Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

Umumta‘lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining sport bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchi qizlariga sport formalari sovg‘a qilish tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Yangibaev Baxadir Yangibaevichning tabri

Umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining sport bilan shug'ullanayotgan o'quvchi qizlariga sport formalari sovg'a qilish tadbirida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Yangibaev Baxadir Yangibaevichning tabrik so'zi

Assalomu aleykum xurmatli  tadbir ishtirokchilari, aziz  sportchi yoshlar va kadrli kizlarimiz!

Mana bugin sizlar bilan 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Muhtaram Prezidentining 2011 yil 4 avgustdagi «Sport bilan muntazam shug'ullanayotgan qizlarni rag'batlantirish maqsadida, zamonaviy sport kiyimlari komplekti bilan taqdirlash chora-tadbirlari tug'risida»gi R-3690 son farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “Prezident sov­g'asi – sport formalari”ni topshirish oldida turibmiz.

Avvalam bor sizlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Muhtaram Prezidentimizning 2011 yil 4 avgustdagi R-3690 sonli farmoyishi asosida 2012-2014 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasida umumiy soni 24292 dona sport kiyimlarni tarqatish belgilanib, shundan 2012 yili 8097 dona sport kiyimlari respublika xudidagi barcha shahar va tumanlarga tarqatilib berilmoqda. Bugun Nukus shahridagi doimiy sport bilan  shugullanuvchi  qizlar uchun 1290 dona sport kiyimlari Prezidentimiz sovg'asi sifatida tarqatilishi belgilangan.

Eng avvalo shuni aytib o'tishimiz joizki  joriy yilning 10 fevral kuni Oqsaroyda O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig'ilishida muhtaram Yurtboshimiz “...qizlarimizning sport bilan shug'ullanishi, ularning faqat sog'ligiga ta'sir qilib qo'ymasdan, shuning bilan birga qaddi-qomatining to'g'ri shakllanishi, yurish-turishida katta ahamiyat kasb-etishini ota-onalarning o'zlari mamnuniyat bilan atab o'tmoqda. Qizlarimizning, mana shunday sog'lom bo'lib o'sishi kelajagimiz, barkamol avlodning muhim faktori. Bolalarni 3-5 yoshdan sportga jalb qilish katta ahamiyatga ega, sababi ushbu davrda har bir bolaning hulqi shakllanadi, umrga ongli qarashga o'rgana boshlaydi. Sportga ixlos qo'ygan bola butun umri davomida sport bilan do'st bo'lib qoladi. Sport bolaning faqat sog'ligini mutahkamlab qo'ymasdan, uni yomon illatlardan himoya qiladi, erk-iqrorini mustahkamlaydi” – deb ta'kidlab o'tdilar.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz o'z mustaqilligiga erishgandan so'ng aholining keng qatlami o'rtasida, ayniqsa qizlarimiz  o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va uning ommaviyligiga erishishda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Qoraqalpog'iston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasida yoshlarimiz uchun zamonaviy sport inshootlari qurib berilib, katta sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan 106 ta sport inshootlari yangidan qurilib, rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. Nukus sport kolleji, Olimpiya zahiralari kollejida suzish havzalari qurilib yoshlarimiz suzish sport turlari bilan ham shug'ullanish imkoniga ega bo'lishdi.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Yana bir marta, Sizlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, Sizlarga jahon arenalarida mustaqil O'zbekistonimizning bayrog'ini yuqori ko'tarishda zafarlar tilayman.


Ko'rib chiqildi: 6188