Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING 2015 y, 20 APREL № 60-f-SON FARMOYISHI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING FARMOYISHI

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlar olishning manbai, shakl va usullarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-ahloqiy
va madaniy extiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar hamda keng axborot-resurslar bazasini yaratish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil
13 apreldagi 231-f-sonli farmoyishi ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko‘rsatilgan farmoyishi bilan:

a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston matbuot
va axborot agentligi, «ShARQ» nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani markazida 60 o‘rinli axborot-resurs markazini qurish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanganligi;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimligiga axborot-resurs markazini qurish uchun yer maydoni ajratishni ta’minlash topshirilganligi;

v) Axborot-resurs markazi qurilishiga buyurtmachi etib "O‘zbektelekom" AK belgilanganligi;

g) Axborot-resurs markazining:

loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari – «O‘zbektelekom» AK hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar mablag‘lari hisobidan;

yangi axborot-kutubxona va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy ta’minotlarini joriy etish hamda moddiy texnika bazasi bilan ta’minlash O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot-resurs markazi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;

atrofini obodonlashtirish va tashqi muxandislik-kommunikatsiyalarini qurish ishlari - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimligi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi;

d) «O‘zbektelekom» AK:

loyiha-qidiruv ishlarini 2015 yil 15 mayga hamda qurilish-montaj va jihozlash ishlarini 2015 yil 31 noyabrga qadar yakunlashni ta’minlash;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda axborot- resurs markazining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi bo‘yicha eng maqbul (optimal) texnik-shart ishlab chiqish;

e) Axborot-resurs markazi qurilishi yakunlangandan keyin uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilishi va ushbu binodan samarali foydalanishini ta’minlash;

j) O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va "ShAPQ" nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi axborot-resurs markazini turli mavzu
va yunalishdagi kitob va albomlar hamda boshqa turdagi bosma mahsulotlar bilan doimiy ravishda ta’minlab borish;

z) O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi axborot-resurs markazining loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda qurilish-montaj ishlarining borishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatish topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimligiga:

«Beruniy tumani markazida 60 o‘rinli axborot-resurs markazi»ni qurish uchun yer maydoni ajratishi va buyurtmachi «O‘zbektelekom» AK ga belgilangan tartibda bekitib berish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda atrofini obodonlashtirish va tashqi muxandislik-kommunikatsiyalarini qurish ishlarining eng maqbul (optimal) texnik-shart ishlab chiqish, loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish hamda qurilish-montaj ishlarining borishini ta’minlash;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirligi bilan birgalikda atrofini obodonlashtirish va tashqi muxandislik-kommunikatsiyalarini qurish ishlarini moliyalashtirish masalalarini hal etish;  

loyiha-qidiruv ishlarini 2015 yil 15 mayga hamda qurilish-montaj va jihozlash ishlarini 2015 yil 31 noyabrga qadar yakunlashni ta’minlash maqsadida tarmoq jadvalini ishlab chiqish topshirilsin.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Halq ta’limi vazirligi Axborot-resurs markazi qurilishi yakunlangandan keyin operativ boshqarish huquqi asosida bepul balansiga qabul qilib olishi va ushbu binodan samarali foydalanishni ta’minlasinlar.

5. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari J.Yembergenov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

       B.Yangibaev

 

Nukus sh.,

2015 yil, 20 aprel

№ 60-f


Ko'rib chiqildi: 4752