Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (109 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (109 KB)

2014 yilning I-yarim yilligi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2014 yilning II choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiy dasturning eng muhim yunalishlari va ustuvor vazifalari bajarlishini bohalash to'g'risida bayonati

 

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan respublika Hukumatining joriy yil 17 yanvardagi majlisida belgilab berilgan topshiriqlar va vazifalarga muvofiq ishlab chiqilgan zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish bo'yicha "yo'l xaritalari"ni amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar to'g'risida

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

2013 yil yakuni bo'yicha 4 ta zarar bilan ishlovchi korxonalar ("Tuyamuyun-Nukus" suv o'tkazishlaridan foydalanish boshqarmasi, "Kommunallыk ыssыlыk orayы" OAJ, Taxiatash IES OAJ va "Shimolgazta'minot" UK-lari) va 2 ta iqtisodiy nochor korxonalar (Kegayli RUAD va To'rtkul RUAD) aniqlanib, ushbu iqtisodiy nochor va zarar bilan ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvollari atroflicha o'rganilib, bu korxonalarni moliyaviy sog'lomloshtirish bo'yicha "yo'l xarita"lari ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda.

Ishlab chiqilgan "yo'l xarita"larida mahsulotlarning tannarxini kamaytirish, aylanma mablag'larini ko'paytirish maqsadida ichki imkoniyatlarni mobilizatsiya qilish, asosiy fondlarni rekonstruktsiyalash va yangilash (modernizatsiyalash) hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning va xizmatlarning ko'lamlarini kupaytirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Ushbu korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 iyundagi 145-sonli ("Taxiatosh IES" OAJ hamda "Shimolgazta'minot" UK) va 2014 yil 9 iyundagi 149-sonli qarorlari ("Kegeyli RUAD" hamda "To'rtko'l RUAD") qabul qilindi.

Biz ushbu qarorlarni ijro uchun rahbarlikka olib o'zimizda Vazirlar Kengashining qarorlarini qabul qilib, mazkur qarorlarning ijrosini ta'minlashning barcha choralarini ko'rmoqdamiz.

Bugungi kunda amalga oshirilgan ishlar natijasida, Taxiatash IES OAJ va "Shimolgazta'minot" UK-lari ko'rilgan zararlari to'lig'i bilan bartaraf qilindi va foyda bilan ishlashga erishildi.

 "Taxiatosh IES" OAJ moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo'yicha ishlab chiqilgan "yo'l xaritasi" bo'yicha 2013-yil yakuni bilan 12,5 mlrd. so'm zarar bilan chiqqan bo'lsa, "yo'l xaritasi"ning amalga oshirilishi bilan joriy yil yakuniga qadar 1,6 mlrd. so'm foyda bilan chiqish imkoniyatlari bor. (Yanvar-iyun 900 mln. so'm foydaga chiqdi).

Joriy yilda korxonaning mazut saqlagichda (mazutoxranilishe) dastlabki baho bo'yicha 4,2 mlrd so'mlik demontaj ishlarini olib borish belgilangan.

Bu o'z navbatida korxonaning iqtisodining rivojlanishida maqsadli bo'lib, 2,1 mlrd so'mlik materiallarni qabul qilish imkoniyatiga ega. Buning natijasida 1365,0 mln so'mlik qo'shimcha mablag'lar iqtisod qilinishiga erishiladi.

"Shimolgazta'minot" unitar korxonasining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo'yicha ishlab chiqilgan "yo'l xaritasi" bo'yicha 2013 yil yakuni bilan 16,8 mln. so'm foyda bilan chiqqan bo'lsa, "yo'l xaritasi" ning amalga oshirilishi bilan joriy yil yakuniga qadar 100 mln. so'mga foyda bilan chiqish imkoniyatlari bor. (Yanvar-iyun 32,5 mln. so'mga foydaga chiqdi).

2014 yilning may-iyul oylarida markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti va issiq suv bilan ta'minlanmagan ko'p qavatli uylarning gaz tarmoqlariga 1311 ta gaz taqsimlash priborlarini olish bo'yicha tender savdolari jarayonlarini yakunlash belgilanib, hozirgi kunda tender savdosiga chiqarildi.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun 3802 ta gaz ballonlari va 43 ta "ISUZU" avtomashinalari olish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 1 iyul holatiga Kegayli RUAD va To'rtkul RUAD korxonalarining muddati o'tgan kreditor qarzdorligi to'lig'i bilan tugatilib, bugungi kunda ushbu korxonalar iqtisodiy nochor holatidan to'liq chiqishiga erishildi. (Kegayli 57,7 mln so'm, To'rtko'l 53,2 mln so'm).

Hududiy bo'ysunuvdagi zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarni, shu jumladan suv va issiqlik ta'minoti korxonalarini moliyaviy sog'lomlashtirish borasida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, "Tuyamuyun-Nukus" boshqarmasi hamda "Kommunallыq ыssыlыq orayы" OAJ ko'rilgan zararlari to'lig'i bilan bartaraf qilingan va foyda bilan ishlashga erishildi.

("Tuyamuyun-Nukus" boshqarmasi +90,0 mln. so'm, "Kommunallыq ыssыlыq orayы" OAJ ti +650,0 mln. so'm ).

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirning 2014 yil 14 maydagi 02-04-1-sonli topshirig'iga binoan, Qoraqalpog'iston Respublikadagi "Tuyamuyun-Nukus" mintaqalorora suv ta'minoti korxonasining, moliyaviy-iqtisodiy holati tahlil qilinib, moliyaviy sog'lomlashtirish bo'yicha "yo'l xarita"si ishlab chiqildi.

Ushbu "yo'l xarita"lari bo'yicha qisqacha to'xtaladigan bo'lsam, ularda quyidagi asosiy chora-tadbirlar ko'zda tutilgan.

Birinchidan, korxona bo'yicha iste'molchilarini to'la qamrab olish va abonentlar sonini oshirish chora-tadbirlari natijasida qo'shimcha 2000 dan ortiq abonentlar ro'yxatga olinishi va ularga xizmat ko'rsatishdan 284,4 mln. so'm daromad olinishi kutilmoqda.

Ikkinchidan, 2014 yil davomida korxonada 2 ta eskirgan asbob-uskunalarni almashtirish natijasida yiliga 240 ming. kVt/soat elektr energiyasini tejaladi va 31,5 mln.so'mlik xarajatlar qisqartiriladi.

Uchinchidan, 2014 yilda korxonada 32,6 km quvur va kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi ko'zda tutilgan. Ushbu ishlarga jami 4076,8 mln. so'm mablag' jalb etildi.

To'rtinchidan, korxonada 32 ta foydalanilmayotgan asosiy vosita va mexanizmlarni sotish orqali 54,7 mln. so'm daromad olinishi rejalashtirilgan.

Beshinchidan, korxonada mavjud bo'lgan 3,7 mlrd. so'mlik debitor qarzlarni undirish va ularni korxonalarning kreditorlik qarzlarini yopishga yo'naltirish ishlari amalga oshiriladi

Jumladan, 2014 yilning 3-choragida 35,0 mln. so'm, 4-chorakda 21,0 mln. so'm, debitorlik qarzlarni undirish zarur bo'ladi.

Yuqoridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida ushbu korxonada (2013 yilda 862,8 mln. so'm zarar ko'rgan) 2014 yilda 21,9 mlrd. so'm (2013 yilga nisbatan 125%), 2015 yilda 23,7 mlrd. so'm (135%) ko'p daromad olishi hamda shu yillarda mos ravishda 164,3 mln. so'm va 571,2 mln. so'm sof foyda olishi ko'zda tutilmoqda.

Bulardan tashqari "yo'l xaritasi"ga qo'shimcha ravishda korxonani moliyaviy sog'lomlantirish hamda qo'shimcha daromad olish maqsadida:

- 20 mln.so'mlik bank krediti hisobidan 2 ga maydonda baliqchilik xo'jaligini tashkil qilish (yillik daromad 50,0 mln.so'm, 5 ta yangi ish o'rni),

- 20,0 mln.so'mlik bank krediti hisobidan aholiga tozalangan ichimlik suvin yetkazib berish shoxobchasini tashkil qilish (yillik daromad 25,0 mln.so'm, 3 ta yangi ish o'rni),

- korxonaning o'z mablag'lari hisobidan suv o'lchagish asboblarini tekshirish shoxobchasini tashkil qilish (yillik daromad 30,0 mln.so'm, 2 ta yangi ish o'rni),

- korxonaning o'z mablag'lari hisobidan 2 ga yer maydoniga bog' tashkil qilish (yillik daromad 15,0 mln.so'm, 1 ta yangi ish o'rni) rejalashtirilgan.

Bizda kommunal sohadagi ikkinchi "Kommunal ыssыlыq orayы" korxonasi 2013 yil yakuni bilan 109,0 mln. so'm zarar bilan chiqqan, moliyaviy-iqtisodiy ahvolin yaxshilash bo'yicha ishlab chiqilgan "yo'l xaritasi" natijasida shu yilning I yarim yilligida 650,0 mln. so'mlik foyda bilan yakunlashiga erishildi.

Shuningdek, Issiq suv oluvchi 226 abonentga, to'lig'i bilan issiq suv hisoblagichlari o'rnatildi va issiqliq trassalarining gidravlika raschetlarin hamda qozonxonalarni sozlash sinovlarini (rejimno-naladochnыe ispыtaniya) ishlash maqsadida tender savdosiga qo'yildi.

Jamiyatga qarashli asosiy vositalar va tovar-material boyliklari to'liq inventarizatsiyadan o'tkazildi hamda shundan foydalanilmay turgan 8 dona avtotransport vositalari, 54 tonna M-40 mazut yonilg'isi, 2,5 tonna 16x1 mm bo'lgan latun turbkasi ochiq savdolar orqali sotishga qo'yildi.

 Foydalanilmay turgan 46 ta qozonxonalarning kadastr xujjatlari tayyorlanib kim oshdi savdosi orqali sotishga tayyorlandi.

"Yo'l xarita"sidan tashqari korxona o'z xisobidan hozirgi kunda foydalanilmay turgan binosida 1000 boshga muljallangan parrandachilikni tashkil qilish (yillik daromad 10,0 mln. so'm, 1 ta yangi ish o'rni),

60,0 mln. so'mlik bank krediti hisobidan elektr uskunalirini ta'mirlash shahobchalarini tashkillashtirish (yillik daromad 40,0 mln. so'm, 3 yangi ish o'rni),

5,0 mln. so'mlik bank krediti hisobidan bo'sh maydonda 400 m parnik tashkillashtirish (yillik daromad 20,0 mln. so'm, 1 ta yangi ish o'rni),

25,0 mln. so'mlik bank krediti hisobidan aholiga tozalangan ichimlik suvlarini yetkazib beruvchi shahobchasini tashkillashtirish (yillik daromad 25,0 mln. so'm, 1 yangi ish o'rni) rejalashtirilmoqda.

Hududiy bo'ysunivdagi zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish bo'yicha "yo'l xaritalari" ni amalga oshirishning, davlat mulki ob'ektlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning borishini tanqidiy tahlili to'g'risida

Qoraqalpog'iston Respublikasida bugungi kunda 6 ta davlat aktivlari investitsiya majburiyatlari bilan "nol" qiymatda investorlarga sotilgan bo'lib shartnomalar imzolangan va jami 3186,4 mln. so'm hamda 35,6 mln. so'm AQSh dollari miqdorida investitsiyalar kiritilishi belgilangan.

Ma'lumot uchun:

- 2 tasi – O'z.Res Prezidenti PQ-1743 qarori (2012 y. 25 aprel);

- 2 tasi –Vazirlar Mahkamasi 407- qarori (2006 y. 10 iyul);

- 1 tasi - Vazirlar Mahkamasi 141-qarori (2010 y. 8 iyul);

- 1 tasi - Vazirlar Mahkamasi 154-qarori (2012 y. 31 may).

Investitsiya majburiyatlari evaziga sotilgan ob'ektlar bo'yicha 2014 yilning birinchi yarim yilligida investorlar tomonidan 345,0 ming AQSh dollari va 585,7 mln. so'm miqdorida investitsiya majburiyatlari bajarilishi rejalashtirilgan bo'lib, amalda 401,2 ming AQSh dollar (116,3%) va 768,2 mln. so'm (131,2%) miqdorida investitsiyalar kiritilgan.

Bulardan tashqari "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga davlat mulki ob'ektlarini sotish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" tashqari Muhtaram Prezidentimizning 3 iyuldagi PQ-2200-sonli qarori qabul qilingan.

Ushbu qaror bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha jami 70 ta davlat mulki ob'ektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi belgilangan.

Shu jumladan:

- 52 ta foydalanishga yaroqsiz ob'ektlar buzilishi;  

- 3 ta ob'ekt investorlarga ochiq tender savdolarida sotilishi;

- 13 ta ob'ekt "nol" qiymatda berilishi;

- 2 ta ob'ektni boshqa tashkilotlar balansiga o'tkazish rejalashtirilgan.

Qarorning tegishli bandlarini bajarish bo'yicha chora-tadbirlar, reja-grafiklar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Qabul qilingan Prezident qarorining ijrosini ta'minlash natijasida qo'shimcha ravishda 200 ta yangi ish o'rinlarining yaratilishi hamda 4,2 mlrd. so'mdan ortiq investitsiyalarni jalb qilinishi ko'zda tutilmoqda.

Yengil sanoat korxonalarini moliyaviy iqtisodiy sog'lomlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va yangi quvvatlarni ishga tushirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, xududiy manzilli dasturga asosan 2014 yilda qiymati 34,2 mln.dollarlik 8 ta yirik loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan.

Jumladan:

- har birida yiliga 22,5 mln.kv.m ip-gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega 2 ta (Beruniy tumanidagi "Astera tekstil" va Xo'jayli tumanidagi "Elit stars tekstil" korxonasi);

- yiliga 2 ming tonna ip-kalava, 3,2 mln.kv.m djinsi matosi, 1,5 mln.dona tayyor tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega Ellikkal'a tumanidagi "Global natsional tekstil" korxonasi;

- yiliga 4 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega To'rtko'l tumanidagi "To'rtko'l asaka tekstil" korxonasi;

- har birida yiliga 360 ming juft paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta zamonaviy korxonalarni tashkil qilish rejalashtirilgan.

Beruniy tumanidagi "Astera tekstil" MChJ korxonasida tarmoq jadvaliga asos loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Xo'jayli tumanidagi "Elit stars tekstil" MChJ korxonasi OATB "O'zsanoatqurilishbank" balansida bo'lib, hozirgi kunda "Sanaatqurilishbank" tomonidan Xo'jayli tumanidagi "Elit stars tekstil" MChJning 100 foizlik ustav jamg'armasini sotish tashkillashtirilmoqda. Xaridor topilgan. Savdo o'tkazilib, g'olib aniqlangandan keyin, korxonaning ip-gazlama ishlab chiqarish bo'yicha 2-loyihasi yangi investor tomonidan amalga oshiriladi.

Ellikkal'a tumanidagi "Global natsional tekstil" korxonasida ip-kalava ishlab chikaruvchi yangi texnologiyalar sotib olish uchun Germaniya davlatining "Riter" kompaniyasi bilan import shartnomasini rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda bank krediti olish uchun kadastr hujjatlari tayyorlangan, bino inshootlar qayta baholanib, xujjatlar Aloqa bankga topshirilmoqda.

To'rtko'l tumanidagi "To'rtko'l asaka tekstil" korxonasi ta'sischisi "Bog'ot tekstil" korxonasi bankrot deb topilib, hozirgi kunda korxona faoliyatini yo'lga qo'yish uchun DT "Asakabank" balansiga to'lig'i bilan olinib, loyihani amalga oshirish uchun tashabbuskor qidirilmoqda.

Kegeyli tumanidagi "Kegeyli agrotexservis MTP" ("O'zavtosanoat) korxonasi - hozirgi kunda Kegeyli tumani hokimligi tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashabbuskor aniqlangan. Loyixa "Avtoqayipmayshi" MChJ korxonasi tomonidan Asaka banki krediti hisobidan amalga oshiriladi. Biznes reja ishlab chikilgan. Tashabbuskor tomonidan bank krediti olishga hujjatlar topshirilgan. "A-TYeKS" MChJ korxonasi bilan paypoq to'qish liniyasi olish uchun 77,1 ming dollarlik shartnoma tuzilgan. Hozirgi kunda bank tomonidan garov masalasi ko'rib chiqilmoqda

Qonliko'l ("Nokis sauda") va Taxtako'pir ("Qoraqalpoqavtotexxizmat") tumanlarining har birida yiliga 360 ming juft paypoq ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish maqsadida Rossiyaning "A-TYeKS" MChJ bilan uskunalar sotib olish uchun 77,1 ming.dollarlik shartnoma tuzilgan. Bugungi kunda korxonlarga "Asaka bank" tomonidan kredit ajratilib, mablag'larni konvertatsiya qilish uchun 180 mln.sumlik mablag' blok schyotiga quyilgan.

Beruniy tumanida "Beruniy agrotexservis MTP" ("O'zavtosanoat) korxonasi - hozirgi kunda "Beruniy gold tekstil" MChJ tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida "A-TYeKS" MChJ bilan uskunalar sotib olish uchun 77,1 ming.dollarlik shartnoma tuzilgan. Kredit zalogining 50 foiziga olinadigan uskunalar, 50 foiziga "Avtosanoatagrotexservis" MChJning kafilligi qo'yilgan.

Bundan tashqari, 2014 yilda shahar va tumanlarning har birida 100 tadan (jami Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha 1500 ta) tikuv dastgohlarini o'rnatish bo'yicha manzilli dasturning ijrosini tashkil etish rejalashtirilgan.

Amalda joriy yilning 6 oyda qiymati 571,9 ming dollarlik 25 ta loyihada 538 tikuv dastgoxlari o'rnatilgan va 530 ta ishchi o'rni yaratildi.

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Oldimizdagi chorakda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarni ishga tushirish bo'yicha ishlarni yanada jadallashtirishimiz zarur.

Jumladan, 2014 yil 9 oy yakuniga qadar har birida yiliga 360 ming juft paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta (Kegeyli tumanidagi "Kegeyli agrotexservis MTP", Qonliko'l tumanida "Nokis sauda", Taxtako'pir tumanida "Qoraqalpoqavtotexxizmat", Beruniy tumanida "Beruniy agrotexservis MTP" korxonalari) zamonaviy korxonalarni tashkil qilishimiz lozim.

Yil yakuniga qadar Beruniy tumanidagi "Astera tekstil" va Xo'jayli tumanidagi "Elit stars tekstil" korxonalarida yiliga 22,5 mln.kv.m ip-gazlama, Ellikkal'a tumanidagi "Global natsional tekstil" korxonasida yiliga 2 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishimiz lozim.

Zarar ko'rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy iqtisodiy sog'lomlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va yangi quvvatlarni ishga tushirish bo'yicha barcha choralarni ko'ramiz.

2-masala Sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo'yicha qabul qilingan dasturlar doirasida 2014 yilda ishga tushirilishi nazarda tutilgan eng muhim ishlab chiqarish ob'ektlarini foydalanishga topshirishni so'zsiz ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida.

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Joriy yilning o'tgan davrida Sanoatning bazaviy tarmoqlarida muhim ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni jadallashtirish, shuningdek iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash borasida Qoraqalpog'iston Respublikasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, bu masalada ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida kimyo, energetika, yengil va oziq-ovqat sanoatida tasdiqlangan dasturlarga muvofiq bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

Kimyo sanoatida - 2014 yilning 6 oyida kimyo sanoatida 45,2 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o'tgan yilga nisbatan o'sish sur'ati 104,9 foizni tashkil qildi. Kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmining asosiy qismi Qo'ng'irot soda zavodiga to'g'ri keladi.

Investitsiya dasturiga asosan 2012-2015 yillarda Qo'ng'irot soda zavodida qiymati 109,5 mln. dollarlik investitsiya kiritish hisobiga qo'shimcha yiliga 100 ming tonna (jami 200 ming tonna) kaltsiylangan soda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunga qadar korxonada jami 72,8 mln. AQSh dollarlik investitsiya o'zlashtirilib, Dasturdagi rejaning 66,4 foiz ish hajmi bajarilgan. (2012 yilda 29,3 mln.doll; 2013 yilda 33,1 mln.doll; 2014 yilning6 oyida 10,4 mln.doll).

Joriy yilning hisobot davrida o'zlashtirilgan 10,4 mln. so'm mablag'larning 9,1 mln.dollari qurilish montaj ishlariga, 0,2 mln.dollari uskunalarga va 1,1 mln.dollari boshqa xarajatlarga (loyiha tadqiqot ishlari) ishlatilgan.

Energetika sanoatida:

– "Taxiatosh Issiqliq Elektr stantsiyasi"da 2013-2020 yillarda qiymati 700 mln.dollarlik investitsiya kiritish hisobiga korxonani modernizatsiyalash belgilangan.

Ma'lumot uchun: 300 mln. dollari "Osiyo taraqqiyot banki" hisobidan, 270 mln. dollari "O'zbekiston Respublikasi rekonstruktsiya va rivojlantirish jamg'armasi" (FRR RUz) hisobidan, 19,7 mln. dollari korxonaning o'z mablag'i hisobidan, 110,3 mln. dollari Hukumat kafilligi (soliq va bojlar) hisobidan)

Korxonada qo'shimcha quvvati 230-250 MVt li 2 ta bug'gaz qurilmalarni qurish ishlari boshlanib, bugungi kunga qadar korxonada qurilish maydonini tayyorlash va qurilish montaj ishlariga 4,0 mlrd.so'mlik, shundan joriy yilning 6 oyida 776,5 mln.so'mlik investitsiya o'zlashtirildi.

Loyihani amalga oshirish uchun "Teploelektroproekt" OAJ tomonidan texnik-iqtisodiy asoslari (TEO) ishlab chiqilib, ekspertizadan o'tkazish uchun mutasaddi tashkilotlarga yuborilgan.

- "Qoraqalpoq elektr tarmaqlari" korxonasida esa 2014 yilda jami 5798,8 mln. so'mlik yangi qurilish, modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirish rejalashtirilib, joriy yilning 6 oyida 3180,2 mln. so'mlik ishlar amalga oshirildi.

Jumladan

  • 1807,7 mln. so'mlik yangi elektr liniyalari tortilgan;

  • 616,8 mln. so'mlik yangi transportmator punktlari o'rnatilgan;

  • 693,6 mln. so'mlik 4,1 km elektr liniyalari rekonstruktsiya qilingan;

  • 62,1 mln. so'mlik kapital ta'mirlash ishlari qilingan.

Oziq-ovqat sanoati sohasida – hisobot davrida "Turon-Xo'jayli" OAJ da 200 mln.so'mlik distirlangan yog'li kislota ishlab chiqarish liniyasi olib kelinib, joriy yilning fevral oyida ishga tushirildi. Bundan tashqari korxona tomonidan 2014 yil oxiriga qadar 20 ming dollarlik rekonstruktsiya va modernizatsiya ishlari rejalashtirilib, joriy yilning may oyida 25,5 ming dollarlik uskunalar olib kelib o'rnitildi.

"Beruniy yog'gar" OAJda 2014 yilda ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, yog' mahsulotlarini yanada sifatli ishlab chiqarish uchun Navoiy elektroximiya korxonasi bilan ekstratsion yog'ni tozalovchi filtr olish uchun 80 ming AQSh dollarga shartnoma tuzilib, ushbu filtr kuniga 10 tn yog'ni tozalash quvvatiga ega, hozirgi kunda "Navoiy elektroximiya" zavodiga uskuna olish uchun 50 foiz mablag'i o'tkazib berildi.

Shuningdek "Navoyi mashinaqurilish" zavodi bilan ishlab chiqarish tsexiga yangidan 2 ta presslovchi uskunalar olib kelish uchun qiymati 267,3 mln. so'mga shartnoma imzolanib, bugungi kunda uskunalarning bir qismini o'rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari bug' qozonxonani qiymati 250,0 mln. so'm bo'lgan qayta ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan bo'lib, hozirgi kunda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

"Taxiatoshdonmahsulotlari" AJ da 2014 yil davomida loyiha qiymati 4,4 mln. dollarlik sutkasiga 275 tn. un mahsulotlarini ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunda korxona tomonidan kredit olish uchun OATB "Agrobank"ga kredit hujjatlari to'lig'i bilan topshirildi.

"Nukus vino zavodi" OAJda 2014 yilda jami qiymati 3083,8 ming dollarlik (reja 2412,5 ming dollar) investitsiya kiritilishi evaziga 3 ta loyiha ishga tushirildi.

Jumladan:

- Steklotar ishlab chiqarish loyihasi bo'yicha - 2331,5 ming dollar (reja 1711 ming dollar, 136,3%) investitsiyalar kiritilib, korxona to'liq ishga tushirildi va 139 ta ishchi o'rni yaratildi.

- Likyor-aroq ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo'yicha 335,3 ming dollarlik (reja 285 ming dollar, 117,6%) investitsiyalar kiritilib, modernizatsiya ishlari to'liq yakunlandi va 15 ta ishchi o'rni yaratildi.

- Non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi bo'yicha – "Nukus non mahsulotlari" MChJ korxonasi tashkil etilib, korxona tomonidan 416,5 ming dollarlik (reja 416,5 ming dollar, 100%) investitsiyalar kiritilib, korxona to'liq ishga tushirildi.

Bulardan tashqari, 2014 yilda hududiy sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturiga muvofiq umumiy kiymati 88,2 mln.dollarlik 327 ta sanoat loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan bo'lib, 7537 ta yangi ishchi o'rinlari yaratish belgilangan.

Amalda joriy yilning 6 oy davomida 124-ta (6 oy rejasi 60-ta; 2.1 karra) sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 17,1 mlrd.so'mlik investitsiyalar o'zlashtirildi va 1029 ta yangi ishchi o'rinlari yaratildi.

Yuqori talabga ega akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi "Nurbek oq-oltin", gaz va ko'mir bilan ishlovchi isitich uskunalarni (kotel) ishlab chiqaruvchi "Xurbibi" MChJ, go'sht mahsulotlarini qayta ishlovchi "Karakalpak delikatesi" MChJ, ko'mir va bio briket mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Baxodir K" MChJ, sintetik kir yuvish vositalarini ishlab chiqaruvchi "Mangit grad media" kabi yangi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo'lga qo'yildi.

Shuningdek yil oxiriga qadar suyuq kristalli 3D formatidagi LED televizorlarini ishlab chiqaruvchi "Jayxun elektroniks" MChJ, suniy futbol gazonы ishlab chiqaruvchi "Karpet plazma" MChJ korxonalari faoliyati yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan.

2014 yilda oziq-ovqat sanoatida umumiy qiymati 20,5 mlrd.so'm va 25 ming dollarlik investitsiyalarni o'zlashtirish hisobiga 117 loyihani amalga oshirish hamda 676 ta ishchi o'rinlarni yaratish rejalashtirilgan.

Amalda joriy yilning yanvar-iyun oylarida oziq-ovqat sanoatida qiymati 3547,0 mln. so'm miqdorida investitsiyalar o'zlashtirilishi hisobiga 49 ta loyiha (reja 20 ta; 2,5 karra) amalga oshirilib, 219 ta (reja 96 ta; 2,3 karra) yangi ish o'rinlari yaratilgan.

2014 yilning yanvar-iyun oylarida:

- go'sht mahsulotlarini qayta ishlash darajasi 25,4% tashkil qilgan (hisobat davrida 30812 tonna go'sht yetishtirilib, shundan 7833 tonna go'sht mahsulotlari qayta ishlangan);

- sut mahsulotlarini qayta ishlash darajasi 15% tashkil qilgan (hisobat davrida 87,8 ming tonna sut yetishtirilib, shundan 13 ming tonna sut mahsulotlari qayta ishlangan);

Ko'rilgan ushbu chora-tadbirlar hudud iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashiga, korxonalar raqobatbardoshligining oshishiga zamin yaratmoqda.

Hisobot davrida sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 622,7 mlrd. so'mni, xalq iste'mol tovarlari 239,7 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 15,8 va 14,1 foizga ortdi.

Yoki aholi jon boshiga hisoblaganda sanoat mahsulotlari 14,0 foizga (357,1 ming so'm), xalq iste'mol mollari 12,3 foizga (137,5 ming so'm) oshdi.

Aytib o'tilgan natijalar hali ham yetarli emas. Korxonalarni modernizatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini ta'minlash borasida hali qiladigan ishlarimiz ko'p.

Jumladan, 2014 yilning 9 oy yakuniga qadar barcha sanoat korxonalarida olib borilayotgan modernizatsiya ishlarini yakuniga yetkazishimiz, oziq- ovqat sanoati korxonalari texnologik darajasini yanada oshirishimiz, raqobatbardosh mahsulotlar hajmini kamida 1,5-2 barobarga oshirishimiz lozim.

Shu bilan birga, joriy yilning 9 oy yakuniga qadar qiymati 24,9 mlrd. so'm va 1,9 mln.dollarlik 167 ta sanoat loyihalarni amalga oshirishimiz hamda 1598 ta yangi ishchi o'rinlarini yaratishimiz lozim.

Yil yakuniga qadar umumiy kiymati 88,2 mln.dollarlik 327 ta sanoat loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan bo'lib, 7537 ta yangi ishchi o'rinlari yaratish choralarini ko'rishimiz lozim.


 

3-masala: Investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini ("biznes bilan shug'ullan" tamoyili bo'yicha) yanada takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi to'g'risida

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Qoraqalpog'iston Respublikasida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavjud salohiyatga va bugungi kun talabiga javob beradi deb bo'lmaydi.

Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha o'tgan hafta Bosh vazirning rahbarligida o'tkazilgan video selektori tartibidagi yig'ilishda ham aniq vazifalar belgilab berildi va biz bu masalani tanqidiy muhokama qilib oldik.

Ruxsat bersangiz, mazkur topshiriqlarning o'tgan davridagi ijrosi hamda mavjud muammolarni hal etish bo'yicha oldimizda turgan vazifalar haqida qisqacha axborot bersam.

      Birinchi, mamlakatimizda qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish va bu bu borada yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Kengashining alohida qarori qabul qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Ikkinchi, belgilab berilgan vazifalaringizdan kelib chiqib, shahar va har bir tumanlarga vazirlik va idoralarning rahbarlari ma'sul etib tayinlangan Ishchi-guruhi tuzildi hamda ular joylarga chiqib, tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazib, ularning muammolarini eshitib, ularni hal etish choralari ko'rish bo'yicha vazifalar belgilab berildi.

Uchinchi, Vazirlar Kengashi raisi, o'rinbosarlari va "Savdo sanoat palatasi" hamda tegishli vazirliklar, idoralar bilan birgalikda mahalliy televideniyada alohida ko'rsatuvda-tadbirkorlarga Muhtaram Prezidentimizning Farmon va qarorlari mazmunini tushuntirish, kamchiliklarni tan olib, bartaraf etish choralari ularga yetkazish bo'yicha "Hududlarda ishbilormanlik muhitini yaxshilash" mavzusida ochiq muloqat o'tkazib borishni rejalashtirib oldik.

To'rtinchi, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga ko'mak berish, ularga imtiyozli xizmatlar ko'rsatish, shuningdek, keng ko'lamli axborot-maslahat xizmatlarini yanada takomillashtirish hamda "Yagona oyna" markazlarining sifatli xizmat ko'rsatilishini ta'minlash va doyimiy monitoring yuritib borilishini tanqidiy muhokama qilindi va ularning haftalik hisobotlarini eshitib borilishi belgilab olindi.

Shu bilan birga, ayrim hokimliklar, vazirlik va idoralarning mamlakatda investitsiya iqlimini va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishda shu jumladan, kichik biznes sub'ektlarining rivoji uchun asosiy omil bo'ladigan zamonaviy interaktiv xizmatlardan foydalanish orqali davlat ro'yxatidan o'tkazish va "bir darcha" tamoyili asosida yer uchastkalarini ajratish va ruxsat guvohnomalarini berish bo'yicha qator kamchiliklar mavjud ekan, biz buning keskin choralarini ko'rdik.

Hususan, biznes uchun yer ajratish va qurilishga ruxsat olishda o'z tizimlaridagi "bir darcha" orqali xizmatlar faoliyati qabul qilingan hujjatlar talabi asosida to'liq tashkil etilmaganligi uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi boshlig'i Sh.Xojabaev va Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig'i U.Jalelovlarga "Xayfsan" e'lon qilindi hamda joriy yil yakuniga qadar ijobiy o'zgarish bo'lmagan taqdirda ushbu rahbarlarning lavozimiga loyiqligi masalasi ko'rib chiqilishi belgilab qo'yildi.

Elektr ta'minoti loyihalarini kelishish vazifasi loyiha institutlari orqali amalga oshirish belgilangan bo'lsada, elektr ta'minoti korxonalarining hududiy bo'linmalari tomonidan bu jarayonga tadbirkorlik sub'ektlarini naqonuniy jalb etish holatlari ko'p uchraganligi buyicha Vazirlar Kengashi raisining birinchi o'rinbosari J.Yembergenov va OAJ "Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" boshqarmasi boshlig'i Z.Kerimzatov hamda "O'zdavenergonazorat" Davlat inspektsiyasi Qorakalpog'iston Respublikasi bo'limi boshlig'i v.b M.Bazarыmbetovlarga ko'rsatib o'tildi va shu kabi kamchiliklarga kelgusida yo'l qo'yilsa ushbu rahbarlarga nisbatan qonunda belgilangan choralar ko'rilishi to'g'risida ogohlantirildi.

Joriy yilning o'tgan davrida tadbirkorlarning internet tizimi orqali umuman ruyxatga olinmaganligi Nukus shahri va barcha tumanlar hokimlariga ko'rsatib o'tilib, joriy yil yakuniga qadar ijobiy o'zgarish bo'lmagan taqdirda keskin choralar ko'rilishi to'g'risida ushbu barcha shahar va tumanlar hokimlari ogohlantirildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida joriy yilning 1 iyul holatiga ruyxatga olingan:

 - jami yuridik shaxslar 25774 ta (+355 ta o'tgan yil 25419 ta; 101,4%);

 - kichik biznes sub'ektlari 10458 tani (+355 ta o'tgan yil 10091ta; 103,6%) tashkil etdi.

Shu bilan birga faoliyat yuritmayotgan kichik biznes sub'ektlariga ko'rsatilayotgan amaliy yordamlar natijasida joriy yilning 1 iyul holatiga faoliyat ko'rsatmayotgan kichik biznes sub'ektlari 1408 tani (13,5%) tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 226 taga kamayishiga erishildi.

Faoliyatini butunlay tuxtatgan kichik biznes sub'ektlari 414 tani tashkil qilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 147 taga kamaydi va Respublika bo'yicha yangidan joriy yilning 6 oyi davomida 705 ta kichik biznes sub'ektlari tashkil etilgan.

Bugungi kunda iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi oshib bormoqda ya'ni, yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 50,5 foizni (2013 yilning I yarim yilligida 50,2%) tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 bandga oshishiga erishildi.

Shuningdek, o'tgan yilning I yarim yilligiga nisbatan kichik biznes sub'ektlarining ulushi:

sanoat sohasida 24,2 foizdan 26,8 foizga;

savdoda 48,2 foizdan 48,8 foizga;

pullik xizmatda 30,2 foizdan 31,7 foizga oshishiga erishildi.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika Kengashi qarorlariga asosan 2014 yilning I yarim yilligida 286 ta tekshirishlar o'tkazilib o'tgan yilning shu davriga nisbatan 70 taga kamaygan bo'lib (20%), bu ham kichik biznesning rivojlanishiga to'siq bo'ladigan omillarning kamayganligidan dalolat beradi.

Bulardan tashqari Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 fevraldagi "Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalarini berish, shuningdek ob'ektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 54-sonli qaroriga muvofiq Kadastr organlarida tadbirkorlik sub'ektlariga yer uchastkalarini berish bilan bog'lik jarayonlarni amalga oshirishda "bir darcha" tamoyili bo'yicha 143 ta kichik biznes, xususiy tadbirkorlar hamda boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga jami 8549,0 gektar yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratib berildi.

Shuningdek, tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo'limlariga yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtirilgan yer uchastkasiga egalik qilish huquqini "bir oyna" tamoyili asosida belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomani taqdim etib kelmoqdalar.

"Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning iyul oyidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali "Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalarni rasmiylashtirish" interaktiv xizmati joriy etilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslar Yagona portal orqali "Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasi xududiy organlarida ko'chmas mulkka bulgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishning qulay, tez va sodda mexanizmidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bir paytning o'zida mulkdor tomonidan arizaning bajarilish jarayonini ham ko'rib borish imkoniyatiga ega. Bu o'z navbatida arizani joylarda muddatida, sifatli bajarilishi yuzasidan operativ nazorat va monitoringini yuritilishini ta'minlaydi.

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlikka keng erkinlik berish borasidagi, ya'ni statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib taomillarini tubdan qisqartirish hamda moliya-xo'jalik faoliyatiga davlat va nazorat qiluvchi idoralarning aralashuvini kamaytirishga yo'naltirilgan Farmon va Qarorlari bo'yicha qisqacha to'xtalib o'tsam.

Hususan, 2012 yilning iyul oyidan 12 turdagi, 2013 yilning 1 yanvardan boshlab 11 turdagi statistik hisobotlarning taqdim etish muddatlari uzaytirilganligi;

- 2013 yilning 1 yanvardan boshlab 65 turdagi statistik hisobotlarning bekor qilinganligi;

- 2013 yilning 1 yanvardan boshlab 12 turdagi soliq hisobotlarni taqdim etish muddatlari uzaytirilishi hamda 11 turdagi soliq hisobotlari birlashtirilib, qisqartilganligi;

- 2012 yil 1 iyuldan boshlab davlat va xo'jalik boshqaruv organlari tomonidan davriy so'raladigan 50 turdagi hisobotlarning bekor qilinganligi va 2012 yil 3 chorakdan boshlab 20 turdagi hisobotlarning topshirish muddatlari uzaytirilganligi;

- 2012 yil 1 avgustdan boshlab ruxsat berishga oid 80 turdagi tartib taomillar bekor qilinib, 15 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat turlarining birlashtirilganligini aytsak arziydi.

Shuningdek, Soliq kodeksining tegishli moddalari va Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha 2013 yil davomida jami 2947 ta korxonalar tomonidan jami 55 mlrd. 604 mln. so'm miqdorida soliq va byudjetdan tashqari maqsadli jamg'armalar bo'yicha imtiyozlardan foydalangan.

2014 yilning 1-choragida esa, jami 2362 ta korxonalar tomonidan jami 14 mlrd. 405 mln.so'm miqdorida soliq va byudjetdan tashqari maqsadli jamg'armalar bo'yicha imtiyozlardan foydalanilib, korxonalar ixtiyorida qoldirilgan.

Tadbirkorlik sub'ektlarini ularning o'zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilishni qo'llab-quvvatlash hamda hududiy eksport hajmlarini kengaytirish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida

Hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning kerakli xom-ashyo, investitsiya hamda kredit mablag'lari bilan ta'minlash bo'lib hisoblanadi va bu borada Qoraqalpog'iston Respublikasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 Bugungi kunda chet el sarmoyadarlari ishtirokida 62 ta qo'shma korxonalar mavjud bo'lib, ularda jahon andozalari darajasidagi ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Shundan 20 ta qo'shma korxonalar eksportyor korxonalar hisoblanadi.

Hududiy tasarufdagi korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan eksportbop mahsulotlar xorijiy bozorlarda tobora o'z o'rniga ega bo'lib, respublika eksporti hajmini yildan-yilga oshishiga o'z qissasini qo'shmoqda.

Tashqi bozorlarga chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2011 yilda 14,0 mln. dollarni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2013 yilda 24,5 mln. dollariga yetkazildi (175%).

2014 yilga 27,3 mln. dollar miqdorida eksport rejasi belgilanib, shundan 2014 yilning I yarim yilligida xududiy bo'ysinuvdagi korxonalar eksporti 15,2 mln. dollarni tashkil etib, belgilangan reja 111,1 foizga bajarildi (tezkor). (reja 13,6 mln. dollar),( 2013 yil I yarim yil 10,7 mln. doll.,o'sish sur'ati 141,1%).

Tadbirkorlik sub'ektlari o'zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish va eksport qilinadigan mahsulotlar turlarining diversifikatsiyalash tendentsiyasi davom etmoqda.

Jumladan, hududiy tasarrufdagi korxonalarning eksport tarkibida qurilish materiallari (3606,1 ming dollar) 23,7 foizni, tayyor sanoat mahsulotlari (2514,2 ming dollar) 16,5 foizni, qishloq xo'jalik mahsulotlari (4688,6 ming dollar) 30,8 foizni, xizmatlar eksporti (4174,2 ming dollar) 27,4 foizni va boshqa mahsulotlar (231,5 ming dollar) 1,7 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning I yarim yilligida eksportyor korxonalar qatorini avval mahsulot eksportini amalga oshirmagan yangi 14 ta korxonalar bilan to'ldirildi.

Ma'lumot uchun:

- Nukus shahrida "Titan DSZ" korxonasi (shag'al, qurilish qumi), "Nukus ekstrakt" korxonasi (qizilmiya ildizi), "Allanazarov Bekmurat" yakka tadbirkori (supurgi, qovurilgan tariq), "Arslanbek plast" xususiy korxonasi (sintefonli ko'rpa-to'shak), "Inter-farm" korxonasi (mebel mahsulotlari),

- Amudaryo tumanida "Madaminova Gulara" xususiy tadbirkori (quruq gips aralashmasi), "Mega Amudare" korxanasi (qizilmiya ildizi),

- Qo'ng'irot tumanida "Bereke" korxonasi (non mahsuloti),

- Muynoq tumanida "Moynaq Aral Si" qo'shma korxonasi (artemiya urug'lari), "Shuan Yuan" qo'shma korxonasi (artemiya urug'lari),

- Taxtako'pir tumanida "Taxtakupir interneshnl" qo'shma korxonasi (qizilmiya ildizi),

- To'rtko'l tumanida "Turtkul tuprog'i" korxonasi (qovurilgan kunjut),

- Xo'jayli tumanida "Asanov Ulugbek" xususiy tadbirkori (gips mahsulotlari).

Shuningdek hisobot davrida 764,0 ming dollar miqdorida yangi eksportbop mahsulotlar eksporti o'zlashtirildi.

Ma'lumot uchun:

- qurilish qumi ("Titan DSZ" korxonasi, Nukus shahri);

- sintefonli ko'rpa-to'shak ("Arslanbek plast" XF, Nukus shahri);

Hududiy bo'ysinuvdagi eksport qiluvchi korxonalar tomonidan 2011 yilda 13 xildagi, 2013 yilda 18 xildagi mahsulot va xizmatlar xorijiy mamlakatlarga eksport qilingan bo'lsa, 2014 yilning I yarim yilligida bu ko'rsatkich 26 xildagi mahsulot va xizmatlarni tashkil etgan.

Bugungi kunda hududiy bo'ysinuvdagi 70 dan ortiq eksport qiluvchi korxonalar dunyoning 23 ta xorijiy mamlakatlariga eksport qilmoqda.

"O'zbekistonda ishlab chiqarilgan" sifat belgisi ostidagi mahsulotlarimiz dunyoning ko'plab mamlakatlariga, jumladan, Xitoy, Germaniya, Rossiya, Qozog'iston, Turkmaniston, Turkiya, Armeniya, Ozarbayjon, Belarusiya, Frantsiya, AQSh, Shveytsariya, Yegipet, Ukraina, Indiya, Gretsiya, Yaponiya, Ukraina, Janubiy Koreya, yangi davlatlardan Latviya, Polsha, Tailand davlatlari bozorlariga eksport qilingan.

(Ma'lumot uchun: 2013 yilning I yarim yilligida 23 ta korxona, 19 ta xorijiy mamlakatlarga jo'natgan).

Keyingi 3 yilda (2011-2013y.) eksportga yo'naltirilgan sanoat mahsulotlari (qurilish shag'ali, beton qo'yilmalari, vermikulit kontsentrati, talkomagnezit, ip kalovasi, gips mahsulotlari) eksporti hajmi 9,1 mln. dollarni tashkil etib, 2011 yilga nisbatan o'sish sur'ati 4,5 karraga oshgan.

Hududiy korxonalar mahsulotlariga chet el xaridorlarini topish, eksport bozorlarini kengaytirish va yangi eksportbop mahsulotlarni jahon bozorlariga chiqarish maqsadida "O'ztadbirkoreksport" ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi va "Uzprommashimpeks" Davlat aktsionerlik kompaniyasi kabi O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo kompaniyalarning hududiy vakillari tomonidan korxonalarning imkoniyatlari joylarda o'rganilib, ularning pasportlari va tijoriy takliflar to'ldirildi va O'zbekiston Respublikasi TIAIS vazirligiga chet el haridorlarini topish maqsadida taqdim etilib borildi.

2014 yilda belgilangan ishlarimizni yanada kengaytirishimiz va ichki va tashqi bozorda yanada faol ishtirok qilishimiz va joriy yilning Dasturiga kiritilgan hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan yil yakuniga qadar 27,3 mln. dollar, shundan 9 oyida 21,8 mln. dollar miqdorida mahsulot va xizmatlar eksport qilinishi ta'minlashimiz zarur.

Buning uchun:

Birinchidan, eksport prognoziga kiritilgan va qo'shimcha boshqa korxonalar bilan mahsulotni eksportga chiqarish bo'yicha shartnomalar imzolanishini ta'minlash va ularning har biri bilan alohida ish olib vujudga kelgan muammolarini vaqtida hal etish bo'yicha barcha barcha choralar ko'rishimiz;

Ikkinchidan, Rejamizdagi yangi eksportbop mahsulotlardan suyuq kristalli televizorlarni ishlab chiqarishni (sborka) yo'lga qo'yish Malayziya davlatining kompaniyasi bilan birgalikda "Jayhun Electronics" MChJ qo'shma korxonasi faoliyatini jadallashtirish hisobiga korxonaga 2,0 mln. dollarlik to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya kiritish va yiliga 500 dona suyuq kristalli televizorlarni ishlab chiqarish quvvatini yaratish hamda 500,0 ming dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarilishini jadallashtirish choralarini ko'rishimiz zarur.

Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, eksport salohiyatini oshirish, eksportyor va eksport qilinuvchi tovar va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish, eksport qiluvchi sub'ektlarni har tomonloma qo'llab-quvvatlash, belgilangan prognoz topshiriqlarining bajarilishini ta'minlash bo'yicha barcha zarur choralarini ko'ramiz.

Mamlakat hududlarida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kichik biznes sub'ektlariga berilayotgan kreditlar hajmlarini kengaytirish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashni yanada kengaytirish, bank kredit resurslaridan foydalanish samoradorligini oshirish, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish natijasida ishlab chiqarish xajmlarini kupaytirish borasida yuklatilgan vazifalar ijrosini ta'minlash bo'yicha bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Husuan, 2014 yilning 6 oyligi davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarga oshib, 194 mlrd. 146 mln. so'mni tashkil qildi.

Joriy yil yakuniga qadar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga o'tgan yilga nisbatan 1,5 barovrga ko'p ya'ni, qariyb 400 mlrd. so'mga yaqin kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda. (2013 y. 271,4 mlrd. so'm).

ning shu davriga nisbatan 1,3 barobarga oshib, 194 mlrd. 146 mln. so'mni tashkil qildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yo'naltirilgan mablag'lar sohalar bo'yicha:

xizmat ko'rsatish va servis faoliyatlarini rivojlantirishga 40,7 mlrd. so'mlik;

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 24,5 mlrd. so'mlik;

nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 21,4 mlrd. so'mlik;

ayollarning tadbirkorlik faoliyatidagi faolligini oshirishga 20,4 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilgan.

      Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirishga 3 mlrd. 331 mln. so'm miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratilgan.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga qaratilayotgan e'tibori natijasida tadbirkorlarga yanada imtiyozlar berilib, tijorat banklaridan kredit olishda yana bir yengilliklar yaratildi. Ya'ni 2014 yilning 1 yanvaridan boshlab Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 12 foizdan 10 foizga kamaytirildi. Bu esa bank kreditlari buyicha foiz stavkalarining pasayishiga asos yaratdi va iktisodiyotning real sektoridagi investitsion faollikning oshishiga olib keldi.

2014-2015 yillarda xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiish dasturlari doirosida sanoat, xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida hisobot davrida 260 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 14 mlrd. 107 mln. so'mdan ziyod kredit mablag'lari ajratildi va shuning natijasida 1164 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Shundan, sanoat sohasida 64 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 4 mlrd. 725 mln. so'mdan ziyod bank kreditlari ajratilgan. Ajratilgan kreditlar hisobidan 492 ta ish o'rinlari yaratildi.

Xizmat ko'rsatish sohasidagi 52 ta loyihalarga 3 mlrd. 821 mln.so'm miqdorida kreditlar ajratildi va shuning natijasida qushimcha 132 ta ish o'rinlari yaratildi.

Qishloq xo'jaligi sohasida tijorat banklari tomonidan 144 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 5 mlrd. 561 mln. so'mlik kreditlar ajratildi va natijada qo'shimcha 540 ta ish o'rinlari yaratildi.


2013-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni jadallashtirish, eng avvalo, davlat xizmatlarini interaktiv tarzda taqdim etishni kengaytirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularni davlat boshqaruvi organlarida keng joriy etish, interaktiv davlat xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish" borasida Qoraqalpog'iston Respublikasida ham hisobot davrida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Shahar va tumanlar hokimliklarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 169,8 mln.so'mga – 107 ta shaxsiy kompyuterlar Vazirlar Kengashi tomonidan markazlashgan holda olib berildi va xodimlarning shaxsiy kompyuter texnikasi bilan ta'minlanganlik darajasi 103,2 foizni tashkil etdi.

Shahar va tumanlar hokimliklaridagi mavjud lokal tarmoqlari qayta ishlab chiqilib, yangidan o'rnatilgan kompyuterlar lokal tarmoqlariga ulandi va bugungi kunga lokal va internet tarmog'iga ulanish darajasi 100 foizni tashkil etadi.

Bugungi kunda barcha tadbirkorlik sub'ektlarini ro'yxatga olish va hisobga qo'yish inspektsiyalari kompyuter texnikasi va Internet tarmog'i bilan ta'minlangan va internet tarmog'iga ulangan.

Internet tarmog'i orqali kelib tushgan murajoatlarni o'z vaqtida ko'rib chiqish uchun har bir inspektsiyaga 2 tadan elektron raqamli imzo, login va parollar berilib, kelib tushgan murajoatlarni www.tadbirkor.gov.uz (tadbirkor.gov.uz) portali arqali ko'rib chiqish imkoniyati berilgan.

Bulardan tashqari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining rasmiy www.parliamentrk.gov.uz (Parlament RK. gov.O'z) hamda Vazirlar Kengashining rasmiy www.sovminrk.gov.uz (Sovmin RK. gov. O'z) veb-saytlari ishlab chiqildi va doimo yangilanib borilmoqda.

Bu veb-saytlarda interaktiv xizmatlaridan 12 tasi xo'jalik yurituvchi sub'ektlariga va aholiga xizmat ko'rsatib kelmoqda xamda bul interaktiv xizmatlar yagona interaktiv davlat xizmatlar portaliga integratsiya kilindi.

Ma'lumot uchun:

- Vazirlar Kengashining tizimi (strukturasi);

 - Fuqarolarning murojatlarini ko'rib chiqish;

- Biznesni boshqarish va loyhalashtirish bo'yicha axborotlar;

- Ishbilarmonlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartiblashtirish bo'yicha axborotlar;

- Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini berish tartibi;

- Gramplastinkalar audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqarish, yozish, ko'paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash;

- Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg'i quyish shahobchalari va moy olmashtirish punktlari orqali sotish bo'yicha faoliyatni litsenziyalash;

- Transport xizmatlarini tashkil etish bo'yicha mavjud yo'nalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul kilish to'g'risida axborotlar taqdim etish;

- Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llagan holda ochiq tanlovlar asosida davlat xaridini amalga oshirish;

- Haj va Umra ziyoratiga borishni tashkil yetish tartibi to'g'risida axborotlar taqdim etish bo'yicha fuqarolar arizalarini qabul qilish;

- Ulgurji savdolarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risida axborotlar taqdim etish shuningdek, litsenziya olish uchun arizalar qabul kilishni tashkil etish;

- Yer munosabatlarini tartibga solish buyicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish).

Bugungi kunda Nukus shahri va barcha tumanlarda "yagona oyna" markazi tashkil etilgan bo'lib, tadbirkorlik sub'ektlariga qurilish uchun yer uchastkalarini ajratish bo'yicha 792 ta murojaatlar bo'lib shundan 228 tasi ijobiy hal etilgan, shundan atigi 85 tasi "bir darcha" tamoyili asosida amalga oshirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 sentyabrdagi 08/1-417-son bilan tasdiqlangan "Respublika milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturi"ni amalga oshirish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida "Elektron hukumat" o'quv markazi tashkil qilingan.

Albatta bu borada kamchiliklarimiz va amalga oshirishimiz lozim bo'lgan ishlarimiz jo'da ham ko'p ekan. Biz bu borada o'z faoliyatimizni va tegishli vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini yana bir marotaba tanqidiy qayta qarab chiqmoqdamiz.

2013-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni jadallashtirish, eng avvalo, davlat xizmatlarini interaktiv tarzda taqdim etishni kengaytirishning barcha choralarini ko'ramiz.

Olib borilgan ishlarga qaramay shahar va tumanlarimizda tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish borasidagi ishlarimiz yetarli deb bo'lmaydi va biz bu boroda amalga oshirayotgan ishlarmizni yanada tanqidiy qarab chiqib, o'zimizga vazifalar belgilab, tegishli choralarini ko'rishimiz zarur.

Birinchidan, Joriy yilning uchinchi choragida yana bir yarim mingdan oshiq yangi kichik biznes sub'ektlarini tashkil etish choralarini ko'rishimiz lozim va ularni joriy yil yakuniga qadar 2,5 mingni tashkil etish choralarini ko'rishimiz lozim.

Ikkinchidan, Faoliyat ko'rsatmayotgan korxonalar ruyxatini shakllantirib, ularga faoliyatini tiklashda mablag'lar, bank kreditlari, va boshqada resurslar ajratilishini ta'minlash orqali ularga amaliy yordam ko'rsatishimz lozim.

Bugungi majlisga bu masala bejiz kiritilmaganligini hamda ushbu sohadagi kamchiliklarimizni tushindik va biz xulosa qilgan holda tadbirkorlar va ishbilarmonlarimizga ko'mak berish, har tomonlama qullab-quvvatlash shuningdek, keng ko'lamli axborot-maslahat xizmatlarini yanada takomillashtirish orqali ularning tadbirkorlik tashabbuslari hamda istiqbolli loyihalari amalga oshirilishi doimo diqqat e'tiborimizda bo'ladi.


Ko'rib chiqildi: 8320