Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2015 yil 6 apreldagi 82-son Qarori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qarori 

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida»gi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida 

 

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonunlariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 mart kungi 73-sonli “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  qaror qiladi:

 

         1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 mart kungi 73-sonli “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida»”gi Qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

         2. “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

         3.  Vazirliklar va idoralar, shahar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda:

         ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

         o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

         4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.       

 

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                                B.Yangibaev

 


Ko'rib chiqildi: 4749

Sahifalar