Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING 2015 y. 1 APRELDAGI №49-b-SON FARMOYIShI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING FARMOYISHI

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUN HUJJATLARIGA MUVOFIQ QORAQALPOG‘ISTON RYESPUBLIKASI VAZIRLAR KYENGASHI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIGA NORMATIV TUSDAGI QAROR QABUL QILISH VAKOLATI BYERILGAN HAVOLAKI NORMALAR BO‘YICHA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINI TAYYORLASH VA QABUL QILISH CHORA-TADBIRLARI RYEJASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 iyuldagi  «Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PQ-2003-sonli qarori rahbarlikka olinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining 2015 yil 5 martdagi 5-130/7-sonli xatini ko‘rib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to‘g‘risida»gi Qonuniga asos;

1. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga normativ tusdagi qaror qabul qilish vakolati berilgan havolaki normalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va qabul qilish
chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq mas’ul etib belgilangan vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga ilovada keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarini qabul qilish zarurligi bo‘yicha har biri o‘z sohalariga oid ilgari qabul qilingan hujjatlarini 1 oy muddatda xatlovdan o‘tkazsinlar.

3. Xatlov natijalari bo‘yicha ilovada ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki mavjudlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurligini asoslovchi ma’lumotlarni ilova qilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Regalementida belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari loyihalarini tayyorlab 1 oy muddat ichida kiritsinlar.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi (J.Sadыkov) qaror loyihalarining kiritilishiga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin. 

Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                                          B.Yangibaev

 

Nukus sh.,

2015 y. 1 aprel

  №49-b

 

nbsp;nbsp;


Ko'rib chiqildi: 5285