Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Qoraqalpog’iston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining funktsional vazifalari:

Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi;

  • hududning tashqi iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  • hududning iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari kontseptsiyalarini, shu jumladan chet el investitsiyalarini jalb etish va eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan eksport prognozlarini bajarilishini monitoring o‘tkazish, monitoring natijalarini tahlil qilish va korxonalar eksportini rag‘batlantirish va jonlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar va takliflarni taqdim etish;
  • hududiy korxonalarning eksport salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalar va kichik biznes sub’ektlar eksportini rag‘batlantirish takliflarni ishlab chiqish va taqdim etish;
  • hududning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga o‘z vakolati doirasida eksport faoliyatini amalga oshirishda yordam berish;
  • xududiy tasarrufdagi korxonalar va eksporterlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va olib borish;
  • hududdagi korxonalarning investitsion takliflar bazasini olib borish va chet el investitsiyalarini jalb etish dasturi doirasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni monitoring o‘tkazish;
  • potentsial chet el investorlariga hududning investitsion imkoniyatlari tzg‘risidagi ma’lumot bilan ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hududning tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlantishi va joriy holati bo‘yicha  ma’lumotlar va tahliliy materiallarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etish.


Ko'rib chiqildi: 5055