Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (61 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (61 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2015 yil, 5 may №76-b-son farmoyishi

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING FARMOYISHI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 apreldagi 20-a-sonli Rayosati majlisining 5-bandiga muvofiq Sirdaryo viloyatining Xovos tumani misolida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tizimidagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashning yo‘nalishlari bo‘yicha shahar va tumanlarda maxsus o‘quv-kurslarini tashkil etish to‘g‘risida

 

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tizimidagi kasb-hunar kollejlar bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini oshirish maqsadida:

1. Sirdaryo viloyatining Xovos tumani misolida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tizimidagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash yuzasidan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi shtab tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Tuman (shahar)lar kesimida Sirdaryo viloyati Xovos tumani misolida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tizimidagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ish bilan band bo‘lishini va o‘z biznes yo‘nalishini tashkil qilishdagi barcha jarayonlarni har bir yigit qizga birma-bir oddiy tilda yetkazib berishni ta’minlovchi ishchi guruhlar tarkiblari 2-ilovaga muvofiq;

Sirdaryo viloyatining Xovos tumani misolida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tizimidagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha shahar va tumanlarda o‘quv-kurslarini tashkil etish grafigi 3-ilovaga muvofiq;

Sirdaryo viloyatining Xovos tumani misolida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tizimidagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha shahar va tumanlarda o‘quv-kurslarini tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatish va amalga oshirilayotgan ishlarning samarali tashkil etilishini nazorat qilish bo‘yicha shahar va tumanlarga biriktirilgan mas’ullar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;

Sirdaryo viloyati Xovos tumani misolida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tizimidagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ish bilan band bo‘lishi va o‘z biznes yo‘nalishini tashkil qilishdagi barcha jarayonlarni har bir yigit qizga birma-bir oddiy tilda yetkazib berish bo‘yicha shahar va tumanlarda o‘quv-kurslari talab darajasida o‘tkazilishini o‘rganib boruvchi monitoring guruh tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Shahar va tumanlar hokimlariga:

tuman (shahar) miqyosida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash yuzasidan biriktirilgan mas’ullar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;

kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini davomati, ta’lim sifati, kadrlar bilan ta’minlanishini nazorat qilib borish hamda bitiruvchilarning korxona, tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi va ularni kelgusida ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama “korxona-bitiruvchi-kollej” shartnomalar belgilangan tartibda imzolanishini nazoratga olish;

tuman (shahar)dagi korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etilishida yordam berish;

ish bilan ta’minlangan bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlarni har bir kasb-hunar kolleji va ta’lim yo‘nalishlari kesimida shakllantirilishini ta’minlash;

kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari amaliyotini o‘tashi uchun korxona, tashkilotlarda yetarli sharoit yaratish hamda amaliyot o‘tash jadvalini korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq holda tashkil etishni ta’minlash;

bitiruvchilarni o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishini nazorat qilish vazifalari yuklansin.

3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

tasdiqlangan rejaga muvofiq kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish va har uch kunda Respublika Shtabiga axborot berib borish;

bitiruvchilar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar bankini shakllantirish, korxona va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda bitiruvchilarning amaliyotini tashkil etish va yetarli shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash;

bitiruvchilarni ish bilan band bo‘lishi va o‘z biznes yo‘nalishini tashkil qilishdagi barcha jarayonlarni tushuntirish bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv kurslarining namunaviy dasturlarini ishlab chiqish;

bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish hamda egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni aks ettiruvchi yagona shakldagi “Microsoft office Access” dasturiga kiritilishni ta’minlash va haqiqatda ishlayotganligi bo‘yicha monitoring olib borish;

tuman (shahar)lar, kasb-hunar kollejlari kesimida bitiruvchilar biriktirilgan korxona, tashkilotlar va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan bitiruvchilar ro‘yxatlari shakllantirilishini nazorat qilish;

bitiruvchilarni ish bilan band bo‘lishi va o‘z biznes yo‘nalishini tashkil qilishdagi barcha jarayonlarni tushuntirish bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv kurslarining namunaviy dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv soatlarini belgilash;

har bir bitiruvchining korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi va ularni kelgusida ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama “korxona-bitiruvchi-kollej” shartnomalarni imzolashni ta’minlash;

ish bilan ta’minlangan bitiruvchilarni haqqiqatda ishlayotganligi bo‘yicha monitoringini olib borish;

ish bilan ta’minlangan bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlarni har bir tuman (shahar)lar kesimida shakllantirish va Vazirlar Kengashiga kiritib borilishini amalga oshirsin.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman (shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda:

bitiruvchi qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilot va mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;

kollej o‘quvchi qizlarining erta turmushga chiqishining oldini olish borasida bitiruvchilar va ota-onalar o‘rtasida tegishli tushuntirish targ‘ibot ishlarini o‘tkazilishini nazorat qilish;

kasb-hunar kollejlari bitiruvchi qizlarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, aniq tashkilotlarga – ish beruvchilarga biriktirish va kelgusida egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni ta’minlash;

hudud salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bitiruvchi qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish imkoniyatlarini oshirish yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish;

bitiruvchi qizlarni o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishini nazorat qilishni amalga oshirsin.

5. O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, tuman (shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda:

kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish yuritishini tashkil etishda, biznes rejalar tuzishda, belgilangan tartibda davlat idoralaridan ro‘yxatdan o‘tishda amaliy yordam ko‘rsatish va ularga yanada yengilliklar yaratishda ko‘maklashish;

kasb-hunar kollejlarida yosh tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazib borish;

mikrofirmalar va kichik korxonalarga berilgan imtiyozlarni tushuntirish va kichik biznes sub’ektlarining ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga doir loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

muvafaqiyatli va moliyaviy barqaror tadbirkorlar tomonidan kollej va litsey bitiruvchilaridan tadbirkorlikka intilayotgan tashabbuskor yoshlarning istiqbolli biznes g‘oya va loyihalarini tanlab olinishi, ularni amalga oshirishda tavakkalchilikni to‘liq o‘z zimmasiga olish, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish, kafillik va kafolatlarni berish va olinayotgan kreditlar uchun mol-mulkni garovga qo‘yish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda shu singari yosh tadbirkorlarga boshqa amaliy yordamlar ko‘rsatilishini ta’minlash vazifalari yuklansin.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi, tuman (shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda:

tadbirkorlikning barcha shakllari bo‘yicha belgilangan soliq to‘lovlarining miqdorlari (yagona soliq, yagona ijtimoiy to‘lov, daromad solig‘i, foyda solig‘i, yer solig‘i), ijara to‘lovlari va boshqa majburiy ajratmalar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkillashtirish;

tuman (shahar)lardagi barcha bitiruvchilarga Soliq organlarida INN raqamlari ochilishini nazorat qilish;

Soliq organlaridan INN raqamlari olish, tegishli hujjatlarni to‘ldirish, hisob raqamlaridagi mablag‘larni elektron tarzda ko‘rish, xodimlarning soliq majburiyatlari, daromad solig‘i miqdorlari, xodimning ish haqqidan majburiy ajratmalar ajratilishi o‘rgatilishini va hududdagi barcha bitiruvchilarga INN raqamlari ochilishini ta’minlash vazifalari yuklansin.

7. Mazkur farmoyishning ijrosi ta’minlanishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Respublika Shtab rahbari M.Mamutov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                             B.Yangibaev

 

Nukus sh.,

2015 yil, 5 may

№76-b


Ko'rib chiqildi: 4799