Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (57 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (57 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori
№128
23.05.2014.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida

Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish va mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash, eksport hajmini oshirish, bozorlardagi mahsulotlar narxi barqarorligini ta’minlash, fermerlar, tadbirkorlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xojametov) hamda Nukus shahar va tumanlar hokimliklarining 2014 yilda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, intensiv bog‘ va tokzorlarni tashkil qilish, issiqxona va muzlatkichli-omborxonalarni qurish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan (Mustafoev) bir hafta muddatda tasdiqlangan loyihalar doirasida qoramol sotib olish bo‘yicha “Qoniratbay-Mehri” MChJning konvertatsiya hisob raqamida turgan                 984,0 mln. so‘m mablag‘ini xorijiy valyutaga konvertatsiya qilinishida amaliy yordam so‘ralsin.

3. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xojametov), Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi (B.Allaniyazov), tijorat banklari va tumanlar hokimlari bilan birgalikda 2014 yilda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha amalga oshiriladigan loyihalar manzilli Dasturi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Shahar va tumanlarda  2014 yilda qo‘shimcha amalga oshiriladigan:

qoramolchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi                  1-ilovaga;

parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi 2-ilovaga;

qo‘y va echkichilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi  3-ilovaga;

baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi
4-ilovaga;

asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi
5-ilovaga;

intensiv bog‘ barpo qilish eski mevali bog‘larni rekonstruktsiya qilish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi 6-7-ilovalarga;

tokzorlar barpo qilish va eski tokzorlarni rekonstruktsiya qilish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi 8-9-ilovalarga;

issiqxona qurish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi 10-ilovaga;

muzlatkichli-omborxonalarni qurish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi 11-ilovaga;

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi 12-ilovaga;

sanoat sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi 13-ilovaga;

xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar manzilli Dasturi 14-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi (B.Allaniyazov), tijorat banklari mazkur qaror bilan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish uchun talab qilingan kredit mablag‘larini Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdoridagi yillik foizlarda ajratilishini ta’minlasin.

4. Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi (B.Allaniyazov), tijorat banklari va tumanlar hokimlari bilan birgalikda bir hafta muddatda tasdiqlangan loyihalarning har biri bo‘yicha joriy yilning 1 noyabriga qadar to‘liq ishga tushirishga qaratilgan tarmoq (setevoy) grafiklarini ishlab chiqib, tasdiqlasin va Vazirlar Kengashiga kiritsin.

5. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xojametov), Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi (Allaniyazov) va tijorat banklari bilan birgalikda tasdiqlangan loyihalarni tarmoq (setevoy) grafiklarida ko‘rsatilgan muddatlarda bajarilishini joylarga chiqqan holda har 15 kunda tanqidiy muhokama qilib, ularni amalga oshirishda va kreditlar ajratilishida yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida hal qilib borsinlar.

6. Iqtisodiyot vazirligi (Nabatov), Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi (Allaniyazov) tumanlar hokimliklarida tijorat banklari, moliya, soliq boshqarmalari, qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi, Davlat raqobat boshqarmasining malakali mutaxassislaridan iborat bo‘lgan maxsus Shtablar tashkil etib, loyihalarning kunlik monitoringini olib borilishini ta’minlasinlar.

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xojametov), Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Jalelov), tumanlar hokimliklariga yangi intensiv mevali bog‘lar va tokzorlarni barpo etish, dasturda ko‘rsatilgan oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer maydonlarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda ajratib berish vazifasi yuklatilsin.

           8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari (Mamutov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xojametov)  zimmalariga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

                     B.Yangibaev


Ko'rib chiqildi: 7007

Sahifalar