Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

"Kamolot" yoshlar jamiyatlik harakati tashkiloti


Rais: v.v.b. Daniyarov Abat Saparbaevich
Qabul kunlari: payshanba soat:10:00 – 12:00
Elektron pochta: abatdaniyarov@umail.uz
Telefon: (8-361) 222-33-63
Manzil: Nukus shahri, A. Dosnazarov, 100


Rais o`rinbosari: v.v.b. Djiyemuratov Zamir Aytmag`ambetovich
Qabul kunlari: Dushanba va juma, soat:15:00 – 17:00
Elektron pochta: zamir1987@inbox.uz
Telefon: (8-361) 222-33-63
Manzil: Nukus shahri, A. Dosnazarov, 100


E-XAT:  kamolot.rk@exat.uz
Elektron pochta: kamolot_kr@umail.uz
Veb sayt:


IUmumiy ma`lumot

O`zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati (keyingi o`rinlarda – Harakat deb yuritiladi) jismoniy shaxslar tomonidan jamoat birlashmasi tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, jismonan sog`lom, ma`naviy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, uni tashqi tahdidlar va «ommaviy madaniyat»ning zararli ta`siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko`maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O`zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
2001 yil 25 aprel kuni tashkil topgan;
14 yoshdan 30 yoshgacha yoshlarni birlashtiradi;
Harakatning oliy boshqaruv organi besh yilda bir marta chaqiriladigan Qurultoy;
Harakat o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida”gi qonunlari va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Ustavga muvofiq yuritadi;
Ustav 11 bop, 54 moddadan iborat;
Dastur 6 yo`nalishdan iborat;
A`zolari ta`lim muassasalari, karxona tashkilotlardagi boshlang`ich tashkilotlar;


Harakatning maqsad va vaziyfalari

 Harakatning asosiy maqsadi - yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O`zbekiston jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta`minlash, yigit-qizlarning ma`naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro`yobga chiqarishdan iborat.

 Harakatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o`zining hayotiy pozitsiyasi va qat`iy e`tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o`rin egallash, mamlakatni isloh qilish va yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo`lishga qodir yoshlarni shakllantirish, yoshlarning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
– yoshlarni ma`naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g`urur va o`zlikni anglash, ro`y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini shakllantirish;
– yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo`lgan intilishini qo`llab-quvvatlash, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
– iste`dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ular o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
– yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishga keng jalb qilish;
– yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg`unchi tashkilotlar ta`siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta`sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olish va boshqalar.

 Yuqorida sanab o`tilgan vazifalarni ijro etish maqsadida Harakat o`z faoliyatining turli yo`nalishlari bo`yicha tegishli chora-tadbirlar Dasturini qabul qilishi mumkin.


Harakatning huquq va majburiyatlari

Harakatning huquqlari quyidagilardan iborat:
– jamiyat hayotining turli masalalari bo`yicha tashabbus ko`rsatish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish;
– davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yoshlar va ijtimoiy himoya masalalari bo`yicha qarorlarini ishlab chiqishda, qonunchilikda o`rnatilgan tartibda ishtirok etish;
– o`z faoliyatiga doir ma`lumotlarni tarqatish;
– belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta`sis etish, noshirlik va matbaa faoliyatlari bilan shug`ulanish;
– ustavda ko`rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida tadbirkorlik korxonalarini tuzish;
– o`z ramzini ta`sis etish;
– o`z faoliyati masalalari bo`yicha yig`ilishlar, majlislar, tadbirlar, anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlarini o`tkazish;
– qonun hujjatlariga binoan respublika hududida o`zining hududiy bo`limlarini ochish.

Harakat qonunchilikda ko`zda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.

Harakatning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
– qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
– o`z mol-mulki va pul mablag`laridan foydalanish to`g`risidagi ma`lumotlar ochiqligini ta`minlash;
– nodavlat notijorat tashkilotini ro`yxatga oluvchi organga o`zi o`tkazayotgan tadbirlarda qatnashish imkonini berish;
– ro`yxatga oluvchi, soliq va statistika organlariga o`z faoliyati to`g`risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim etish;
– Harakat qonun hujjatlarida ko`zda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega.


Ko'rib chiqildi: 11174