Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (71 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (71 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasining Xususiylashtirish, Monopoliyadan Chiqarish Va Raqobatni Rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi

 

Qosnazarov
Mels
Idreisovich

Qoraqalpog`iston Respublikasining Xususiylashtirish, Monopoliyadan Chiqarish Va Raqobatni Rivojlantirish Davlat Qo'mitasi

 Manzil:  230100, Nukus shahri, A.Temur kuchasi 112a uy
 Telefon:  0 (361) 222-30-03, 0 (361) 222-11-68
 E-mail:  karakalp@gki.uz, konkurentsiya@exat.uz
 Qabul
 kunlari:
 Har haftaning chorshanba kuni, soat: 15:00 – 18:00

 

Umumiy bo‘lim

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risda”gi Farmoni asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi negizida tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2013 yil 9 martdagi 72-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan qo‘yidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

hududda xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalaridagi davlatga tegishli aktivlarni hamda aktsiyalar paketlari (ulushlari)ni xususiy mulkka sotish, davlat mulkining xususiy mulk egalariga sotilishida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlovchi investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining ular tomonidan bajarilishi ustidan monitoring olib borish bo‘yicha  tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududda eng avvaalo, aktsiyadorlik jamiyatlarining kapitallashuvi va rentabelligi o‘sishini rag‘batlantirish hisobiga fond bozorini, ayniqsa ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish, tadbirkorlar va aholining xabardorligini kengaytirish, ularning birja operatsiyalarida faol ishtirokini ta’minlash bozor infratuzilmasini yanada takomillashtirish, savdolarni elektron shaklda o‘tkazishga to‘liq o‘tish chora-tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirish;

aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aktsiyadorlarning va kuzatuvchi kengashlarning rolini tubdan oshirishga, minoritar aktsiyadorlarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aktsiyadorlar oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish;

monopoliyaga qarshi samarali tartibotlar o‘rnatish hamda tovar va moliya bozorlarida raqobat cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish, raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish borish;

raqobat muhitini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida, birinchi navbatda ichki iste’mol bozorida va reklama sohasida insofsiz raqobatga chek qo‘yish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jamoat tuzilmalari bilan yaqindan muvofiqlashtirilgan holda iste’molchilarning qonuniy manfaatlari va huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;

past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish, ularni, birinchi navbatda, yangi investorlarni jalb etish, modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, yangi raqobatbardosh mahsulot turlarini o‘zlashtirish hisobiga moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va bankrort qilish borasidagi funktsiyalarni bajarish, sudgacha va sud sanatsiyasini o‘tkazish, bankrot korxonalarning tashqi boshqaruvi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

 

 

Raqobat qo‘mitasining asosiy funksiyalari

 

Raqobat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

 

a) xususiylashtirish ob’ektlarini sotishdan oldin tayyorlash va realizatsiya qilish, investorlar tomonidan majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish sohasida:

nostrategik korxonalarda davlatning ishtirokini qisqartirishni ta’minlaydi;

manfaatdor davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarini jalb etgan holda Davlat raqobat qo‘mitasining xususiylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan davlat dasturlari loyihalariga takliflar kiritadi hamda hududda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

manfaatdor davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarini jalb etgan holda xususiylashtirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

xususiylashtirish ob’ektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi va xususiylashtirishning, shu jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga bepul beriladigan ob’ektlarni xususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;

xususiylashtirish ob’ektlari, shartlari va shakllari yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarning oshkoraligi va ochiqligini ta’minlaydi, xususiylashtiriladigan korxonalar - emitentlar va ular tomonidan chiqariladigan qimmatli kog‘ozlar to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi, shuningdek mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi;

xususiylashtirish ob’ektlarining sotuvchisi funktsiyasini amalga oshiradi, ularning boshlang‘ich sotuv narxini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi,

xususiylashtirish ob’ektlarining oldi-sotdisi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi raqobat qo‘mitasi tomonidan tuziladigan bitimlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, shu jumladan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;

yangi mulkdorga xususiylashtirilgan ob’ektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qiladi va natijasi bo‘yicha  xususiy mulkdorlar tomonidan xususiylashtirish ob’ektlari sotilishining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlaydigan xususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan, mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan Davlat raqobat qo‘mitasiga takliflar kiritadi;

 

b) qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va korporativ boshqaruv sohasida:

qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga doir choralar ko‘radi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorini, shuningdek hududda ushbu bozorni rivojlantirish uchun zarur muhit va infratuzilmani shakllantirish va ularning amal qilishi jarayonlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi;

korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qiladi va korporativ munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan Davlat raqobat qo‘mitasiga takliflar kiritadi;

xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqarishni takomillashtirish, shu jumladan, ularning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;

davlat-aktsiyadorlik kompaniyalarining va ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa xo‘jalik jamiyatlarining ijroiya organi hamda kuzatuv kengashi rahbarlarining korporativ boshqarishning sifatli tizimini joriy etish bo‘yicha hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida vaqti-vaqti bilan eshitilishi uchun Davlat raqobat qo‘mitasiga o‘z takliflarini kiritadi;

v) davlat mulki ob’ektlarini tasarruf etish, shu jumladan, ularni xatlovdan o‘tkazish, hisobga olish va samarali boshqarish sohasida:

davlat korxonalari va muassasalarining, shuningdek davlat korxonalari va muassasalarini xususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan xo‘jalik jamiyatlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomidan muassisi bo‘ladi;

qonun hujjatlariga muvofiq davlat aktsiyalar paketi (ulushi) bo‘yicha xo‘jalik jamiyatlarining aktsiyadori (ishtirokchisi) huquqlarini amalga oshiradi, shuningdek ushbu huquqlarni ishonchli boshqaruvchilarga va boshqa shaxslarga berish to‘g‘risida Davlat raqobat qo‘mitasiga o‘z takliflarini kiritadi;

davlat ko‘chmas mulkini, davlat korxonalari va muassasalarini, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarini, shu jumladan, chet eldagi va davlat nomidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va boshqa davlat organlari ish ko‘radigan xo‘jalik jamiyatlarining, davlat ko‘chmas mulkini xatlovdan o‘tkazadi va hisobga oladi (xatlovdan o‘tkazish va hisobga olish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno);

davlat aktsiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi;

davlat mulki bo‘lgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi bo‘ladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat korxonalariga davlat mulkini berish yuzasidan davlat korxonalari tashkil etilishi kelishilishini amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq davlat mulkini boshqarish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, tuman va shahar hokimliklarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;

xo‘jalik jamiyatlarida davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha davlat ishonchli vakillari va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilarini, shuningdek aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqidan foydalanuvchi ("oltin aktsiya") davlat vakillarini tayinlash va ozod etish yuzasidan takliflarni Davlat raqobat qo‘mitasiga Aktsiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aktsiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi, jamiyatning biznes-rejasi parametrlari muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda esa - jamiyatning ijro etuvchi organi tarkibini o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqadi;

 

g) monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyatini nazorat qilish sohasida:

raqobatga qarshi xatti-harakatlarni va tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ning asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularning oldini oladi;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yoki shaxslar guruhlarining ustunlik mavqeini aniqlaydi, shaxslar guruhlari qatnashchilarining tarkibini aniqlaydi;

tovar yoki moliya bozorida ustunlik mavqeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tabiiy monopoliyalar sub’ektlari davlat reestrlarini shakllantiradi va yuritadi;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tashkil etish, ularni qo‘shish yoki birlashtirishda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) aktsiyalarni (ulushlarni) sotib olishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish, shuningdek tabiiy monopoliyalar sub’ektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishda tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliyalar sub’ektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar va tariflarni tahlil qiladi hamda tabiiy monopoliyalar sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining asossiz oshirib yuborilishidan va sifati pasayishidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qiladi;

tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ga va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ustama narxlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliyalar sub’ektlari va ustunlik mavqeini egallagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini narxlarni shakllantirishda deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat organlari reestrini yuritadi va e’lon qiladi;

markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishda boshlang‘ich narxlar shakllanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni insofsiz raqobatchilardan va davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilishni ta’minlaydi;

o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va ustunlik mavqeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tovar yoki moliya bozorlariga kirishini ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlari va boshqa hujjatlar ijro etilishini nazorat qiladi;

mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;

mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarining birja savdolariga qo‘yilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;

tanlov (tender) va birja savdolari o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;

tabiiy monopoliyalar sub’ektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi va majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxatini aniqlash yuzasidan takliflar kiritadi;

ustunlik mavqeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tabiiy monopoliyalarning tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

 

d) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida:

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;

iste’mol tovarlariga narxlar va xizmatlarga tariflar monitoringini olib boradi, bozorda sifatsiz iste’mol tovarlari va xizmatlar paydo bo‘lishining oldini olish choralarini ko‘radi;

jamoat tuzilmalari bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlar olib borilishini amalga oshiradi;

reklama sohasida insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik va noto‘g‘ri reklamaga barham berish maqsadida reklama bozorini tartibga solish chora-tadbirlarini ko‘radi;

davlat organlari bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga va reklama sohasida insofsiz raqobatning oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

 

e) bankrotlik, iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta o‘zgartirish va sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazorat qilish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish sohasida:

ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy holatini, shu jumladan, to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ma’lumotlar bazasini yuritish yo‘li bilan monitoring va tahlil qiladi, shuningdek manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining takliflari asosida bankrotlik taomillarini qo‘llash tashabbusi bilan chiqish, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta o‘zgartirish va ixchamlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda bankrotlik taomillarining borishi ustidan nazoratni tashkil etadi, shuningdek sudgacha sanatsiya, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv rejalarini kelishadi;

tijorat banklariga berilgan (realizatsiya qilingan) bankrot korxonalar bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib boradi;

iqtisodiy nochor korxonalarda bankrotlik yoki sudgacha sanatsiya taomillarini amalga oshirishda kreditorlarning manfaatlari va aktsiyadorlar (qatnashchilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzdor bo‘lgan korxonalarning sudgacha sanatsiyasini o‘tkazish, uzaytirish yoki muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida, shuningdek sudgacha sanatsiya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga taklif kiritadi;

tarkibiy o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik taomillari qo‘llanilgan korxonalarning qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini hamda asosiy fondlarini konservatsiya qilish va sotish masalalarini ko‘rib chiqadi va bu haqdagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taklif kiritadi;

davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan korxonalarning sudgacha sanatsiyasini uzaytirish va muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga taklif kiritadi;

zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta o‘zgartirish, ixchamlashtirish, moliyaviy sog‘lomlashtirish va sudgacha sanatsiyani amalga oshirish davrida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taklif kiritadi;

vazirliklar, idoralar, tuman va shahar hokimiyatlarining zarar ko‘rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta o‘zgartirish, moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;

tashqi boshqaruvchilarning, shuningdek davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yoxud mulkida davlat ulushi bo‘lgan sanatsiya qilinayotgan korxonalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;


Ko'rib chiqildi: 5072