Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

2015 yilda ichki yo‘llarni ta‘mirlash bo‘yicha dasturni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy-tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida”

 

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING QARORI

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2015 yil 6 yanvar kuni Respublika video-selektor yig'ilishida muhokama qilingan “2015 yilda ichki yo'llarni ta'mirlash bo'yicha dasturni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy-tayyorgarlik ishlarining borishi to'g'risida” gi topshiriq va ko'rsatmalarni Qoraqalpog'iston Respublikasida bajarilishini ta'minlash haqida

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2015 yil 6 yanvar kuni o'tkazilgan video-selektor yig'ilishida hududlarda ichki xo'jaliklararo yo'llarning qurilish-ta'mirlash ishlarini tashkillashtirish masalasi yuzasidan 2014 yilda respublika bo'yicha mahalliy hokimliklar balansida bo'lgan ichki yo'llarni ta'mirlash ishlariga Respublika byudjeti xisobidan mablag'lar ajratilayotganligiga qaramay, joylarda mablag'larni to'liq o'zlashtirilmaganligi, jumladan Qoraqalpog'iston Respublikasida tasdiqlangan manzilliy ro'yxatdagi 81 km yo'ldan hisobot davrida 73 km (90 foiz)da ta'mirlash ishlari bajarilganligi ko'rsatib o'tildi.

Yuqoridagi holatni inobatga olib, O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri raisligida 2015 yil 6 yanvar kuni o'tkazilgan video-selektor yig'ilishida berilgan topshiriq va ko'rsatmalar ijrosini so'zsiz ta'minlash maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

 

 

1. O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2015 yil 6 yanvar kuni o'tkazilgan video-selektor yig'ilishida hududlarda 2015 yilda ichki yo'llarni ta'mirlash dasturini amalga oshirish bo'yicha berilgan topshiriq va ko'rsatmalar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Qoraqalpog'iston Respublikasida 2015 yilda ichki yo'llarni ta'mirlash dasturini amalga oshirish bo'yicha Respublika ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Respublika Ishchi guruhi (J.Yembergenov)ga:

ikki kun muddatda shahar va tuman hokimliklari, Moliya vazirligi (M.Sodiqov), “QQavtoyo'l” (A.Gobenov), Mahalla jamoat fondi (K.Yelmuratov) bilan birgalikda xo'jaliklararo ichki yo'llarni to'liq xatlovdan o'tkazish uchun tajribali yo'lchilar, fahriylar va mutaxassislardan iborat jamoatchilik guruhini tuzish;

- xatlov natijasiga ko'ra aniqlangan ta'mirtalab ichki yo'llarning manziliy ro'yxatini shakillantirish.

- shahar, tuman markazlarida yo'llar, qishloq aholi punktlari, posyolka va xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining ta'mirlanishi ustidan qat'iy nazorat o'rnatish vazifalari yuklatilsin.

5. Moliya vazirligi (M.Sodiqov), “QQavtoyo'l” (A.Gobenov) shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan manziliy ro'yxat asosida loyiha-smeta xujjatlarini tayyorlash, Respublika bo'yicha manzilli dasturni shakllantirish va belgilangan tartibda tasdiqdan o'tkazish vazifasi yuklansin.

6. “QQavtoyo'l” (A.Gobenov)ga 2015 yilda ichki yo'llarni ta'mirlash uchun suyuq bitumga bo'lgan talabni 10 kun muddatda aniqlab, tegishli vazirlik va idoralari bilan kelishish vazifasi topshirilsin.

7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari J.Yembergenovga shahar va tumanlar hokimliklari hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2015 yilda ichki yo'llarni qurish bo'yicha tanlov savdolarini o'tkazishda yetarli ish tajribasiga va moddiy texnika bazasiga ega bo'lgan malakali va salohiyatli tashkilotlarni ishtirok etishini ta'minlashga alohida etibor qaratsin.

8. Shahar va tumanlar hokimliklari:

- ushbu masalalarning muhokamasi bo'yicha xalq deputatlari Kengashlarining mahsus sessiyalarini o'tkazsinlar.

- joriy yilda ichki yo'llarda qurilish-ta'mirlash ishlarining bajarilishi va ajratilgan mablag'larning maqsadli ishlatilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatsinlar.

9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari J.Yembergenov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

 

 


Ko'rib chiqildi: 5938

Sahifalar