Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (109 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (109 KB)

2015 yil bo‘yicha

Asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlar

Yalpi hududiy mahsulot

mlrd. so'm

4485,9

110,7

  Sanoat mahsuloti

mlrd. so'm

2115,1

121,6

  Iste'mol tovarlari

mlrd. so'm

781,3

118,8

  Qishloq xo'jalik mahsulotlari

mlrd. so'm

1230,4

106,5

  Asosiy kapitalga kiritilgan
 investitsiyalar

mlrd. so'm

5757,0

132,8

  Qurilish ishlari

mlrd. so'm

1275,8

109,6

  Yuk aylanmasi

mln. tn-km

833,5

105,0

  Yo'lovchi aylanmasi

mln. yo'lovchi-km

2512,8

108,4

  Jami xizmatlar

mlrd.so'm

2952,1

118,3

  Chakana tovar aylanmasi

mlrd. so'm

2372,2

112,9

  Aholiga pulli xizmat ko'rsatish

mlrd. so'm

1065,8

110,3

 

 

 


 

Yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish

 

2015 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) nominal qiymati 4485,9 mlrd. so'mda baholandi. Uning real hajmi o'sish sur'atlari 2014 yil yanvar-dekabriga nisbatan 110,7 foizni tashkil qildi.

YaHM ishlab chiqarishning tarmoqlar bo‘yicha tarkibi quyidagicha ifodalanadi:

  Yakunga nisbatan foiz hisobida 2014 yil
yanvar-dekabrga
nisbatan foiz
hisobida
2014 yil
yanvar-dekabr
2015 yil
yanvar-dekabr
  Jami  (shu jumladan:) 100,0 100,0 110,7
       
  sanoat 14,5 16,5 119,5
  qishloq xo’jaligi 19,5 18,1 106,5
  qurilish 14,4 14,5 109,6
  transport va aloqa 10,5 9,8 107,3
  savdo va umumiy ovqatlanish 9,3 9,2 113,6
  boshqalar 26,6 26,4 109,4
  mahsulotlar va eksport-import  operatsiyalariga sof soliqlar 5,2 5,5 113,5

 

YaHM ishlab chiqarishning tarmoqlar bo’yicha tarkibi:

umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida

YaHM ishlab chiqarish umumiy hajmining 64,6 foizi kichik tadbirkorlik (biznes) hissasiga to'g'ri keldi va bu ko'rsatkich 2014 yil yanvar-dekabrda 64,5 foiz-ni tashkil etgan.

 

 


 

Kichik tadbirkorlik (biznes)

 

2016 yilning 1 yanvar holatiga ro'yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlarining soni (fermer va dehqon xo'jaliklarsiz) 10617 tani tashkil qildi.

2015 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulot hajmida kichik biznesning ulushi 64,6 foiz (2014 yil yanvar-dekabrda 64,5 foiz)ni tashkil qildi.

Iqtisodiyotda jami band bo'lganlarning 74,9 foizi (471,8 ming kishi) kichik biznes sektoriga to'g'ri keldi. Band bo'lganlarning 68,0 foizi (428,4 ming kishi) xususiy sektor hamda 15,1 foizi (95,3 ming kishi) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to'g'ri keladi.

Kichik biznes sub'ektlari tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 120,5 foizga o'sdi va 826,5 mlrd. so'mni (respublika sanoat ishlab chiqarishining 39,1 foizi), qishloq xo'jalik mahsuloti 106,8 foizga o'sib, 1204,7 mlrd. so'mni (qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining 97,9 foizi) tashkil qildi.

Respublika iqtisodiyotida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 10,0 foizini kichik biznes sub'ektlari tomonidan kiritilgan investitsiyalar tashkil qildi, qurilish ishlarining 77,1 foizi kichik biznes korxonalari hissasiga to'g'ri keldi.

Kichik biznes sub'ektlarining avtomobil transportida yuk aylanmasi 107,3 foizga o'sdi va respublika avtomobil transporti yuk aylanmasining 83,5 foizini, yo'lovchi aylanmasi esa 109,0 foizga o'sib, umumiy yo'lovchi aylanmasining 93,5 foizini tashkil etdi.

Chakana savdo aylanmasi umumiy hajmining 82,2 foizi yoki 1949,3 mlrd. so'mi (o'sish 114,2 foizni tashkil qildi) va aholiga pulli xizmat ko'rsatish umumiy hajmining 41,6 foizi yoki 443,2 mlrd. so'mi (115,2 foizga o'sgan) kichik tadbirkorlikda shakllandi.

Iqtisodiyot tarmoqlari mahsuloti (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmida kichik tadbirkorlik ulushining o`zgarishi quyidagicha ifodalanadi:

 umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida   

 

Xususiy tadbirkorlik kichik biznesning asosiy qismini tashkil qiladi. 2015 yil yanvar-dekabrda kichik tadbirkorlik mahsuloti (ish, xizmat) umumiy hajmida xususiy tadbirkorlik (fuqarolar mulki) mahsulotining ulushi quyidagicha ifodalanadi:

 

 

Xususiy tadbirkorlik mahsuloti (ish, xizmat) hajmi, mlrd. so`m

Kichik tadbirkorlik mahsuloti (ish, xizmat) hajmida xususiy sektor ulushi,  
% hisobida

Sanoat

825,5

39,0

  Qurilish

410,1

32,1

Chakana savdo

304,5

12,8

Pulli xizmat

15,7

0,5

Yuk tashish, mln. tn

1,0

2,7

Yo`lovchi tashish, mln.  kishi

3,3

1,5

 

 

 


 

Sanoat

 

2015 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 2115,1 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,6 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida 781,3 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2014 yil yanvar- dekabrga nisbatan 118,8 foizni tashkil etdi. Jumladan, 513,4 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 206,8 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari va 61,1 mlrd. so‘mlik vino-aroq mahsulotlari (2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 117,1 foiz, 127,3 foiz va 106,9 foiz) ishlab chiqarildi.

2015 yil yanvar-dekabrda sanoat tarmoqlari bo‘yicha mahsulot hamda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi quyidagicha ifodalanadi:

 

 

Mlrd. so'm

2014 yil
yanvar-dekabrga
nisbatan foiz
hisobida

Mahsulot ishlab chiqarish (shu jumladan:) 2115,1 121,6
     
  yoqilg'i 361,3 210,7
  qora metallurgiya 18,4 124,7
  energetika 311,7 102,5
  kimyo va neft-kimyo 96,5 88,4
  mashinasozlik va metallni qayta ishlash 6,2 72,6
  o'rmon, yog'ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog'oz 11,5 80,3
  qurilish materiallari 218,6 138,2
  steklotara 6,5 151,7
  engil sanoat 432,4 112,0
  oziq-ovqat sanoati 614,5 116,5
  sanoatning boshqa tarmoqlari 37,5 144,2
Iste'mol tovarlari  (shu jumladan:) 781,3 118,8
     
  oziq-ovqat mahsulotlari 513,4 117,1
  nooziq-ovqat mahsulotlari 206,8 127,3
  aroq-vino mahsulotlari va pivo 61,1 106,9

 

Tarmoqlar bo'yicha sanoat mahsulotini ishlab chiqarish tarkibi quyida keltirilgan:

umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida

Sanoat  tarmoqlari bo'yicha asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish

(yirik korxonalar bo'yicha)

 

 

2015 yil
yanvar-dekabr

2014 yil
yanvar-dekabrga 
nisbatan foiz hisobida

Yoqilg'i –energetika sanoati

  Elektroenergiya, mln.kvt.soat

3192,1

93,1

  Issiqlik energiyasi, mln.gkal

7,9

81,4

Kimyo va neft-kimyo sanoati

  Dinatriy karbanati, ming tn.

88,3

92,1

  engil sanoat
  Paxta tolasi, tn.

69057

99,5

  Chigit, tn.

107491

103,5

  Paxta linti, tn.

6198

102,4

Oziq-ovqat sanoati

  Non va non mahsulotlari, tn.

2397,4

151,2

  O'simlik yog'i, tn.

11562,2

110,2

  Makaron mahsulotlari, tn.

4101

146,6

  Aroq va aroq-likyor mahsulotlari, ming litr

4101

105,5

Un-yorma va omixta em sanoati

  Un, tn.

71514,5

140,7

  Omixta em, tn.

39700

145,9

 

 


 

Qishloq xo'jaligi

 

2015 yilning yanvar-dekabridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1230,4 mlrd. so‘mni va 2014 yilning shu davriga nisbatan 106,5 foizni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 600,3 mlrd. so‘mni
(2014 yil yanvar-dekabriga nisbatan 105,6 foiz), chorvachilik mahsulotlari 630,1 mlrd. so‘mni (107,3 foiz) tashkil etdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 48,8 foizni, chorvachilik mahsulotlari 51,2 foizni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha ifodalanadi:

umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida 

Dehqonchilik.

Hosil yig`imi. 2016 yil 1 yanvar` holatiga barcha toifadagi  xo`jaliklar tomonidan 164,0 ming tonna boshoqli don ekinlari,  shundan 163,8 ming tonna bug`doy ishlab chiqarildi. Barcha toifadagi xo`jaliklarda 47,8 ming tonna kartoshka qazib olindi (2014 yilga nisbatan 106,8 foizga ko`p), 241,3 ming tonna sabzavot (106,1  foizga ko`p)  yig`ib olindi, 113,8 ming tonna poliz ekinlari (107,4 foizga ko`p), 41,0 ming tonna meva va rezavorlar (111,4 foizga ko`p) va 5,7 ming tonna uzum (108,5 foizga ko`p) etishtirildi.

Chorvachilik. 2016 yilning 1 yanvar` holatiga o`tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 109,6 foizga (jami 955,0 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 106,3 foizga (286,3 ming bosh), qo`y va echkilar 102,8 foizga (901,5 ming bosh), parrandalar 108,9 foizga (3103,6 ming bosh) ko`paydi.

2015 yilning yanvar-dekabrida barcha toifadagi xo’jaliklarda 88,4 ming tonna tirik vaznda go’sht (o’tgan yilga nisbatan 106,8 foizga ko’p), 322,1 ming tonna sut (108,6 foizga ko’p), 206,7 mln. dona tuxum (111,2 foizga ko’p) etishtirildi.

Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (go’sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishning o’sishi asosan dehqon va fermer xo’jaliklari hisobiga bo’lib, go’sht ishlab chiqarish umumiy hajmida ularning ulushi 99,1 foizni, sut ishlab chiqarishda 98,8 foizni, tuxum ishlab chiqarishda 95,7 foizni tashkil etdi.

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi quyidagicha ifodalanadi:

ishlab chiqarish umumiy hajmiga nisbatan foiz hisobida

 

Fermer xo`jaliklari 2016 yilning 1 yanvar` holatiga fermer xo`jaliklarida 31,8 ming bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 11,3 ming bosh sigir, 27,1 ming bosh qo`y va echkilar, 155,8 ming bosh parrandalar mavjud bo`lib, 2014 yilning yanvar`-dekabriga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 94,9 foizni, qo`y va echkilar 83,6  foizni, parrandalar 100,7 foizni tashkil etdi.

Fermer xo`jaliklarida asosiy qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi:

 

 

yanvar-dekabr

2014 yil yanvar
-dekabrga nisbatan
foiz hisobida

2014y.

2015y.

   tonna

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz

tonna

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz

  Sabzavot

85763

37,7

84088

34,9

98,0

  Go`sht,
 tirik vaznda

1840

2,2

1874

2,1

101,8

  Sut

13459

4,5

13819

4,3

102,7

 Tuxum,mln.
 dona

11,1

6,0

11,2

5,4

101,5

 

 


 

Investitsiyalar va qurilish

 

2015 yil yanvar-dekabrida respublikaning asosiy kapitalini ko’paytirishga 5757,0 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi, o’sish surati 132,8 foizni tashkil qildi.

Moliyalashtirish manbalari bo`yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning taqsimlanishi quyida keltirilgan:

 

(yakunga nisbatan foiz hisobida)

 

 

Jami investitsiyalar, mlrd. so`m

shu jumladan moliyalashtirish manbalari bo`yicha

respublika
byudjeti

kor-
xonalar va aholi mab-lag`lari

chet el inves-titsiyalari va kreditlari

bank        kreditlari va boshqa qarz mablag`lari

byud-jetdan tashqari fondlar mab-lag`lari

 

tiklanish va taraqqiyot fondi

 

 

 

 

 

 

 

 

  Jami

5757,0

2,9

26,1

49,5

4,2

3,2

13,9

 shu  jumladan:

 

 

 

 

 

 

 

 davlat

480,2

35,0

15,1

9,2

0,8

37,9

-

 nodavlat

5276,8

-

27,1

53,2

4,5

-

15,2

 

Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarni o`zlashtirish quyidagi ma`lumotlarda ifodalanadi:

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmiga nisbatan foiz hisobida

Iqtisodiyot tarmoqlarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tarkibi quyidagi ko`rinishda:

 

 

2015 yil
yanvar-dekabr

Ma`lumot uchun: 2014 yil -
Yanvar-dekabr umumiy hajmga nisbatan foizda

mlrd. so`m

umumiy hajmga nisbatan foizda

 

 

 

 

  Asosiy kapitalga kiritilgan  investitsiyalar - jami

5757,0

100,0

100,0

  Ishlab chiqarish tarmoqlari

4729,9

82,2

81,6

  Sanoat  (shu jumladan:)

4223,2

73,3

69,4

 

 

 

 

  -yoqilg`i-energetika

4091,5

71,1

66,9

  -metallurgiya

-

 

-

  -kime va neft-kimyo sanoati

70,4

1,2

1,7

  -mashinasozlik

5,9

0,1

0,03

  -engil sanoat

12,3

0,2

0,2

  -oziq-ovqat sanoati

11,3

0,2

0,3

  -qurilish materiallari

7,3

0,1

0,2

  -boshqalar

24,5

0,4

0,07

  Qishloq xo`jaligi

61,5

1,1

1,9

  Qurilish

214,1

3,7

0,6

  Transport va aloqa

153,3

2,7

5,9

  Savdo va umumiy ovqatlanish

51,9

0,9

1,2

  Boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari

25,9

0,5

2,6

  Noishlab chiqarish tarmoqlari

1027,1

17,8

18,4

  Uy-joy qurilish

612,5

10,6

11,2

  Kommunal xo`jalik

272,5

4,7

3,1

  Sog`liqni saqlash

46,7

0,8

1,0

  Ta`lim

40,8

0,7

1,1

  Boshqa noishlab chiqarish tarmoqlari

55,1

1,0

2,0

 

Asosiy kapitalga o`zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmidan 4729,9 mlrd. so`mi yoki 82,2 foizi ishlab chiqarish tarmoqlariga, noishlab chiqarish tarmoqlariga ,1027,1 mlrd. so`m yoki 17,8 foizi yo`naltirildi. 

 

Ijtimoiy soha ob`ektlarini qurish

 

Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 612,5 mlrd. so'mi yoki 59,6 foizi uy-joy qurilishida o'zlashtirilgan. 2015 yil yanvar-dekabrida umumiy maydoni 728,7 ming kv.m. bo'lgan 3786 ta xonadon (2014 yil yanvar-dekabriga nisbatan 96,6 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 250,2ming kv.m. (116,4 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi.

Ta’lim va sog’likni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jixozlash jamg’armasi hisobiga  umumta’lim maktablarini kurish va rekonstruktsiya ishlari uchun 14.4 mlrd. so’m nvestitsiyalar o’zlashtirildi, bu esa noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 1.4 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 35.3 foizini tashkil qilib, 747 ukuvchi uringa ega ikkita yangi, 1820 ukuvchi uringa ega ettita maktab va ixtisolashtirilgan maktab enidan 125 uringa muljallangan ikkita etokxonalar ishga tushirildi.

Oliy ta’lim muassasalarini, kasb-hunar kollejlarini rekonstruktsiya qilish ishlarida oliy ta’lim muassasalarini moddiy texnika bazasini shakillantirish, ta’lim va sog’likni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jixozlash fondlari va tashkilotning uz mablaglari xisobidan 11,5 mlrd. so’mdan kupirok investitsiyalar o’zlashtirilib, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 1,1 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 28,2 foizini tashkil qildi va 180 uk. urinlik ikkita kolledj, 100 urinlik bitta etokxona rekonstruktsiyadan chiqarildi.
Sog’liqni saqlash ob’ektlarini  rekonstruktsiya qilish  ishlari uchun ta’lim va sog’liqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jixozlash jamg’armasi mablag’i hisobidan 29,1 mlrd. so’mlik investitsiyalar 2,8 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 63,0 foizini tashkil qildi va uchta sog’liqni saqlash ob’ektlari  rekonstruktsiyadan chiqdi.
Bolalar sporti ob’ektlarini qurish va musiqa maktablarini rekonstruktsiya qilish ishlari uchun bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi hisobidan 9,4 mlrd. so’mdan ortig’iroq investitsiyalar o’zlashtirildi.
Bundan tashqari ta’lim va sog’likni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jixozlash, oliy ta’lim muassasalarini moddiy texnika bazasini shakillantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 14,4 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirilib 4930 o’quv. o’rinlik beshta kolledj, 360 o’ringa muljallangan №1 Akademik litseyning yotoqxonasi, 7390 o’quv. o’rinlik  un ikkita maktab mukammal ta’mirdan chiqarildi. 
Kommunal qurilish sohasida 215,7 km uzunlikdagi ichimlik suvi, 39,6 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi, bu 2014 yil yanvar-dekabriga nisbatan mos ravishda 121,9 foizni va 80,3 foizni tashkil qildi. Foydalanishga topshirilgan ichimlik suvi tarmoqlarining 45,0 foizi va gaz tarmoqlarining 15,2 foizi qishloq joylariga to’g’ri keldi.
Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga 18,2 mlrd. so’m, shundan aholi mablag’lari hisobiga 0,7 mlrd. so’m, davlat byudjeti hisobidan 17,5 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa aholi mablag’lari hisobiga 0,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.

Qurilish faoliyati. 2015 yil yanvar-dekabrida 1275,8 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 109,6 foizni tashkil etdi.

Qurilish ishlari umumiy hajmining 74,6 foizi yangi qurilish, korxonalarni rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 25,4 foizi kapital,  joriy ta’mirlash va boshqa pudrat ishlariga to’g’ri keladi.

Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 1189,6 mlrd. so`mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, qurilish ishlarining umumiy hajmida 93,2 foizni (2014 yil yanvar`-dekabriga nisbatan 3,9 foizga kupaygan) tashkil qildi. 

Mulkchilik shakllari bo`yicha qurilish tashkilotlarining o`z kuchlari bilan bajargan qurilish ishlari taqsimoti quyidagicha ifodalanadi:

umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida

 


 

Transport

 

Yuk tashish. 2015 yil yanvar-dekabrda barcha transport turlari tomonidan 37,2 mln. tonna yuk tashilgan bo'lib, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 5,6 foizga ko'p.

Yuk aylanmasi barcha transport turlari tomonidan 833,5 mln.tn-km.ni tashkil qildi va 5,0 foizga ko'paydi.

Yuk tashish va yuk aylanmasi transport turlari bo‘yicha qo‘yidagicha ifodalanadi:

 

2015 yil yanvar-dekabr

2014 yil 
yanvar-dekabrga 
nisbatan foiz hisobida

 Tashilgan yuk, mln. tn.

37.2

105,6

 shu jumladan:    
 avtomobil transportida

37,2

105.6

 Yuk aylanmasi, mln. tn-km

833,5

105,0

 shu jumladan:    
 avtomobil transportida

833,5

105,0

 

Xususiy yuk tashuvchilar avtomobil transportining yuk aylanmasi 2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan 7,3 foizga ko'paydi va 696,2 mln. tn-km. ni tashkil qildi. Yuk aylanmasining umumiy hajmida xususiy yuk tashuvchilarning ulushi 83,5 foizni tashkil etdi (2014 yil yanvar-dekabrda 81,7 foiz).

Yo‘lovchi tashish. 2015 yil yanvar-dekabrda barcha transport turlari tomonidan 226,6 mln. kishi tashilgan bo'lib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 5,9 foizga ko'paygan. Yo'lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 8,4 foizga ko'payib, 2512,8 mln. yo'lovchi-km. ni tashkil qildi.

Transport turlari bo'yicha yo'lovchi tashish va yo'lovchi aylanmasi quyidagicha ifodalanadi:

 

2015 yil
yanvar-dekabr

2014 yil 
yanvar-dekabrga 
nisbatan foiz hisobida

 Transportda tashilgan yo'lovchilar, mln. kishi

226,6

105,9

 avtomobil transportida

226,6

105,9

 Yo'lovchi aylanmasi, mln. yo'lovchi-km

2512,8

108,4

 avtomobil transportida

2512,8

108,4

 

Xususiy yo'lovchi tashuvchilar avtomobil transportida yo'lovchi aylanmasi 2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan 9,0 foizga ko'paydi va 2350,3 mln. yo'lovchi-km. ni tashkil qildi. Yo'lovchi aylanmasining umumiy hajmida xususiy yulovchi tashuvchilarning ulushi 93,5 foizni tashkil etdi (2014 yil yanvar-dekabrda 93,1 foiz).

 

 


 

Tovarlar va xizmatlar bozori

 

2015 yil yanvar-dekabrda chakana tovar aylanmasi 2372,2 mlrd. so'mni tashkil etdi va o'tgan yilning shu davriga nisbatan 112,9 foizga o'sdi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkchilik shakllari bo‘yicha chakana tovar aylanmasi quyidagicha ifodalanadi:

 

Mlrd. so'm

2014 yil
yanvar-dekabrga
nisbatan foiz
hisobida

Yakunga
nisbatan foiz
hisobida

Jami

2372,2

112,9

100,0

  shu jumladan mulkchilik shakllari bo'yicha:

 

   
  davlat mulki

1,6

146,7

0,1

  nodavlat mulki

2370,6

112,9

99,9

Umumiy ovqatlanish sohasining tovar aylanmasi 59,2 mlrd. so'mga etdi yoki 2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan 110,3 foizga o'sdi.

Aholiga ko'rsatilgan pulli xizmatlar hajmi 1065,8 mlrd. so'mni, uning real o'sishi esa 2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan 110,3 foizni tashkil qildi. Aholiga pulli xizmatlar ko'rsatishning asosiy qismi rasmiy sektor tomonidan amalga oshirilib (66,0 foiz), bu sektorda xizmatlar hajmi amaldagi narxlarda 703,3 mlrd. so'mni, o'sish sur'ati esa 107,7 foizni tashkil qildi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 115,6 foizga o'sib, 362,6 mlrd. so'mni, pulli xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi esa 34,0 foizni tashkil etdi. 
Aholiga ko'rsatilgan umumiy pulli xizmatlar hajmida nodavlat sektori ulushi 86,5 foizni tashkil qildi (2014 yil yanvar-dekabrda 86,3 foizni tashkil etgan).

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mulkchilik shakllari bo'yicha aholiga ko'rsatgan xizmatlar hajmi quyidagicha ifodalanadi:

 

 

Mlrd. so'm

Yakunga
nisbatan foiz
hisobida

Ma'lumot uchun: 2014 yil
yanvar-dekabrga nisbatan
foiz hisobida

Jami

1065,8

100,0

110,3

  davlat mulki

143,4

13,5

106,8

  nodavlat mulki

922,4

86,5

109,4

 

Pulli xizmatlar umumiy hajmida maishiy xizmatlar 15,5 foizni yoki 164,9 mlrd. so'mni tashkil qildi. Ularning real hajmi 2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan 114,3 foizga oshdi. Maishiy xizmatlarning 89,3 foizi xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilib, ushbu sektorning xizmatlar hajmi dastlabki baholanganda 164,9 mlrd. so'mni, o'sish sur'ati esa 114,3 foizni tashkil qildi.

2015 yil yanvar-dekabrga iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha xizmatlar hajmi 2952,1 mlrd. so'mni, shu jumladan qishloq joylarida 788,7 mlrd. so'mni yoki umumiy ko'rsatilgan xizmatlar hajmining 26,7 foizini tashkil qildi. 2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan real o'sish 118,3 foizga to'g'ri keldi.

2015 yil yanvar-dekabrda xizmatlar ishlab chiqarish turlari bo'yicha (amaldagi narxlarda) quyidagicha ifodalanadi:

 

 

Mlrd. so'm

2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan foiz
hisobida

Yakunga
nisbatan foiz
hisobida

Xizmatlar-jami

2952.1

118.3

100

  Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari

214,9

116,2

7,3

  Komp'yuter dasturlari bilan bog'liq xizmatlar

1,6

107,1

0,1

  Moliyaviy xizmatlar

207,2

135,0

7,0

  Transport xizmatlari

756,6

117,1

25,6

  Qurilish xizmatlari

317,4

130,3

10,8

  Texnologik qurilmalarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bo'yicha xizmatlar

11,5

113,0

0,4

  Qishloq xo'jaligi texnikalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bo'yicha xizmatlar

5,4

123,8

0,2

  Sayyohlik xizmatlari (mehmonxona xizmatlarini qo'shgan holda)

3,6

111,7

0,1

  Savdo va umumovqatlanish xizmatlari

580,9

117,9

19,7

  Maishiy xizmatlar

181,4

118,9

6,1

  Ta'lim sohasidagi xizmatlar

116,3

108,3

3,9

  Sog'liqni saqlash sohasida xizmatlar

23,9

125,0

0,8

  Qishloq xo'jaligi sohasidagi xizmatlar

27,2

111,2

0,9

  Boshqa bozor xizmatlari

504,2

110,9

17,1

 

Xizmat ko'rsatishda eng katta ulush transport (jami xizmatlarning 25,6 foizi), savdo va umumovqatlanish (19,7 foizi), Qurilish xizmatlari (10,8 foizi) va boshqa xizmatlar (17,1 foiz)ga to'g'ri keldi. 
Shuningdek, sayyohlik xizmatlari (mehmonxona xizmatlarini qo'shgan holda) (0,1 foiz), sog'liqni saqlash (0,8 foiz), moliyaviy (7,0 foiz), kompyuter dasturlari bilan bog'liq xizmatlar (0,1 foiz) qishloq xo'jalik texnikalariga texnik xizmat ko'rsatish (0,2 foiz), qishloq xo'jaligi sohasidagi xizmatlar (0,9 foiz), maishiy (6,1 foiz) xizmatlarida o'sish yuqori bo'ldi.

 


 

 

Demografiya va mehnat bozori

 

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2015 yilning 1 yanvar holatiga respublikada doimiy aholi soni 1791,1 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 28,0 ming kishiga yoki 101,6 foizga ko'paydi.

Aholining tabiiy o'sishi 33196 kishini tashkil etdi. 
2015 yil yanvar-dekabrda migratsiya saldosi, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, minus 5253 kishini tashkil qildi. 
Aholining tabiiy harakati 2015 yil yanvar-dekabrda quyidagicha ifodalanadi:

 

Kishi

Har 1000 kishiga

 

2014y.

2015y. *)

o`sish,
kamayish (-)

2014y.

2015y. **)

  Tug`ilganlar

40883

41331

448

23,4

23,3

  O`lganlar

8157

8135

-22

4,7

4,6

  shu jumladan bir yoshgacha bolalar

509

477

-32

12,5

11,2

  Tabiiy o`sish

32726

33196

470

18,7

18,7

  Nikohlar

15035

13791

-1244

8,6

7,8

  Ajralishlar

1213

1134

-79

0,7

0,6

2015 yil yanvar-dekarda tug'ilganlar soni 41331 kishini tashkil qildi va o'tgan yilning shu davriga nisbatan 448 kishi yoki 101,1 foiz bulib, tug'ilish koeffitsienti 23,4 promilledan 23,3 promelliga kamaydi.
Tug'ilish darajasining ko'payishi respublikaning deyarli barcha hududlarida qayd etildi. Bu ko'rsatkichning yuqori darajasi Ellikqa'la (24,1 dan 26,4 promelliga) tumanida, Nukus (24,6 dan 25,5 promelliga), To'rtkul (23,1 dan 23,6 promelliga), Amudaryo tumanlarida (24,9 dan 25,6 promelliga) va Nukus shaxrida (21,3 dan 21,7 promelliga) kuzatildi.
2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan o`lganlar soni 22 kishiga yoki 0,3 foizga ko`paydi. O`lganlar sonining ko`payishi Taxtako`pir (4,9 dan 5,2 promelliga) tumanida, To`rtkul (4,6 dan 4,7 promelliga), Chimboy (5,0 dan 5,1 promelliga), Ellikqa`la (3,6 dan 3,7 promilliga) tumanlarida  kuzatildi.

Eng ko`p o`lim hollari Taxtako`pir tumanida (5,2 promelli), eng kam o`lim holatlari  Kegeyli (5,0 promelli) tumanlarida kuzatildi.2015 yil yanvar`-dekabrda 15035 ta nikoh ro`yxatga olindi, ajralishlar soni esa 1213 tani tashkil qildi. Bu ming aholiga 7,8 nikoh va 0,6 ajralishlar to`g`ri kelmoqda (2014 yil yanvar`-dekabrda mos ravishda 8,6  va 0,7).

Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 
2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan 1,2 foizga ko`payib, 1023,7 ming kishini yoki respublika doimiy aholisining 57,1 foizini tashkil qildi.
2015 yil yanvar-dekabrda bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so`rab, 20033 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Nukus (2717 kishiga) shaharida, Beruniy  (2339 kishiga), Xujayli (2219 kishiga), , Qung`irot (1937 kishiga), Turtkul  (1711 kishiga) va  Ellikqa`la (1537 kishiga) tumanlarida ko`p. 
Bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 19834 nafari (barcha murojaat etganlarning 99,0 foizi) ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko`rsatkich, Nukus (murojaat etganlarning 97,2 foizi) shahrida, Beruniy (100,0 foiz),Xujayli (97,9 foiz), Qung`irot (100 foiz), Turtkul (97,9 foiz) va  Ellikqa`la (100 foiz) tumanlarida yuqori darajada bo`ldi.

Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

(kishi)

 

 


Ko'rib chiqildi: 6860