Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat musiqali teatrining ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi B.Yangibaevning tabrik so‘zi

Assalomu-alaykum bugungi tadbir ishtirokchilari,
Aziz mehmonlar!

Halqimizning ma’naviy ruhiyatini boyitishda, milliy qadriyatlarimizni qadrlash, boy madaniy merosimiz durdonalarini hozirgi yoshlarimiz orasida tadbiq etish, o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning mazmunini boyitish, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni ona vatanga sodiqliq ruhida tarbiyalashda Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston  davlat musiqali teatrining hissasi beqiyosdir!

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Ushbu teatrning binosi keyingi yillarda ta’mirlashga muhtojligi, talabga javob bermasligi sababli yangi repertuarlarni tubdan yaxshilashga va sifatli asarlarni sahnalashtirishning ilojlari yo‘qligi  o‘zlaringizga ma’lum edi.

Muhtaram Prezidentimizning 2011 yil 27 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi Investitsiya to‘g‘risida»gi qarori (PQ-1668-sonli)ga muvofiq Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat musiqali teatrining binosida, jami 4 mlrd. 310 mln. so‘mlik kapital rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilib, bugungi kunda zamonaviy, har tomonlama talablarga javob beradigan, ya’ni opera, drama, musiqa, badiiy hamda boshqa san’at asarlarini yaratadigan yangi binoga ega bo‘ldik.

Bugungi kungi tantanamizga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining madaniyat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Fotix Xamitovich Djalalov, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori Omonullo Zufarovich Rizaev, O‘zbekiston halq artisti Erkin Komilov, “Muqimiy” nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatri direktori, O‘zbekiston halq artisti Murod Rajabov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abduraim Abduvahobov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston halq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Raximova, Xorazm viloyati  Ogahiy nomidagi musiqali drama teatri direktori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sultanboy Bobojonov, taniqli aktrisa Dilnoza Kubaevalarning tashrif buyurganliklari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi va sizlarning nomingizdan katta minnatdorchiliklar bildirishga hamda ijodlarida baland parvozlar tilashga ruxsat bergaysizlar.

 

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!
Aziz mehmonlar!

Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat musiqali teatrda ko‘p yillar xizmat ko‘rsatgan, teatr san’ati taraqqiyotiga hissa qo‘shgan, halqchil sahna asarlarini yaratgan, el-xalq olqishlariga sazovor bo‘lgan marhum san’atkorlarimizdan Ayimxon Shamuratova, Alimjan Xalimov, Yuldash Mamutov, Yuldash Sharipov, Saparbay Paluanov va boshqa san’atkorlarimizning ismlari xalqimiz xotirasida abadiy saqlanib kelmoqda.

Hozirgi kunda ushbu davlat musiqali teatrda buyuk ma’naviy merosimizni, betakror qadriyatlarimizni, o‘zbek va qoraqalpoq milliy teatri an’analarini izchil davom ettirayotgan, yangi davr talablari asosida boyitib borayotgan, bu sohadagi ilg‘or uslublarni milliy ruh bilan uyg‘unlashtirgan holda teatr san’atiga tatbiq etishda O‘zbekiston halq artisti,  “El yurt hurmati” ordeni  sohibi Najmatdin Ansatbaev, O‘zbekiston halq artisti Tursun Qayыpnazarova, 2012 yil O‘zbekiston halq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan Bazarbay Uzaqbergenov va O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga muyassar bo‘lgan Maryash Ismailova, “Nihol” mukofoti sovrindori Sarbinaz Annakulovalar hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston halq artistlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari va boshqa istedodli san’atkorlar, yosh aktyorlar, dramaturg va rejissyorlar, sahna san’at mutaxassislari teatr yutuqlariga o‘zlarining munosib o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

 

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Teatrimiz mustaqillik yillari davomida bir qancha halqaro tadbir va festivallarda faol ishtirok etib, jaxonning, ilg‘or va nufuzli teatrlari bilan ijodiy muloqatda bo‘lib, amaliy hamkorlik aloqalarini kuchaytirib, o‘zbek va qoraqalpoq teatri yutuqlarini munosib namoyish etib kelmoqda.

Shuningdek, 2008 yili Turkmaniston Respublikasi Ashxabad shahrida o‘tkazilgan “Turkmaniston: musiqa san’ati – insoniyatning ma’naviy xazinasi” nomli festivalga teatrning kamer orkestri bilan vokal artistlari qatnashdi.

2009 yili Misr davlatining poytaxta Kairda bo‘lib o‘tgan XXI Xalqaro teatr festivalida qatnashib, qoraqalpoq teatr san’atini jahon davlatlariga tanishtirishga muyassar bo‘ldi va yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston teatrlari orasida “Yilning eng faol teatri” nominatsiyasini olishga sazovar bo‘ldi.

Teatr jamoasi 2011 yili Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Sizni kuylaymiz zamondosh” deb nomlangan Respublika I-festivalida ishtirok etib, teatr mutaxassislari va tomoshabinlarining yuqori baholarni olib keldi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat musiqali teatrida
2007 yili N.Daukaraevning (kompozitorlar V.Shafrannikov, N.Muxameddinov, rejiser N.Ansatbaev) “Alpomish” tarixiy-musiqiy dramasini hamda milliy operamiz bo‘lgan “Ajiniyoz”, “Ayjamal” baleti, “Sohibqiron” dramasi qayta saxnalashtirildi.

Bugungi kunda teatr jamoasi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri I.Yusupov va kompozitor Q.Zaretdinovlarning “Tumaris” operasini sahnalashtirish bo‘yicha ishlari olib borilmoqda.


Ko'rib chiqildi: 5487

Sahifalar