Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8-mart – Xotin-qizlar kunini keng tarzda belgilash maqsadida

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING FARMOYISHI

 

Qoraqalpog'iston Respublikasida 8-mart – Xotin-qizlar kunini keng tarzda belgilash maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-fevraldagi 85-f-sonli farmoyishi ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan farmoyishi bilan 8-mart – Xotin-qizlar kunini keng tarzda belgilashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha respublika ishchi guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. 8-mart – Xotin-qizlar kunini keng tarzda belgilashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi ishchi guruhi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bayramni o'tkazish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi ishchi guruhi 3 kun muddat ichida 8-mart – Xotin-qizlar kuni bayramini badiiy jihatdan yuqori darajada tashkillashtirish bo'yicha choralar ishlab chiqsin va ularning bajarilishi taminlansin.

4. Madaniyat va sport ishlari vaziri (M.Aytniyazov), Nukus shahri hokimi (J.Opaev), Qoraqalpog'iston xotin-qizlar qo'mitasi (Z.Ibragimova) bilan birgalikda 2015-yil 7-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat musiqali teatrida 8-mart – Xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlarini yuqori darajada o'tkazilishi ta’minlansin.

Bayramni o'tkazish uchun sarf qilinadigan harajatlar byudjet va byudjetdan tashqari harajatlar hisobidan qoplanilishi belgilab qo'yilsin.

5. Shahar va tuman hokimliklari 8-mart – Xotin-qizlar kuniga bag'ishlab tegishli madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlarini o'tkazsin. «Keksalarni e’zozlash yili» munosabati bilan o'rinlarda ushbu kunga bag'ishlangan bayram tadbirlari yuqori darajada va ko'tarinki ruhda o'tkazilishi ta’minlansin.

6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Teleradiokompaniyasiga (M.Qutlimuratov), Matbuot va xabar agentligiga (F.Palimov) 8-mart – Xotin-qizlar kuni bayrami tadbirlarini ommaviy axborot vaositalarida keng tarzda yoritib borish taklif etilsin.

7. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari M.Mamutov va Z.Ibragimovaga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisi                                             B.Yangibaev

 

       Nukus sh.,
2015 yil, 25 fevral
       №29-b


Ko'rib chiqildi: 6123