Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

«Tashabbus» ko‘rik tanlovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichining va Yosh fermerlar forumi ochilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi B.Ya.Yangibaevning ishtirokchilarga tabrik so‘zi

Assalomu-alaykum hurmatli «Tashabbus» ko'rik tanlovi va Yosh fermerlar forumi ishtirokchilari!

Sizlarni har yilda o'tkazib kelinayotgan an'anaviy «Tashabbus» ko'rik tanlovining shahar va tuman bosqichlarida g'olib bo'lib, respublika bosqichida ishtiroq etayotganingiz bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan samimiy mubarakbod etaman. Barchangizga bugungi tanlovda omadlar tilayman.

Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokuraturasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati, Fermerlar Kengashi va Savdo-sanoat palatasi taklifi bilan respublikamiz yosh fermerlari Forumi o'tkazilmoqda.

Ushbu forumning asosiy maqsadi fermer xo'jaligi ahamiyatini yanada takomillashtirish, yurtimiz fermerlar mehnatini qadirlash va tashkil etilgan 69 ta yosh fermer xo'jaliklarining faoliyatini munosib qo'llab-quvvatlash, qishloq xo'jaligi mutaxassisligi bo'yicha bitiruvchi yoshlarni jalb etish bo'lib xisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishda Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2013 yil mamlakatimizda «Obod turmush» yili deb e'lon qilindi.

Mulkdorlarning o'rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to'ldirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun aniq maqsadga yo'naltirilgan keng qamrovli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish «Obod turmush» yilida asosiy maqsadlaridan biri bo'lib xisoblanadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo'lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda.

Hozirgi kunda Respublikamizda ish bilan band aholining 70,4 foizi aynan shu sohada mehnat qilmoqda. Agar 2000 yilda respublikamiz yalpi hududiy mahsulotining 30 foizi kichik biznes sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2012 yilda bu ko'rsatkich qariyib 66,4 foizga yetdi. O'tgan yilning o'zida yangi 2200 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tashkil qilindi.

Tijorat banklari tomonidan 2012-yilda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 3466 loyihalar bo'yicha 208,5 milliard so'm miqdorida kreditlar ajratilib, shuning xisobidan 15 246 ta yangi ish o'rinlari tashkillashtirildi.

Barchamizga ma'lum, mamlakatimizda har yili tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun «Tashabbus» ko'rik-tanlovi o'tkazib kelinmoqda. Bu tanlov xalqimizning tadbirkorlik borasida tashabbuskorlik harakatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishning o'ziga xos bir ko'rinishidir.

«Tashabbus» ko'rik-tanlovi mamlakatimiz iqtisodiyotidagi muhim voqealaridan hisoblanib, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish borasida katta ahamiyatga ega.

Tanlovlarda o'tgan yillarda yuqori ko'rsatkichlarga erishgan va tadbirkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo'shgan tadbirkor, fermer va hunarmandlarimiz sovrinli o'rinlarni egallab kelmoqda.

Jumladan 2007 yilda Taxtako'pir tumanidagi «Tayimbet» fermer xo'jaligi rahbari Sarsenbay Seytnazarov «Tashabbus-2007» ko'rik tanlovining O'zbekiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-o'rinni egallab, Prezidentimizning oliy sovrini – «Matiz» avtomashinasi bilan taqdirlandi va tadbirkorlik sohasidagi yutuqlari, fermerlikni rivojlantirish natijalarini xisobga olinib, 2011-yilda «O'zbekiston Qaxramoni» unvoni berildi.

Bugungi kunda Qoraqalpog'iston Respublikasi Fermerlar kengashi raisi lavozimiga saylanib, ish olib barmoqda.

2009 yilda To'rtko'l tumanidagi «Farovonlik» fermer xo'jaligi rahbari Arslon Yusupov «Tashabbus-2009» ko'rik tanlovining O'zbekiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-o'rinni, 2011 yilda Nukus tumanidagi «Qoңiratbay Mexri» fermer xo'jaligi rahbari Yesen Aytmuratov «Tashabbus-2011» ko'rik tanlovining O'zbekiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-o'rinni, 2012 yilda Nukus shahridan hunarmand Otarbaev Azatbay «Eng yaxshi hunarmand» yo'nalishi bo'yicha faxrli 3-o'rinni egalladi.

Bugungi Tashabbus ko'rik tanlovi bilan birgalikda o'tkazilayotgan «Yosh fermerlar» forumi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi «O'zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-4478-sonli Farmonining qabul qilinishi mamlakat agrar sektorini barqaror va samarali rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohatlarning yana bir muhim bosqichi bo'ldi.

Mamlakatda fermerlik harakati qishloq xo'jalik mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisiga hamda agrar sohani yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasini oshirish uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.

Joriy yilda fermer xo'jaliklarining soni 3359 taga yetib, ularga biriktirilgan yer maydoni 550 ming gektardan oshdi, fermer xo'jaliklarida 62 mingdan ortiq aholining bandligi ta'minlandi.

Bugungi kunda fermer xo'jaliklariga 129 ta yoqilg'i moylash, 128 ta suv is'temolchilar uyushmasi, 103 ta mineral o'g'it sotish, 129 ta Zooveterinariya, 3 ta agrofirma, 132 ta MMTP, 14 ta konsalting shohobchalari va 103 ta minibanklar xizmat ko'rsatmoqda.

Joriy yilda 1653 ta ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari ro'yxatga olinib, faoliyat yuritmoqda.

Bundan tashqari 228 ta fermer xo'jaliklarida servis xizmatlarini rivojlantirish maqsadida 373 loyihalarni amalga oshirish belgilangan.


Ko'rib chiqildi: 4925

Sahifalar