Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yer resurslaridan foydalanish bo‘yicha davlat yer hisobining yakuni haqida

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING QARORI

 Qoraqalpog'iston Respublikasi yer resurslaridan foydalanish bo'yicha davlat yer hisobining yakuni haqida

Qoraqalpog'iston Respublikasining 2015-yil 1-yanvar holatiga bo'lgan davlat yer hisobi haqida Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan taklif etilgan hisobotlarni ko'rib chiqib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining hamda Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining yakuni inobatga olinib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining «Qoraqalpog'iston Respublikasi yer egalarining va yerdan foydalanuvchilarining barcha yer maydonlari va ularning yer turlari bo'yicha bo'linishi haqida»gi 2015 yil 1 yanvar holatiga hisobi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi va tuman hokimlariga:

- Yerlardan qishloq xo'jaligida maqsadli foydalanish va uning meliorativ ahvolini yaxshilash bo'yicha har bir xo'jalikning hisobotini hokimiyatlarda va vazirlikning kollegiya majlislarida qarab chiqib, xo'jalik boshliqlarining, yerdan foydalanuvchilarning bu masalaga mas’uliyatini orttirish;

- Yer fondidan to'liq foydalanish bo'yicha jiddiy nazorat o'rnatish va qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirishda olmoshlab ekish tizimini engizishni ta’minlash;

- Yerlarning meliorativ axvolining pasayishiga va sug'oriladigan yerlarning qishloq xo'jaligida foydalanishga yaroqsiz bo'lib qolishiga yo'l qo'ymaslik, tarqatilmay bo'sh turgan yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratib berish bo'yicha choralar ko'rish;

- Yer masalalarini tartiblashtirish bo'yicha idoralarga, korxonalarga, fermer va dehqon xo'jaliklariga yerlarni ajratish, qaytarib olish va yerdan samarali foydalanish haqidagi hokimiyat qarorlari, tuman yer resurslari va davlat kadastri bo'limlari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ga va Qoraqalpog'iston Respublikasining «Yer haqidagi Qonuni»ga asoslangan hujjatlarni rasmiylashtirish vazifalari yuklatilsin.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2014-yil 17-yanvardagi 17-sonli «Qoraqalpog'iston Respublikasi yer resurslaridan foydalanish bo'yicha davlat yer hisobotining yakuni haqida»gi qarori o'z kuchini yo'qotgan deb topilsin.

4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha kotibiyati (Muxanov)ga, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi (Xojametov)ga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi                                                           B.Yangibaev

 

       Nukus sh.,
2015 yil, 10 yanvar
       №7


Ko'rib chiqildi: 5492

Sahifalar