Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (61 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (61 KB)

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 yil, 26 APRELDAGI №129-SON QARORI

QORAQALPOG‘ISTON  RESPUBLIKASI  VAZIRLAR  KENGAShINING QARORI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-sonli Farmoni haqida

 

Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-sonli Farmoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan:

        a) xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli kimoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi, unda quyidagilar inobatga olinganligi:

tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to‘sqinlik qilish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun dav­lat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish;

xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbir­korlik faoliyatini tartibga soladigan ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish;

barcha turdagi ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘lik tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;

xususiy mulk va xususiy tadbir­korlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash;

Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik mas’ul ijrochilar - tegishli vazirliklar, idoralar, sud, huquqni muhofaza qilish va na­zorat qiluvchi organlar rahbarlariga, joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan;

- 2015 yilning 1 iyulidan shunday tartib o‘rnatilgan, unga muvofiq:

mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari fao­liyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to‘rt yilda bir martadan, boshqa xo‘jalik sub’ektlarida esa faqat O‘zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan tartibda amalga oshiriladi;

moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruv­lar o‘tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi;

tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so‘nggi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi;

qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt jalb etgan advokatlar ishtirokida (xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan ushbu huquqning rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) birinchi marta sodir et­gan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan, penya va boshka turdagi moliyaviy sanktsiyalarni to‘lagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi va u javobgarlikdan ozod qilinadi;

- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga:

tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikning qat’iy ijro etilishida qabul qilingan normalarni amaliyotga joriy etish ustidan nazoratni kuchaytirsin, tadbir­korlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun vakolatli nazorat, huquqni muhofaza qilish va vakolatli dav­lat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta’minlash;

2015 yilning 1 iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbektelekom” AK Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi va Bosh prokuratura “ishonch telefoni” bazasida davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organ­larning kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashishi, tadbir­korlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish va mulkdorlar xuquqlarining buzilishiga doir masalalar bo‘yicha murojaatlarni tunu kun qabul qilish hamda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolat­lari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish tizimini tashkil etish topshirilganligi;

- Belgilab qo‘yilgan:

tegishli da’voni ko‘rib chiqish davrida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan shikoyat qilinganda sudlarga nazorat qiluvchi organ qarori ijrosini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi;

soliq va bojxona qonunchiligi tadbirkorlik sub’ektlari tomo­nidan buzilishi bilan bog‘liq holatda ularning mol-mulklari faqat sud qarori bo‘yicha musodara qilinadi;

tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan e’tiroz qilinadigan qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlari xo‘jalik sudi qarori bo‘yicha undiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublika­si Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tadbirkorlik sub’ekt­larining qonuniy manfaat va huquqlarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik sub’ektlari da’volarini ko‘rib chiqish mudda­ti, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali tezlashtirishni ta’minlash bo‘yicha sud organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirish borasida takliflar kiritish topshirilganligi;

-2015 yilning 1 iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miq­dorida soliq to‘lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berilganligi;

Yakka tartibdagi tadbirkorlar kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga yollagan holatda kollejni bitirgandan boshlab o‘n ikki oy mobaynida yollanma ishchilar uchun belgilangan soliqdan ozod etilganligi;

- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspektsiyalari negizida tadbirkorlik sub’ektlariga “bir darcha” (keyingi o‘rinlarda “bir darcha” markazlari) tamoyili bo‘yicha dav­lat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini tashkil etish to‘g‘ri­sidagi taklifi qabul qilinganligi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga adliya organlari xodimlarining chegaralangan miqdorini saqlab qolgan holda, “bir darcha” markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish vazifalari yuklatilganligi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirli­gi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan:

2015 yilning 1 iyuliga qadar turli idoralar huzuridagi “bir darcha” xizmatlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish, “bir darcha” markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tizimga integratsiya qilish, ta’sis ho‘jjatlari va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun taqdim etiladigan boshqa hujjatlar, jumladan, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarining namunaviy shakllari ishlab chiqish topshirilganligi;

“bir darcha” markazlarining faoliyati 2016 yilning 1 yanvaridan kechiktirmasdan boshlanishini ta’minlash, shu muddatdan boshlab “bir darcha” markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga tadbirkor­lik sub’ektlaridan bevosita hujjatlar qabul qilish taqiqlanganligi;

- tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatiga olishdan tushayotgan davlat bojining jami summasi tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbir­korlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspektsiyalari daromadiga, 2016 yilning 1 yanvaridan esa “bir darcha” markazlarini moliyalashtirish manbai sifatida ular­ning daromadiga o‘tkazish, kelib tushgan mablag‘lar faqat markazlar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadlariga yo‘naltirish belgilanganligi;

- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, Adliya vazirligiga, Moliya vazirligiga, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlan­tirish davlat qo‘mitasiga, Davlat soliq qo‘mitasiga, Markaziy bankga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etish topshirilganligi  inobatga olinsin.

3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni  o‘zimga  qoldiraman.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                                         B.Yangibaev

 

Nukus sh.,

2015 yil, 26 aprel

№129


Ko'rib chiqildi: 5334

Sahifalar