Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegayli tumani Xalqabad shahri "Bosh Rejasi"ning asosiy ko‘rsatkichlarini ma‘qullash to‘g‘risida

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING QARORI

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani Xalqabad shahri
«Bosh Rejasi»ning asosiy ko‘rsatkichlarini ma’qullash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 4 dekabrdagi «Shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalari, qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga tadbiq etish to‘g‘risida»gi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011-2014 yil Dasturiga muvofiq «O‘zshaharsozlik» DUK tomonidan ishlab chiqilgan va Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi boshqarmasining 2015 yil 13 martdagi 736/13-E-sonli ijobiy hulosasi olingan hamda Respublika korxonalari bilan kelishilgan Kegeyli tumani Xalqabod shahri «Bosh Reja»siga tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasida tasdiqlatish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. «O‘zshaharsozlik LITI» DUK tomonidan o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan Kegeyli tumani Xalqabod shahri «Bosh Rejasi»da ko‘rsatilgan  asosiy texnik-iqtisodiy  ko‘rsatkichlari ma’qullansin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yagona buyurtmachi xizmati «Injiniring kompaniya»si (Tleo‘muratov) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi (Turumbaev) Kegeyli tumani Xalqabod shahri «Bosh Rejasi»ni va unda keltirilgan asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik qonunchiligiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari J.Yembergenov zimmasiga yuklansin. 

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Vazirlar Kengashining Raisi

 

 

B.Yangibaev


Ko'rib chiqildi: 5126