Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 18 APRELDAGI №99-SON QARORI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING QARORI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 apreldagi “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi 90-sonli qarori to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga muvofiq hamda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 apreldagi “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi 90-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Davlat soliq qo‘mitasining davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisobotlariga muvofiq shakllantiriladigan Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestrini (keyingi o‘rinlarda Sug‘urta badallarini hisobga olish reestri deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

b) fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan soliq organlariga fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lovi va sug‘urta badallari bo‘yicha soliq hisoboti tartibida belgilangan tartibda taqdim etilishi, hisobot berishi:

2015 yilning birinchi yarim yilligidan – Toshkent shahri Toshkent viloyati bo‘yicha;

2016 yilning birinchi choragidan – O‘zbekiston Respublikasining qolgan barcha hududlari bo‘yicha boshlanishi belgilanganligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga:

sug‘urta badallarini hisobga olish reestrini yuritish bo‘yicha dasturiy ta’minotni ikki oy muddatda ishlab chiqish va uni soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga joriy etilishi, shuningdek Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya  vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tgazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;

sug‘urta badallarini hisobga olish reestrini yuritish uchun zarur server asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va boshqa periferiy asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tender savdolari 2015 yil 1 avgustgacha bo‘lgan muddatda belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2016 yildan boshlab fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini joriy etish topshirilganligi;

g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh bo‘lgan mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan foiz daromadlari sotib olinadigan server asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi va boshqa periferiy asbob-uskunalarni moliyalashtirish manbasi etib belgilanganligi;

d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Davlat soliq qo‘mitasiga ikki oy muddatda o‘zlari  qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi (M.Sodiqov) va Davlat soliq boshqarmasi (M.Dostanov) bir oy muddatda o‘zlari  qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari M.Mamutov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                              B.Yangibaev

 

Nukus sh.,

2015 yil, 18 aprel

№99


Ko'rib chiqildi: 5014

Sahifalar