Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (65 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (65 KB)

Vazirlar Kengashi Yoqilg`i-energetika, kommunal xo`jaligi va obodonlashtirish masalalari bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari to`g`risida

NIZOM

 

1-bob. Umumiy koidalar

 

 1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Yoqilg`i-energetika, kommunal xo`jaligi va obodonlashtirish masalalari bo`yicha kotibiyati boshlig`ining (keyingi o`rinlarda Kotibiyat deb ataladi) funktsional vazifalarini belgilaydi.

Kotibiyat o`z faoliyatini Vazirlar Kengashining, uning Rayosatining, shuningdek, Vazirlar Kengashining Ijro etuvchi apparatining kommunal xo`jaligini isloh qilish va rivojlantirish masalalari bo`yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta`minlashga yo`naltirgan.

2. Kotibiyat o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

3. Kotibiyat o`z vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining tegishli o`rinbosariga bo`ysinadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

4. Kotibiyat o`z faoliyatini Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

 

2-bob. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari

 

5. Quyidagilar kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) kommunal xo`jaligini isloh qilish va rivojlantirish sohasida:

iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq kommunal xo`jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganishni tashkil etish;

kommunal xizmat ko`rsatish sohasida rivojlanish prognozlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqish va bajarishni tashkil etish;

kommunal sohada monitoringni ta`minlash, ushbu sohadagi holat va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat ko`rsatishdagi sifat o`zgarishlarini va uni rivojlantirish tendentsiyalarini baholash;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xizmat ko`rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat ko`rsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlarini, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlarini  ijro etish bo`yicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta`minlash;

iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va kommunal xizmat ko`rsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish;

kommunal xizmat ko`rsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat ko`rsatish uchun tariflar oshganda aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini ximoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;

shahar va tumanlarda suv ta`minoti tizimlarini tubdan yaxshilashga, qishloq aholi punktlarining ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish;

kommunal xizmat ko`rsatuvchi korxonalar, shahar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va islohotlarni amalga oshiradi. etkazib berilgan tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va issiqlik energiyasi uchun mavjud debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarning bajarilishini ta`minlaydi. Iste`molchilarni uzluksiz ravishda elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta`minlash ishlarini nazorat qiladi. Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlarining ijrosini nazorat qiladi. Kommunal xizmat korxonalarini moliyaviy sog`lomlantirish, ularni modernizatsiyalash bo`yicha chora-tadbirlarni ijrosini amalga oshiradi;

muhandislik-kommunal tarmoqlari va ko`p qavatli uy-joy fondini mukammal va joriy ta`mirlash ishlarini hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Markaziy-avariya dispetcherlik xizmatlarida zaxirada mavjud mashina-mexanizmlar va zarur materiallarning mujassamligini nazorat qiladi. Ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida islohotlarni amalga oshiradi;

suv ta`minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta`minoti va kommunal soha korxonalarida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

 

b) yoqilg`i-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida:

manfaatdor davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uglevodorod xomashyo va yoqilg`i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

yagona texnika siyosatini olib borish, yoqilg`i-energetika kompleksi korxonalarini, hosil qilinadigan quvvatlar va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash, energiyaning muqobil manbalaridan foydalanishning sinab kurilgan texnologiyalari joriy etilishini tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash;

neft` mahsulotlari o`rnini bosish uchun avtogazto`ldirish kompressor va avtogazquyish stantsiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gaz bilan ishlashga bosqichma-bosqich o`tkazish dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish;

islohotlarning amalga oshirilishi, korxonalar va tashkilotlar tomonidan foydalanilayotgan yoqilg`i-energetika resurslarining me`yoridan ortiq sarflanishini qisqartirish, resurslarni tejash bilan bog`liq ishlar ustidan doimiy nazorat o`rnatadi.

6. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

uzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo`yicha axborotlarni to`playdi va umumlashtiradi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning holatini o`rganadi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi va Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;

tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy o`zgartirishlarni, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, tegishli tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;

O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari topshiriqlari ijrosini tashkil etadi va ta`minlaydi;

tegishli tarmoqlar bo`yicha tizimlashtirilgan ma`lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi va ta`minlaydi;

sohaga oid hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma`lumotnoma materiallar tayyorlaydi;

o`tkaziladigan yig`ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, rahbariyat topshiriqlari loyihalarining davlat va xo`jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy bo`linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tegishli yuqori turuvchi organlariga taqdim etilishini tashkil etadi;

o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo`jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi ularga har tomonlama amaliy yordam ko`rsatadi;

o`z vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;

Vazirlar Kengashining Raisi va uning o`rinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo`mitalarga a`zo bo`ladi va ularning ishini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqadi va ularda qo`yilgan masalalarni hal etish bo`yicha takliflar tayyorlaydi, ko`rib chiqish va chora-tadbirlar ko`rish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o`z vaqtida ko`rib chiqilishini tashkil etadi va nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;

o`ziga yuklangan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

3-bob. Kotibiyatning xukuqlari va javobgarligi

7. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy bo`linmalaridan, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so`rash;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, xo`jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, rahbariyat topshirig`iga binoan esa davlat organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning qotibiyat tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislarida va yig`ilishlarida qatnashish;

zarurat bo`lganda Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar, boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo`yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish.

8. Kotibiyat:

o`ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;

Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;

O`zbekiston Respublikasi qonunlarining va rahbariyat  topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o`z vaqtida va sifatli bajarilishi ta`minlanishi uchun;

Kotibiyatga tegishli kompleks tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida» 1999 yil
12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.

 

4-bob. Kotibiyat tuzilmasi

 

9. Kotibiyatining tuzilmasiga kotibiyat mudiri, bosh mutaxassis kiradi.

Kotibiyatning tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi.

10. Kotibiyat ishlariga boshliq rahbarlik qiladi.

11. Kotibiyat boshlig`i va mutaxassislari Vazirlar Kengashining Raisi qarori bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

 

5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish

 

12. Kotibiyat ishlari «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Kengashining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o`rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari, kotibiyatning choraklik ish rejalari, boshliq va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning choraklik ish rejalari, boshliqning shaxsiy ish rejasi, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari bilan kelishiladi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.

13. Kotibiyat boshlig`i:

Kotibiyatga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassis ishlarini tashkil qiladi hamda Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqishda davlat printsiplariga qat`iy rioya qilinishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo`yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishini tashkil etadi va ijro ustidan tizimli nazoratni ta`minlaydi;

tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi to`g`risida tizimli monitoringni va ma`lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta`minlaydi;

Ijro etuvchi apparatda amalda bo`lgan Yo`riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta`minlaydi;

14. Kotibiyat boshlig`i vaqtinchalik ishda bo`lmaganda uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.

Kotibiyat bosh mutaxassisining funktsional vazifalari Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo`jaligi masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalar bilan begilanadi.


Ko'rib chiqildi: 6999

Sahifalar