Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» gi 2015 yil 10 apreldagi 87-sonli qarori to‘g‘risida

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING QARORI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» gi 2015 yil 10 apreldagi 87-sonli qarori to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» gi 2015 yil 10 apreldagi 87-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» gi 87-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko‘rsatilgan  qarori bilan:

a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) Vazirlar Maxkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat ko‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash xaqida" gi 2012 yil 19 dekabrdagi 355-son qarorining
1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova o‘z kuchini yukotgan deb hisoblanganligi;

v). Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda uz idoraviy normativ- xuquqiy xujjatlarini ushbu qarorga muvofiklashtirish topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari hamda idoralariga, shahar va tumanlar hokimliklariga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorida belgilangan vazifalar va talablarning ijrosini ta’minlash topshirilsin.

  1. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari J.Embergenov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Vazirlar Kengashining Raisi

 

 

B.Yangibaev

 

 

Nukus sh.,

2015 yil, 17 aprel

№98


Ko'rib chiqildi: 5163

Sahifalar