Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-apreldagi 180-sonli «Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishida yordam ko‘rsatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING QARORI

 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-apreldagi 180-sonli «Jazoni o'tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishida yordam ko'rsatish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar haqida»gi Qarori bilan tasdiqlangan Rejaning 3-4 bantlariga asoslanib,

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi ijtimoiy moslashtirish markazi bo'yicha Respublika maxsus komissiyaning tegishli organ rahbarlaridan iborat tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi ijtimoiy moslashtiruv markazi bo'yicha Respublika maxsus komissiyaning ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Ushbu qarorning qabul qilinishiga bog'liq Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2013 yil 30 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan komissiya tarkibi o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.Mamutovga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi                                            B.Yangibaev

 

         Nukus sh.,
2015 yil, 30 yanvar
         №25


Ko'rib chiqildi: 5278

Sahifalar