Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (77 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (77 KB)

Vazirlar Kengashining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, transport, aloqa va kommunikatsiya masalalari bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari to`g`risida

NIZOM

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, transport, aloqa va kommunikatsiya masalalari bo`yicha kotibiyati boshlig`ining (keyingi o`rinlarda Kotibiyat deb ataladi) funktsional vazifalari mazkur hujjat bilan belgilanadi.

Kotibiyat o`z faoliyatini Vazirlar Kengashining, uning Rayosatining, shuningdek, Vazirlar Kengashining Ijro etuvchi apparatini transport va transport kommunikatsiyalari, kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati, arxitektura va qurilish sifatini nazorat qilish masalalari bo`yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta`minlashga yunaltirilgan.

2. Kotibiyat o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

3. Kotibiyat o`z vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining tegishli o`rinbosariga bo`ysinadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

4. Kotibiyat o`z faoliyatini Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

 

2-bob. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari

 5. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida:

iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq kapital qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;

kapital qurilishda, muhim xalq xo`jaligi ob`ektlari qurilishida, shu jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob`ektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta`minlash hamda holat va vaziyatni tahlil qilish;

kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo`yicha topshiriqlarning bajarilishi bo`yicha davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta`minlash;

qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xo`jalik munosabatlariga bozor printsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;

investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishlarini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, ko`rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish;

loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularning negizida asosan xususiy va qo`shma korxonalar tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

loyihalash va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda tanlovlar tashkil etish darajasini oshirish;

qurilish-montaj ishlarini tashkil etishning asosiy shakli sifatida ob`ektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga o`tishni ta`minlash, qurilish faoliyatida shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo`yicha yakka tartibda uy-joy, tashqi muxandislik tarmoqlari va infratuzilma ob`ektlarini qurish dasturini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda Qurilish-pudrat tashkilotlarining reestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;

muxandislik-kommunikatsiya va yo`l-transport infratuzilmasi ob`ektlarining loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini va qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;

xususiylashtirish jarayonlariga potentsial investorlarni jalb etish, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga sotish yo`li bilan jalb etishni chuqur o`rganish va ekspert baholashni o`tkazish, shu asosda ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;

kapital qurilish sohasida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

kapital qurilish va arxitektura sohasida Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;

b) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida:

iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalashni ta`minlash chora-tadbirlari dasturiga muvofiq qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;

qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni ta`minlash va ishlarning holatini tahlil qilish;

qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini ta`minlash;

qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor printsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

qurilish materiallari sanoatini yangi texnologiyalar, qurilish asbob- uskunalari, texnika, materiallar bilan ta`minlashning kompleks dasturlarini shakllantirish;

qurilish materiallarining ilg`or turlarini ishlab chiqarishni o`zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari o`zlashtirilishini ta`minlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;

xususiylashtirish jarayonlariga potentsial investorlarni jalb etish, shu jumladan qurilish industriyasi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potentsial investorlarga sotish yo`li bilan jalb etishni chuqur o`rganish va ekspert baholashni o`tkazish, shu asosda ularni modernizatsiyalashni ta`minlash va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;

qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

qurilish industriyasi korxonalarida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish uchun xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi tusiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;

v) arxitektura va qurilish ishlarini nazorat qilish sohasida:

yagona arxitektura-shaharsozlik siyosati amalga oshirilishini hamda vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shaharsozlik faoliyati sohasida o`zlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta`minlash;

aholi punktlarini kompleks rivojlantirish bo`yicha qabul kilinayotgan loyiha echimlarining darajasi va sifatini oshirish;

qurilish ishlari sifati yuzasidan zarur darajada nazorat o`rnatish.

g) transport va transport kommunikatsiyalari sohasida:

iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta`minlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

transport sohasining faoliyat ko`rsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Jo`qorg`i Kengesning qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

yo`lovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat ko`rsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yo`laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o`zaro hamkorligini ta`minlash;

raqobat muxitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta`minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

transport xizmatlariga haq to`lash bo`yicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;

transport tarmog`i korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat maxsulotlarining yangi turlari o`zlashtirilishini ta`minlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;

xususiylashtirish jarayonlari potentsial investorlarni jalb etish, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potentsial investorlarga sotish yo`li bilan jalb etish, shu asosda transport parkini modernizatsiyalash va yangilash ta`minlashni chuqur o`rganish va ekspert baholashni o`tkazish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mexnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;

d) mineral xomashyo va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish sohasida:

geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda er osti boyliklaridan samarali foydalanish va mineral xomashyo qazib olish talablarini hisobga olgan holda, hududlarni kompleks geologik o`rganish, eng avvalo, uglevodorod xomashyo, asl, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek, mineral xomashyoning boshqa turlarini, chuchuk va mineral er osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni ta`minlaydigan foydali qazilmalarning geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari va ilg`or metodlarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

er ostini geologik o`rganish, mineral xomashyoni va uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash sohasida maqsadli dasturlarni, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertiza o`tkazish va tavsiyalar tayyorlash;

er osti boyliklarini geologik o`rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlash;

geologiya, er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyo va uglevodorodlarni qazib olish sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganishni tashkil etish;

geologiya-qidiruv ishlari dasturlari amalga oshirilishi monitoringini hamda foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxiralari va resurslarini o`z vaqtida kupaytirish chora-tadbirlari natijadorligi tahlil kilinishini ta`minlash;

yagona texnika siyosatini o`tkazish, geologiya va neft`-gaz tarmog`ining geologiya-qidiruv, burg`ulash va qazib olish korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jixozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;

hujjatlar aylanishi, hisob va hisobot tizimiga, geologiya tarmogi tashkilotlarining moliya-xujalik faoliyatiga, xodimlarni boshqarishga, ishlab chikarish-texnologiya jarayonlariga asosan maxdshshy zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy maxsulotlarni joriy etish bo`yicha islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks urganilishini tashkil etish;

e) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya muvofiqlikni baholash sohasida:

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llanish asosida mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosati o`tkazilishini tashkil qilish;

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarining faoliyat ko`rsatishini va rivojlantirilishini tizimli o`rganishni va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan, sifatni boshqarish bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llanish asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo`yicha takliflarni tahlil qilish va tayyorlash;

standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo`yicha xalqaro talablarni va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni hisobga olgan holda milliy sifat infratuzilmasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini ta`minlash bo`yicha ishlarning monitoringini olib borish va ularni muvofiqlashtirish.

6. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

o`zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo`yicha axborotlarni to`playdi va umumlashtiradi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning holatini o`rganadi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi va Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;

tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy o`zgartirishlarni, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, tegishli tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;

O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;

tegishli tarmoqlar bo`yicha tizimlashtirilgan ma`lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini ta`minlaydi;

Vazirlar Mahkamasining ko`rib chiqishi uchun tahliliy, ma`lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma`lumotnoma materiallar tayyorlaydi;

sohaga oid o`tkaziladigan yig`ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlarining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xo`jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy bo`linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;

o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo`jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

o`z vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va uning o`rinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo`mitalar ishi samaradorligini ta`minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqadi va ularda qo`yilgan masalalarni hal etish bo`yicha takliflar tayyorlaydi, ko`rib chiqish va chora-tadbirlar ko`rish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o`z vaqtida ko`rib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;

o`ziga yuklangan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

3-bob. Kotibiyatning xukuqlari va javobgarligi

 

7. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy bo`linmalaridan, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so`rash;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, xo`jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, rahbariyat topshirig`iga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning qotibiyat tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislarida va yig`ilishlarida qatnashish;

zarurat bo`lganda Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo`yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish.

8. Kotibiyat:

o`ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;

Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;

sohaga oid topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o`z vaqtida va sifatli bajarilishi ta`minlanishi uchun;

Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.

 

4-bob. Kotibiyat tuzilmasi

 

9. Kotibiyatining tuzilmasiga kotibiyat mudiri, bosh mutaxassis kiradi.

Kotibiyatning tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi.

10. Kotibiyat ishlariga boshliq rahbarlik qiladi.

11. Kotibiyat boshlig`i belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

 

5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish

 

12. Kotibiyat ishlari «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qonuniga, Vazirlar Kengashining ish tartibiga, ushbu Nizomga,  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o`rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesning Raisi, Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari, Kotibiyatning choraklik ish rejalari, boshliq va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning choraklik ish rejalari, boshliqning shaxsiy ish rejasi, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari bilan kelishiladi va Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.

13. Kotibiyat boshlig`i:

Kotibiyatga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassis ishlarini tashkil qiladi hamda kotibiyatga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Vazirlar Kengashiga kiritilgan kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqishda davlat printsiplariga qat`iy rioya qilinishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo`yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni ta`minlaydi;

tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi to`g`risida tizimli monitoringni va ma`lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta`minlaydi;

kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni rag`batlantirish va jazolash choralari bo`yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ishlar boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbari ko`rib chiqishi uchun kiritadi;

bosh mutaxassis o`rtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek, Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi, kotibiyat mutaxassisining ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar Kengashiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko`rib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Kengashining va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Kengashining Raisi, uning o`rinbosarlari o`tkazadigan yig`ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo`mitalar majlislarida, kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan yig`ilishlarda qatnashadi;

Ijro etuvchi apparatda amalda bo`lgan Yo`riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta`minlaydi;

15. Kotibiyat boshlig`i vaqtinchalik bo`lmaganda uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.

Kotibiyat bosh mutaxassisining funktsional vazifalari Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal ho`jaligi masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalar bilan begilanadi.


Ko'rib chiqildi: 6949

Sahifalar