Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (67 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (67 KB)

Tashkiliy-nazorat guruhining funktsional vazifalari to`g`risida

N I Z O M

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Tashkiliy-nazorat guruhining (keyingi o`rinlarda guruh deb ataladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.

2. Guruh o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalariga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasining boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Guruh o`z faoliyatini Vazirlar Kengashi Raisi rahbarligida amalga oshiradi.

4. Guruh o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Vazirlar Kengashi Raisining ko`rsatmasiga asosan va shahar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qilgan holda amalga oshiradi.

 

2-bob. Guruhining vazifalari va funktsiyalari

 

5. Quyidagilar guruhining vazifalari hisoblanadi:

Vazirlar Kengashi Raisining O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalarida, O`zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi Qonunida va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi qarorlari va farmoyishlarida, boshqa hujjatlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta`minlash;

Vazirlar Kengashining boshqarma, kotibiyat, guruh va bo`limlari, Vazirlar Kengashining tarkibidagi vazirlik va idoralar, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ijro intizomiga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qiladi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi Raislarining hujjatlari bajarilishi holatini o`rganish va nazorat qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

belgilangan tartibda Vazirlar Kengashi ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni olib boradi;

boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag`batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llash to`g`risidagi takliflarni Vazirlar Kengashi Raisi ko`rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Vazirlar Kengashining namenklaturasiga kiritilgan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo`yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish tadbirlarini amalga oshiradi, ko`rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o`rganishni va ular bo`yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta`minlaydi;

Vazirlar Kengashining tarkibidagi vazirlik va idoralar, tuman (shahar) hokimliklaridan tashkiliy-nazorat va kadrlar masalalariga oid zarur hujjatlarni talab qilib olish, ulardan nusxa olish, kadrlar masalasi (rotatsiya) yuzasidan ularga takliflar kiritadi, tavsiyalar tayyorlaydi;

Vazirlar Kengashining namenklaturasiga kiritilgan lavozimlar nomenklaturasini yangilab boradi, vakant rahbarlik lavozimlarga nomzodlarni belgilangan tartibda tavsiya qiladi;

kelgusida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hududiy bo`linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko`tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hududiy bo`linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig`ma jildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;

zahiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;

Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari bilan birgalikda Vazirlar Kengashi apparatiga kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo`yicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hududiy bo`linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to`g`risidagi ma`lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta`minlaydi;

davlat mukofotlariga tavsiya etishga oid hujjatlarni rasmiylashtiradi va takliflar tayyorlaydi;

tashkiliy-nazorat va kadrlar masalalari bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, o`z vakolatiga tegishli bo`lgan Vazirlar Kengashi Raisi rahbarligida o`tkaziladigan yig`ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko`radi;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, O`zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko`rsatadi;

Guruh rahbari Vazirlar Kengashining Raisi topshirig`i asosida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi apparati, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi bilan o`zaro hamkorlik qiladi.

Mazkur Nizomga va Vazirlar Kengashi Raisi qarorlariga hamda bayonlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

6. Guruh o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari, "Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasining boshqa qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi qarorlari hamda topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Vazirlar Kengashi Raisining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo`yicha hisoboti xalq deputatlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi tomonidan tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;

Vazirlar Kengashi Raisining ish rejasiga tashkiliy-nazorat guruhi yo`nalishi bo`yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko`rib chiqadi;

Vazirlar Kengashida ijro intizomining talab darajasida amalga oshirilishini nazorat qiladi va amalga oshirilgan ishlar to`g`risida Vazirlar Kengashining Raisiga ma`lumot kiritib boradi;

Vazirlar Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi;

Guruh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.

 

 

3-bob. Guruhining huquqlari va javobgarligi

 

7. Guruh o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan  belgilangan tartibda so`rash va olish;

zarurat bo`lganda, Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari va topshiriqlari, uning o`rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o`rganish.

8. Guruh:

o`ziga yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishi;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, Prezidenti Devoni, shuningdek, Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida tayyorlanishini talab qilish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, Vazirlar Kengashi Raisining ko`rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o`z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi, shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishi;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Oliy Majlisi palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o`tkazish sifati, shuningdek, kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlanishini nazorat qilish;

O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Kengashi Raisi va uning o`rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatlarini o`rganib boradi.

 

4-bob. Guruhining tuzilmasi

 

9. Tashkiliy-nazorat guruhi tuzilmasiga guruh rahbari, bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassisi va 1-toifali mutaxassislar kiradi.

Tashkiliy-nazorat guruhining tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi.

10. Tashkiliy-nazorat guruhining ishlari ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.

11. Tashkiliy-nazorat guruhi o`z faoliyatida Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga bo`ysunadi.

Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi bilan kelishgan holda Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

5-bob. Guruhining faoliyatini tashkil etish

 

12. Tashkiliy-nazorat guruhining ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalariga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasining boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejasi asosida tashkil etiladi.

13. Guruh rahbari:

Guruhga bevosita rahbarlik qiladi, o`z mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda tashkiliy-nazorat guruhiga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqishda davlat printsiplariga qat`iy rioya qilinishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo`yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta`minlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro`yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag`batlantirish va ularga jazo choralari ko`rish bo`yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;

mutaxassislar o`rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek, bo`linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar Kengashi Raisi yoki uning o`rinbosari o`tkazadigan yig`ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig`ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek, kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan boshqa yig`ilishlarda qatnashadi;

ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta`minlaydi, chiquvchi  xat-xabarlarni imzolaydi.

14. Tashkiliy-nazorat guruhining bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassisi,
1-toifali mutaxassislari:

Bevosita guruh rahbarining rahbarligida ish olib boradi;

funktsional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o`z vaqtida tayyorlanishi hamda funktsional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta`minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo`yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta`minlaydi;

qabul qilingan hujjatlar bo`yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo`yicha - O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Kengashi Raisi hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

tegishli funktsional masalalar va hujjatlar bo`yicha tizimlashtirilgan ma`lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo`linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo`linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o`rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

tegishli bo`linmalar to`g`risidagi nizomga va funktsional vazifalarga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.


Ko'rib chiqildi: 7094

Sahifalar