Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 28 APRELDAGI №110-SON QARORI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING QARORI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 23 apreldagi “Respublikaning sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yo‘l transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 100-sonli qarori haqida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni e’zozlash yili Davlat dasturi to‘g‘risida” 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriy-kurortda sog‘lomlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 23 apreldagi “Respublikaning sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yo‘l transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 100-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) Respublikaning sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yo‘l transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasiga va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga Respublikaning sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yo‘l transportida bepul yurishni va havo transportida imtiyozli yurishni tegishli ravishda ta’minlash topshirilganligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yo‘l transportida  bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish bilan bog‘liq xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga belgilangan tartibda qoplanishi topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

3. “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” (B.Qudaynazarov) va “Nukus xalqaro aeroporti” (G‘.Radjapov)  mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Respublikaning sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yo‘l transportida bepul yurishni va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablariga rioya qilgan holda Respublikaning sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yo‘l transportida bepul yurishni va havo transportida imtiyozli yurishni belgilangan tartibda ta’minlasinlar.

 

4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-xuquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

 

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari M.Mamutov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                              B.Yangibaev

 

Nukus sh.,

2015 yil, 28 aprel

№110


Ko'rib chiqildi: 5412

Sahifalar