Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)
Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Baxodir Yangibaevning ma‘ruzasi
Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Baxodir Yangibaevning ma'ruzasi
Assalomu alaykum hurmatli o'quv-seminar ishtirokchilari!
Bugungi o'quv-seminar, O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan 2012 yil 27 dekabr kuni bo'lib o'tgan selektor yig'ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida tashkillashtirilib, Suv iste'molchilari uyushmalari raislari, Fermer xo'jaliklari rahbarlari va ularning suvchilarining irrigatsiya va melioratsiya sohasi bo'yicha amaliy tajribalarini oshirishga bag'ishlanadi.
Barchangizning xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17 dekabrdagi 369-sonli Hukumat telegrammasi topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining maxsus qarori qabul qilinib, Suv va suvdan foydalanish bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan tashkilotlardagi xodimlari malakalarini oshirish va sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi, ularni amalga oshirish ishlarini tashkilatirish bo'yicha ishchi guruh va shtab tashkil etildi.
Ushbu dastur asosida barcha tumanlarda suv iste'molchilari uyushmalari fermer va dehqon xo'jaliklarining suvga doir munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi, suv bilan ta'minlovchi, suvdan tejamli foydalanishni tashkil etuvchi, ularning umumiy manfaatlarini himoya qiluvchi eng quyi suv xo'jaligi tizimi pog'onasi bo'lgan suv iste'molchilari uyushmalari rahbarlari hamda ularning xodimlari, fermer xo'jalik rahbarlari va ularning suvchilarini malakasini oshirish bo'yicha ikki kunlik o'quv seminar va bir kunlik amaliyot mashg'ulotlarini o'tkazish belgilandi.
Bu ishlarni yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida tumanlarga mas'ullar belgilanib, 38 ta oliy va o'rta maxsus kasb-xunar kolledjlari professor o'qituvchilari hamda 148 ta tajribali soha mutaxassislari jalb qilindi.
Mana kechadan boshlab barcha tumanlarimizda suvchilar o'qishi tashkil etildi.
Hurmatli o'quv-seminar qatnashchilari! O'quv seminarni tashkil qilishdagi asosiy maqsad:
-bu fermer va dehqon xo'jaliklarining qolaversa, respublikamizda yashovchi har bir fuqaroni suvdan tejamkorlik bilan samarali foydalanish;
-suvning hisob-kitobini tartibga solish, ularning suvga bo'lgan munosabatini yaxshilash;
-suv iste'molchilari uyushmalarini malakali kadrlar bilan butlash hamda suv iste'molchilari uyushmalari va suv iste'molchilari o'rtasida shartnomoviy munosabatlari yaxshilashga qaratilgan.
Bu ishlar bilan bir qatorda:
Fermer xo'jaliklari rahbarlaridan ichki kanal va ariqlarni tozalash, suv olish quloqlarini jihozlash, tozalangan ariqlar buylariga daraxtlar ekish, bir so'z bilan aytganda, dala madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
Chunki, o'tkan yillarda (5 yilda) birgina irrigatsiya-melioratsiya sohasida, jumladan:
-Davlat dasturida belgilangan 35 ta loyiha doirasida jami 24 mlrd. 302 mln. so'mlik 268 km uzunlikda kollektor-drenaj tarmoqlarida qurish va rekonstruktsiya ishlari;
-110 ta loyiha asosida jami 37 mlrd. 428 mln. so'mlik 7521 km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlarida ta'mirlash-tiklash tadbirlari amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida loyiha hududidagi jami 128 ta suv iste'molchilari uyushmalari xizmat ko'rsatadigan fermer xo'jaliklarining 191 ming 966 gektar sug'oriladigan maydonlarining meliorativ holati yaxshilanishiga va meliorativ tadbirlar amalga oshirilayotgan hududdagi fermer xo'jaliklarida hosildorlik oshishiga erishildi.
Boshqacha aytganda, bugungi kunda birgina Sho'manoy tumanida yerlarning sho'rlanishiga yo'l qo'ymaslik, ekin maydonlarining hosildorligini oshirish maqsadida, «Sho'manoy», «M.Abdullaev», «O.Kokkozov» xo'jaliklarida yangi kollektorlar qazish ishlarining amalga oshirilishi, ertangi kundagi qishloq xo'jaligi sohasidagi islohotlarda asosiy omil bo'ladiganligi barchamiz yaxshi bilamiz.
Shu bilan birgalikda, kuzgi-qishqi davrida amalga oshirish belgilangan (grafik reja) 198 kilometr magistral va xo'jaliklararo hamda 1245 kilometr ichki xo'jalik irrigatsiya kanallari tozalandi.
Xitoy Xalq Respublikasi krediti hisobidan zamonaviy rusumdagi jami 38 dona ekskavator, «TY-160» rusumli 6 dona buldozer hamda «O'zmeliomashlizing» lizing kompaniyasi tomonidan Xitoy va Rossiya davlatlarida ishlab chiqarilgan 25 dona ekskavator, 12 dona buldozer va 54 dona texnik xizmat ko'rsatuvchi mexanizmlar ham ta'mirlash-tiklash ishlariga to'liq jalb etildi.
Bu zamonaviy texnikalar albatta melioratsiya tadbirlarini sifatli o'tkazish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash imkonini bermoqda.
Shun alohida ta'kidlash kerakki, o'tgan yillarda erishilgan ana shunday o'sish sura'atlari jamiyatimizning barcha soxalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo'yicha amalga oshirilgan ko'p yillik mashaqqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasidir.
Yuqoridagi-dek, ibrali ishlarni davom ettirish maqsadida, O'tgan yili o'rta maxsus kasb-xunar kollejlarini suv xo'jaligi ixtisosligi bo'yicha tamomlagan 242 nafar yoshlardan 3 nafari oliy o'quv yurtiga, 186 nafari mutaxassisligi bo'yicha, 20 nafari qishloq xo'jaligi, 28 nafari boshqa sohalarga ishga kirgan, 5 nafari turar joyini o'zgartirgan.
Bugungi kunda, suv iste'molchilari uyushmalari, melioratsiya va boshqa suv xo'jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashgan korxonalar hamda fermer xo'jaliklarini suv xo'jaligi bo'yicha kollej va oliy o'quv yurtlarini tamomlagan kadrlar bilan butlashni ta'minlash maqsadida kollej va oliy o'quv yurtlari bilan 2013-2015 o'quv yillarda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha shartnomalar imzolash ishlari amalga oshirilmoqda;
O'quv seminar davomida ma'ruzachilar tomonidan qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha 11 ta ma'ruzasi eshitilib, bu bo'yicha Sizlarning fikr va mulohozalaringizni tinglaymiz.
O'quv seminar davomida olgan bilim hamda tajribalaringizni amaliyotda qo'llab, qishloq xo'jaligi sohasida ayniqsa suvdan tejamkorlik bilan foydalanib 2013 yilda yuqori yutuqlarga erishasiz deb ishonaman.
Ko'rib chiqildi: 5682
Sahifalar
- https://sovminrk.gov.uz/uz/pages/show/6581?mode=special
- Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан 2017 йил 14 январда Вазирлар Маҳкамаси мажлисида белгилаб берилган вазифалар ва топшириқларнинг бажарилиши натижадорлиги ҳамда улар сўзсиз амалга оширилиши учун раҳбарларнинг шахсий жавобгарлиги чоралари тўғрис
- Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat musiqali teatrining ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi B.Yangibaevning tabrik so‘zi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi B.Yangibaevning A.Xudayshukurov xotirasiga bag‘ishlanib o‘tkazilayotgan ko‘rik-festivaldagi nutqi
- «Tashabbus» ko‘rik tanlovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichining va Yosh fermerlar forumi ochilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi B.Ya.Yangibaevning ishtirokchilarga tabrik so‘zi
- Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Baxodir Yangibaevning ma‘ruzasi
- https://sovminrk.gov.uz/uz/pages/show/6590?mode=special
- Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi B.Yangibaevning «Mehribonlik» uyida 1 iyun` xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o`tkazilgan «Har bir farzandga mehr-e`tibor!» nomli tadbirda so`zlagan nutqi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Qoraqalpog‘iston Televideniesida o‘tkaziladagan "Iqtisodiyotda xususiy mulkchilik ahamiyati va ulushini oshirish to‘g‘risida"gi mavzusidagi ochiq muloqatdagi kirish so‘zi
- O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining navbatdagi VI Konferentsiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi B.Yangibaevning tabrik so‘zi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida VII innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasining hududiy taqdimotida Vazirlar Kengashining Raisi B.Yangibaevning bayonati
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi B.Yangibaevning Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 190 yilligiga bag‘ishlangan tabrik so‘zi
- Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisining
- Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-21 yanvar kunlari
- Xotin-qizlar huquqlarini himoyalash va qo`llab-quvvatlash bo`yicha qabul qilingan hujjatlar asosida