Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (58 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (58 KB)

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 YIL, 27 MAY №132-SON QARORI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING QARORI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 maydagi “Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aktsiyalari davlat paketlarini (ulushlarni) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 137-sonli qarori haqida

 

Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015 yil 26 yanvardagi 11-son qaroriga muvofiq, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aktsiyalari davlat paketlarini (ulushlarni) xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizimlari va tartib-qoidalari samaradorligini oshirish, shuningdek ularga doir bitimlarni sodir etishda ommaviylik va ochiq-oshkorlikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 maydagi “Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aktsiyalari davlat paketlarini (ulushlarni) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 137-sonli qarori  ijro uchun uchun rahbarlikka olinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aktsiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) xo‘jalik boshqaruvi organlariga - aktsiyadorlik kompaniyalariga zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va oxirgi ikki yil mobaynida quvvatlardan past darajada foydalanayotgan hamda respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan, ulardagi davlat ulushi ularning ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalar aniqlangan taqdirda, ushbu korxonalarning aktsiyalari paketlarini (ulushlarni) xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish masalasi bo‘yicha tegishli boshqaruv organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar (tavsiyalar) kiritish tavsiya etilganligi;

bunda zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aktsiyalari paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi, keyinchalik ushbu xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi kamaytirilishi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi;

g) vazirliklar va idoralarga bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi (M.Kosnazarov), Iqtisodiyot vazirligi (Q.Sariev), Davlat soliq boshqarmasi (M.Dostanov), Statistika boshqarmasi (S.Bekmuratov), tegishli tashkilotlar, idoralar va korxonalar, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga rioya qilgan holda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi
50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aktsiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymatida sotish  bo‘yicha tegishli korxonalarni tahlil qilib, tahlil natijalari bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun takliflarni yig‘ib, har chorak yakuni buyicha Vazirlar Kengashiga taqdim qilib borsin.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi (M.Kosnazarov), Adliya vazirligi (J.Sadыkov), manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka hamda tadbirkorlik sub’ektlariga tasdiqlangan grafik asosida joylarga chiqqan holda tushuntirish ishlarini olib borsinlar.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

6. Vazirliklar va idoralarga ikki hafta muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari M.Mamutov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                              B.Yangibaev

 

Nukus sh.,

2015 yil, 27 may

№132

 

 

 

 

 

 

 

 

Vazirlar Kengashining

2015yil “27” maydagi

132-sonli qaroriga ilova

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

 

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2003 yil 11 sentyabrdagi “Vazirlar Mahkamasining «Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va ob’ektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2003 yil 26 avgustdagi 368-son qarori haqida”gi 178/4-son qarorining 2-bandi o‘ninchi xatboshiga «past likvidli ob’ekt» so‘zlaridan keyin «shu jumladan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aktsiyalari davlat paketi (ulushi)» so‘zlari qo‘shilsin.

 

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2015 yil 30 yanvardagi “Vazirlar Mahkamasining «Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2015 yil 26 yanvardagi 11-son qarori haqida”gi 26-sonli qarorining 2-bandi
e) kichik bandning to‘rtinchi xatboshiga «quvvatlardan past darajada foydalanayotgan» so‘zlaridan keyin «sanoat va qurilish sohasidagi» so‘zlari qo‘shilsin.

 

 

 


Ko'rib chiqildi: 5126

Sahifalar