Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Poezdda yurishga chegirmalar

Poezdda yurishga chegirmalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan qoidalar bo‘yicha belgilanadi

§ 3. Poezdda yurishga chegirmalar

152. Temir yo‘l transportida chiptalar yo‘lovchilarga to‘liq qiymatda sotiladi, qonun hujjatlari bilan poezdda imtiyozli yurish belgilangan fuqarolar bundan mustasno.

Temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:

Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;

yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironlariga (O‘zbekiston Respublikasi hududida).

Temir yo‘llarda chiptaning to‘liq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo‘yicha quyidagilarga berilgan:

3-guruh urush nogironlariga;

urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga.

Temir yo‘llarda chipta to‘liq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta (borish va kelishga) yurish huquqiga ega shaxslarga, ularning xohishiga ko‘ra ikki yilda bir marta ikki yillik talonlar (joriy va oldingi yoki joriy va keyingi yilgi) o‘rniga yiliga bir marta bepul yurish (borish va kelishga) taqdim qilinadi. Bu holda to‘g‘ri yo‘nalishda bunday yurish «borish» ikki taloni o‘rniga, qaytishga esa — «Kelish» ikki taloni o‘rniga rasmiylashtiriladi. Ushbu tartib 3-guruh urush nogironlari va urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.


Ko'rib chiqildi: 8368