Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (88 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (88 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 noyabrdagi 4054-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart - sharoitlarini takomilashtirish to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash hamd

 

QORAQALPOG‘ISTON  RESPUBLIKASI

VAZIRLAR  KYeNGAShINING QARORI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil  20 noyabrdagi
4054-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart - sharoitlarini takomilashtirish to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarni 2016 yilgi muddatli harbiy, safarbarlik chaqiruvi rezervi
 xizmatiga chaqiruvga tayyorgarlik ko‘rish  haqida

 

         Qurolli Kuchlar tarkibini intellektual salohiyatli, axloqiy-ruhiy jihatdan yetuk, yuksak bilimli va jismonan baquvvat chaqiruvchilar bilan butlash hamda fuqarolarni 2016 yilgi muddatli harbiy va safarbarlik chakiruvi rezervi xizmatiga chaqiruvga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlarini sifatli o‘tkazish maksadida,

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  Qaror qiladi:

 

         1. Fuqarolarni 2016 yilgi muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga chaqiruvga tayyorgarlik  ko‘rish tadbirlar rejasi
1- ilovaga va chaqiruv yoshidagi fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga sog‘ligi bo‘yicha oldindan sifatli saralab olish uchun Respublika doimiy tibbiy komissiyasi tarkibi 2- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

         2.   Nukus shahar va tumanlar hokimliklariga:

         joriy yilning 3 avgust kunidan boshlab mudofaa ishlari bo‘limlari mansabdor xodimlari bilan birgalikda mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlariga chiqib chaqiruv yoshiga to‘lgan  fuqarolarni
2016 yilgi muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga saralash uchun o‘rganish tadbirlarini amalga oshirish;

         joriy  yilning 1 sentyabr kuniga qadar muddatli harbiy
va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga chaqirish uchun chaqiruv punktlarini tayyorlash;

         Nukus shahar va tumanlar chaqiruv punktlarini kerakli bo‘lgan texnik xodimlar, avtoulovlar, aloqa vositalari,  anjomlar va jihozlar bilan ta’minlash;

         chaqiriluvchilarni chaqiruv punktidan Respublika yig‘in punktigacha olib borish va olib ketishda yo‘l harakati xafsizligini ta’minlash;

         O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil
21 fevraldagi 95-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy guvohlantirish yo‘riqnomasi”ni tasdiqlash hamda 2009 yil 9 apreldagi 103-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy guvohlantirish yo‘riqnomasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan chaqiruv punktlarini  tibbiy anjomlar, asbob-uskunalar bilan talab darajasida jihozlash, shuningdek tibbiy komissiyalarining samarali ishlashi, chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan sifatli va xolisona o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqib, ijrosini qat’iy nazoratga olish;

         joylardagi chakiruv punktlarida muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga saralab olish ishlarini tashkillashtirish;

         fuqarolarni 2016 yildagi navbatdagi chaqiruvga, chaqiriluvchilarni o‘rganib chiqish jarayonida joylardagi mahalla, qishloq fuqarolar yig‘ini raislari,  profilaktika inspektorlari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari mudofaa ishlari bo‘limlari bilan birgalikda, chaqiriluvchilarning oilaviy sharoitlarini, dunyoqarashlarini o‘rganish, ularning vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otish, chaqiriluvchilarning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirilishiga, muntazam ravishda amalliy yordam ko‘rsatish;

         muddatli harbiy xizmatga saralab olingan chaqiriluvchilardan jismoniy tayyorgarlik normativlarini tanlov mezonlari asosida qabul qilish komissiyasi tarkibini tuzish;

         O‘zbekiston  Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuning 45-moddasiga asosan, qishloq fuqarolar yig‘inlari, korxona, tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda chaqiriluvchilarni chaqiruv punktiga chaqirish va ularning kelishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.

         3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vazirligi
(D. Xodjiev)ga:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil
21 fevraldagi 95-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy guvohlantirish yo‘riqnomasi”ni tasdiqlash hamda 2009 yil 9 apreldagi 103-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy guvohlantirish yo‘riqnomasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan chaqiruv punktlarini  tibbiy anjomlar, asbob-uskunalar bilan talab darajasida jihozlash, shuningdek tibbiy komissiyalarining samarali ishlashi, chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan sifatli va xolisona o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqib, ijrosini qat’iy nazoratga olish;

         joriy yilning 10 avgust kuniga qadar ruxiy kassaliklar, sil kasalligiga qarshi, teri-tanosil va narkologiya dispanserlarida hisobda turgan 1989-1998 yilda to‘g‘ilgan fuqarolarning ro‘yxatini o‘z vaqtida mudofaa ishlari bo‘limlariga yetkazish;

         tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida kasalligi aniqlangan chaqiriluvchi yoshlarni o‘z vaqtida davolash va sog‘lomlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun Respublika, Nukus shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalarida 7-10 ta o‘rinlar (koykalar) ajratilishini ta’minlash;

         2016 yildagi navbatdagi chaqiruvga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa vazirliklarning rejimli komandalariga oldindan saralash ishlari davrida joylardagi chaqiruv punktlariga asosiy ish joyi saqlangan holda, Respublika doimiy tibbiy komissiyasi, Nukus shahar va tumanlar tibbiy chaqiruv komissiyalarining ishiga turli ixtisoslikka ega bo‘lgan oliy va yuqori toifaga ega bo‘lgan malakali shifokorlar jalb etish, tibbiy birlashma bosh shifokorlarining mas’uliyatini yanada oshirish choralarini ko‘rish;

         O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirliklarning rejimli komandalariga chaqiriluvchilarni sog‘ligi bo‘yicha oldindan sifatli saralab olish uchun  Respublika doimiy tibbiy komissiyasi, Nukus shahar va tumanlar tibbiy chaqiruv komissiyalarining ishini joriy yilning 3 sentyabr kunidan  25 dekabrgacha belgilash topshirilsin.        

         4.  Qoraqalpog‘iston Respulikasi Ichki ishlar vazirligi
(Q. Berdiev)ga:

         joriy  yilning 5 sentyabr kunidan O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” gi Qonunining
45-moddasiga muvofiq, mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlariga asosan  chaqiruv  punktlariga o‘z vaqtida kelmagan fuqarolarni olib kelinishini yuz foizga ta’minlash choralarini ko‘rish;

  Respublika yig‘in, Nukus shahar va tumanlar chaqiruv punktlarida, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga saralash ishlari jarayonida jamoat tartibini saqlashni ta’minlash;

         Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamrohligida chaqiriluvchilarni tumanlar chaqiruv punktidan Respublika yig‘in punktiga olib borish va olib ketishda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash;

         jinoiy javobgarlikka tortilgan va tergov ishlari olib borilayotgan, diniy oqimlar hisobida turgan chaqiriluvchilarning ro‘yxatini mudofaa ishlari bo‘limlariga belgilangan muddatda taqdim etish topshirilsin.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (D.Utarbaev)ga:

         chaqiriluvchilarning ma’naviy va ruhiy holatlarini aniqlash hamda muddatli harbiy xizmatga ruxiy kamchiligi bo‘lgan chaqiriluvchilarning jo‘nab ketishining oldini olish maqsadida Respublika yig‘in punkti tibbiy ko‘rigida ishtirok etish uchun malakali psixolog mutaxassis ajratish;

          chaqiriluvchilarni ma’naviy-ruxiy fazilatlarini va intellektual rivojlanish saviyasini oshirish bo‘yicha Respublika yig‘in punktini axborot – resurs markazidan badiiy asarlar, jurnal va gazetalar bilan ta’minlash topshirilsin.

 

         6.  O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Qoraqolpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi (B.Utemuratov)
va «Qaraqalpoq trans» AJ (B.Nietullaev) chaqirilishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilarni Respublika yig‘in punktiga o‘z vaqtida to‘liq, olib kelish va o‘z manzillariga olib ketish uchun tumanlar mudofaa ishlari bo‘limlari bilan ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga asosan avtobus ajratsinlar.

         7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha vakili (B.Jarekeshov)  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida chaqiriluvchilarni test sinovlaridan to‘liq o‘tkazsin.

  8.  “Qoraqalpoqelektrtamoqlari hududiy korxonasi” OAJ (S.Avezov),
“Shimoligazta’minot” UK (A.Qudaynazarov), “Tuyamuyun – Nukus” mintaqaviy suv o‘tkazish va foydalanish boshqarmasi (R.Seytov) Respublika yig‘in punkti va joylardagi chaqiruv punktlarida chaqiruvga tayyorgarlik  mavsumini sifatli o‘tkazish maqsadida elektr energiya, suv va gaz ta’minoti bilan uzluksiz  ta’minlash choralarini ko‘rsinlar.                                               

  9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi (Q.Nagmetov), Matbuot va axborot agentligi (A.Xojamuratov) chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlarini, chaqiriluvchilarni saralash, sinovlaridan o‘tish nizomini, muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat vaqtida va xizmatdan keyin beriladigan imtiyozlarni  ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.

 

  10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi (B.Begabaev), Madaniyat va sport ishlari vazirligi (M.Aytniyazov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev),  “Kamolot” YoIH Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi (A.Daniyarov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (X.Yelmuratov) va  Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha vakili (B.Jarekeshov):

joylarda fuqarolarni 2016 yildagi navbatdagi chaqiruvga tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etsinlar;

chaqiriluvchilarning sifatli va holisona tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini, ularning ma’naviy-ruxiy fazilatlarini va intellektual rivojlanish saviyasini qonunchilikda belgilangan tanlovning harbiy-kasbiy mezonlariga muvofiq ravishda o‘rganib chiqilishini ta’minlasinlar.

11. Nukus shahar hokimligi (J.Opaev) Nukus shahrida joylashgan korxona va toshkilotlardan joriy yilning 1 iyun kunidan 30 dekabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi yig‘in punktiga Nukus shahar mudofaa ishlari bo‘limi orqali obodonlashtirish va tozalikga rioya qilish uchun
6 nafar texnik xodimlarni ajratsin.

         12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshkarmasi
(B. Begabaev):

         joriy  yilning 3 avgust kunidan boshlab Nukus shahar va tumanlar mahalla (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududidagi muddatli harbiy, xizmatga chaqirishga layoqatli bo‘lgan 1989-1998 yillarda to‘g‘ilgan fuqarolarni mudofaa ishlari bo‘limlari harbiy xizmatchilari va xizmatchilari tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganish tadbirlarini nazoratga olsin;

         chaqiriluvchilarning oilaviy sharoitlarini o‘rganish, ularning dunyoqarashlarini hamda harbiy xizmatga yaroqliligini tekshirish maqsadida joriy yilning avgust oyida Respublika yig‘in, Nukus shahar  va tumanlar chaqiruv punktlari doimiy tibbiy komissiyasi a’zolari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan  ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazsin;  

         har bir chaqiriluvchining salomatlik darajasi, bilim doirasi intellektual qobiliyati, oilaviy sharoiti va ruxiy beqarorlik darajasi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilib, yuqori ball to‘plagan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmat safiga belgilansin;

         tasdiqlangan jadval asosida muddatli harbiy xizmatga saralab olingan chaqiriluvchilardan jismoniy tayyorgarlik sinovlarini joriy yilning 22 dekabr kunidan 2016 yil 15 yanvar kuniga qadar Nukus shahar va tumanlarda belgilangan sport maydonchalarida qabul qilishni ta’minlasin.

13. Mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari M.Mamutov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

   Vazirlar Kengashining Raisi                                             B.Yangibaev

 

Nukus shahri

2015 yil, 8 iyun

№134

_________________________________________________________

              Kelishilgan:                                                             J.Yembergenov

 

            J.Sadыkov                                                                      M.Mamutov

                                                                                              

           D.Xodjiev                                                                   M.Aleuov 

 

             B.Begabaev                                                               Z.Ibragimova

 

                                                                                               M.Djumaniyazov

 

                                                                                               A.Tajetdinov

 

                                                                                               J.Narыmbetov

 

                                                                                                J.Idiyatullaev

 

                             

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi                                                

                       Vazirlar Kengashining      

                       2015 yil «8» iyundagi

                          134-sonli qaroriga

                                                1-ilova

 

 

2016 yilgi muddatli harbiy, safarbarlik chaqiruvi rezervi  xizmatga

 sifatli tayyorgarlik ko‘rish  bo‘yicha tadbirlar rejasi

 

t/r

Tadbirlar

Bajarilish muddati

Mas’ullar

1

2

3

4

1

 

Respublika yig‘in,  shahar va tumanlar chaqiruv  punktlarini  navbatdagi 2016 yildagi muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga tayyorlash.

 2015 yil
10 avgustgacha

Shahar va tumanlar hokimliklari

2

Respublika yig‘in,  shahar va tumanlar chaqiruv  punktlarini tabiiy gaz, suv  va  elektr manbaalari bilan  doimiy ravishda ta’minlab turish.

Tayyorgarlik davrida

OAO «QQelektrtarmoqlari»,  “Shimoligazta’minot” UK, “Tuyamuyun – Nukus” mintaqaviy suv o‘tkazish va foydalanish boshqarmasi

Respublika yig‘in,  shahar va tumanlar chaqiruv  punktlarini aloqa vositalari,  dori-darmonlar, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti, texnik xodimlar hamda kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

 2015 yil

15 avgutsgacha

Shahar va tumanlar hokimliklari, «Korakalpoqtrans» AJ

Mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan chaqiriluvchilarni chaqiruv  punktlariga chaqiruv qog‘ozlariga  asosan 100 foiz  chaqirib berishlarini nazoratga olish.

Doimiy

Shahar va tumanlar hokimliklari

Chaqiriluvchilarni shahar va tumanlar chaqiruv uchastkalaridan  Respublika yig‘in punktiga olib kelish va ketishda yo‘l harakati xavfsizligini yo‘l patrul xizmati xodimlari kuzatuvida ta’minlash.    

Tayyorgarlik davrida

«Korakalpoqtrans» AJ, Ichki  ishlar vazirligi

Respublika yig‘in,  shahar va tumanlar chaqiruv  punktlarini infrastukturasini va hududini sovuq davrini hisobga olgan holda chaqiruvdan oldin  ta’minlash.

 2015 yil

15 avgustgacha

Shahar va tumanlar hokimliklari

 

Tayyorgarlik  davrida chaqiriluvchilar va ularning ota onalari bilan targ‘ibot va tashviqot  ishlarini va ularga O‘zbekiston Respublikasining chaqiruvga bog‘liq bo‘lgan Qonun va qarorlarini  mohiyatini doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib  borish.

Tayyorgarlik davrida

«Mahalla» xayriya jamoat fondi,

«Kamolot» YoIH

3

Tayyorgarlik davrida keng qamrovli, O‘zbekiston Respublikasining chaqiruvga bog‘liq bo‘lgan Qonun,  Qarorlar va Mudofaa  vazirining buyruqlarini  mohiyatini doimiy ravishda yoshlar o‘rtasida televidenie va radio orqali tushuntirish ishlarini olib  borish.

Tayyorgarlik davrida

QR teleradiokompaniyasi,  Matbuot va axborot agentligi

4

Gazeta va jurnallar orqali chaqiriluvchilar  uchun  muddatli  harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga  chaqirish  uchun   o‘tiladigan  sinovlar, imtixonlardan o‘tish lozimligi va muddatli harbiy xizmatdan keyin qanday imtiyozlar berilishi haqida   keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot  ishlarini olib borish.

Har oy

QR  Matbuot va axborot agentligi

    Chaqiruvdan oldin shahar va tumanlar  mudofaa ishlari bo‘limlariga sud, ichki ishlar va prokuraturalardan  Qonun buzarlik bo‘yicha hisobda turgan hamda sudlangan chaqiruvchilarning ro‘yxatlarini taqdim qilish. 

2015 yil
15 avgustgacha

QR Ichki  ishlar vazirligi

5

Tayyorgarlik  davrida Respublika yig‘in, shahar va tumanlar chaqiruv  punktlarini jamoat tartibini saqlash ishlarini olib borish.

Tayyorgarlik  davrida

QR Ichki  ishlar vazirligi

Bosh tortgan hamda sababsiz chaqiruv punktlariga kelmagan chaqiriluvchilarni chaqiruv  punktlariga,  shahar va tumanlar mudofaa ishlari bo‘limi ro‘yxatiga asosan 100 foiz  chaqirib berishini ta’minlash.

Tayyorgarlik  davrida

QR Ichki  ishlar vazirligi

Tayyorgarlik davrida shahar va tumanlar davolash muassasalariga  sog‘ligi bo‘yicha tuman  mudofaa  ishlari bo‘limi tomonidan yo‘llanma bilan yuborilgan  chaqiruvchilarni o‘z vaqtida davolash ishlarini olib borish. 

Doimiy ravishda

QR Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2003 yil 95-sonli qaroriga asosan Respublika yig‘in,  shahar va tumanlar chaqiruv  punktlarini  dori- darmonlar, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki hamda oliy va 1-toifali shifokor mutaxassislar bilan ta’minlash.

 2015 yil

15 avgustgacha

QR Sog‘liqni saqlash vazirligi

6

Tibbiy komissiyasi tarkibini qayta ko‘rib chiqish va ularni mutaxassisligi, malakasi, tajribasi bo‘lgan tibbiy xodimlar bilan ta’minlash. Chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rik o‘tkazish jarayonida adolatlilik va holislikni ta’minlash uchun tibbiy komissiya shifokorlarning mas’uliyatini oshirish.

Doimiy ravishda

QR Sog‘liqni saqlash vazirligi

Tibbiy ko‘rik o‘tkazishdan oldin tibbiy komissiyalar tarkibi bilan chaqiruvchilarni tibbiy guvohlashtirish masalalari bo‘yicha bir kunlik metodik  mashg‘ulotlar  o‘tkazish.

 2015 yil

20 avgustgacha

QR Sog‘liqni saqlash vazirligi

Chaqiruvdan oldin Respublika yig‘in, shahar va tumanlar mudofaa ishlari bo‘limlariga  davolash muassasasi hamda dispanserida sog‘ligi bo‘yicha hisobda turgan chaqiriluvchilarning ro‘yxatlarini taqdim qilish.

 2015 yil

15 avgustgacha

QR Sog‘liqni saqlash vazirligi

7

 

2015 yilda kollej va litseylarni bitirgan yoshlarga Respublikamizda o‘tgan yillar mobaynida qabul qilingan harbiy sohaga oid Qonun va Qonun osti hujjatlar, amalga oshirilayotgan islohatlar mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish.

Doimiy ravishda

 

QR  Vazirlar Kengashining kotibiyati, «Kamolot» YoIH Kengashi

8

2016 yil muddatli harbiy xizmatga  tayyorgarlik ishlarini  nazoratga olish.

Doimiy ravishda

Chaqiruv komissiyalari raislari

9

Yuqorida ko‘rsatilgan ishlar yuzasidan chiqarilgan Qaror va buyruq nusxalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taqdim qilish. 

2015 yil

30 avgustgacha

Shahar va tumanlar hokimliklari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi                                                

          Vazirlar Kengashining      

      2015 yil «8» iyundagi

          134-sonli qaroriga

         2-ilova

 

 

 

Chaqiruv yoshidagi fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga sog‘ligi bo‘yicha

oldindan sifatli saralab olish uchun  Respublika doimiy tibbiy komissiyasi

 

T A R K I B I

 

1.

Dalыmbetov T.

-

Oliy toifali jarroh shifokori, doimiy tibbiy komissiyasining katta vrachi Respublika o‘smirlar dispanseridan.

2.

Saparniyazova K.

-

Oliy toifali nevropatolog doimiy tibbiy komissiyasining shifokori, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazidan.

3.

Allamuratova S.

-

1-toifali doimiy tibbiy komissiyasining shifokori, ko‘z shifokori, Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasidan.

4.

Toreniyazov M.

-

Oliy toifali jarroh doimiy tibbiy komissiyasining shifokori, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazidan.

5.

Menlimuratova S.

-

Oliy toifali psixiatr-narkolog doimiy tibbiy komissiyasining shifokori Respublika ruhiy va kasalliklari dispanseridan.

6.

Mambetova G.

-

Oliy toifali doimiy tibbiy komissiyasining quloq-burun shifokori, Nukus shahri 3-sonli poliklinikasidan.

8.

Polvaniyazova E.

-

1- toifali doimiy tibbiy komissiyasining teri - tanossil shifokori, Respublika teri-tanossil kasalliklari dispaseridan.

9.

Inaeva O.

-

1- toifali doimiy tibbiy komissiyasining tish shifokori, Respublika bolalar tish poliklinikasidan.

10.

Nurgazieva A.

-

1- toifali doimiy tibbiy komissiyasining kardiolog shifokori, Respublika kardiologiya dispanseridan.

11.

Kazakbaeva G .

-

Doimiy tibbiy komissiyasining kotibi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xamshirasi.

 

 

 

 

 


Ko'rib chiqildi: 5678