  3. Vazirlar Kengashining «2012 yil O‘zbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning beg‘araz texnik ko‘magini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2012 yil 24 martdagi 77-son qarori.
  4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2012 yil
    7 dekabrdagi 215-b sonli farmoyishi.     

Ko'rib chiqildi: 5769