Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (59 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (59 KB)

II-CHORAK

2015 yil yanvar-iyunda chakana tovar aylanmasi 1020,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112,8 foizga o‘sdi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkchilik shakllari bo‘yicha chakana tovar aylanmasi quyidagicha ifodalanadi:

 

Mlrd. so'm

2014 yil yanvar-iyunga nisbatan foiz
hisobida

Yakunga
nisbatan foiz
hisobida

Jami

1020,0

112,8

100,0

  shu jumladan mulkchilik shakllari bo'yicha:

 

   
  davlat mulki

0,8

2,2

0,1

  nodavlat mulki

1019,2

112,7

99,9

Umumiy ovqatlanish sohasining tovar aylanmasi 25,3 mlrd. so‘mga yetdi yoki 2014 yil yanvar-iyunga nisbatan 125,9 foizga o‘sdi.

Aholiga ko‘rsatilgan pulli xizmatlar hajmi 484,1 mlrd. so‘mni, uning real o‘sishi esa 2014 yil yanvar-iyunga nisbatan 110,8 foizni tashkil qildi.
Aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatishning asosiy qismi rasmiy sektor tomonidan amalga oshirilib (69,7 foiz), bu sektorda xizmatlar hajmi amaldagi narxlarda 337,6 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati esa 108,9 foizni tashkil qildi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 115,4 foizga o‘sib, 146,5 mlrd. so‘mni, pulli xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi esa 30,3 foizni tashkil etdi.
Aholiga ko‘rsatilgan umumiy pulli xizmatlar hajmida nodavlat sektori ulushi 87,6 foizni tashkil qildi (2014 yil yanvar-iyunida 86,7 foizni tashkil etgan).

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mulkchilik shakllari bo'yicha aholiga ko'rsatgan xizmatlar hajmi quyidagicha ifodalanadi:

 

 

Mlrd. so'm

Yakunga
nisbatan foiz
hisobida

Ma'lumot uchun: 2014 yil
yanvar-iyunga nisbatan
foiz hisobida

Jami

484,1

100,0

110,8

  davlat mulki

60,0

12,4

101,9

  nodavlat mulki

424,1

87,6

110,9

 

Pulli xizmatlar umumiy hajmida maishiy xizmatlar 13,8 foizni yoki 66,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Ularning real hajmi 2014 yil yanvar-iyunga nisbatan 115,9 foizga oshdi. Maishiy xizmatlarning 90,4 foizi xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilib, ushbu sektorning xizmatlar hajmi dastlabki baholanganda 60,4 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati esa 116,5 foizni tashkil qildi.

2015 yil yanvar-iyunga iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar hajmi 1324,0 mlrd. so‘mni, shu jumladan qishloq joylarida 413,4 mlrd. so‘mni yoki umumiy ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 31,2 foizini tashkil qildi. 2014 yil yanvar-iyunga nisbatan real o‘sish 116,3 foizga to‘g‘ri keldi.

2015 yil yanvar-iyunida xizmatlar ishlab chiqarish turlari bo'yicha (amaldagi narxlarda) quyidagicha ifodalanadi:

 

 

Mlrd. so'm

2014 yil yanvar-iyunga nisbatan foiz
hisobida

Yakunga
nisbatan foiz
hisobida

Xizmatlar-jami

1324,0

116,3

100

  Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari

98,8

120,7

7,5

  Komp'yuter dasturlari bilan bog'liq xizmatlar

0,8

114,4

0,1

  Moliyaviy xizmatlar

97,9

133,1

7,4

  Transport xizmatlari

345,4

112,3

26,1

  Qurilish xizmatlari

142,9

125,2

10,8

  Texnologik qurilmalarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bo'yicha xizmatlar

5,2

111,3

0,4

  Qishloq xo'jaligi texnikalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bo'yicha xizmatlar

2,7

123,3

0,2

  Sayyohlik xizmatlari (mehmonxona xizmatlarini qo'shgan holda)

1,7

108,8

0,1

  Savdo va umumovqatlanish xizmatlari

255,8

118,4

19,3

  Maishiy xizmatlar

83,5

116,6

6,3

  Ta'lim sohasidagi xizmatlar

46,8

105,1

3,5

  Sog'liqni saqlash sohasida xizmatlar

9,9

132,0

0,7

  Qishloq xo'jaligi sohasidagi xizmatlar

10,1

108,3

0,8

  Boshqa bozor xizmatlari

222,5

109,1

16,8

 

Xizmat ko‘rsatishda eng katta ulush transport (jami xizmatlarning 26,1 foizi), savdo va umumovqatlanish (19,3 foizi), moliyaviy (7,4 foizi) va boshqa xizmatlar (16,8 foiz)ga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, sayyohlik xizmatlari (mehmonxona xizmatlarini qo‘shgan holda) (0,1 foiz), sog‘liqni saqlash (0,7 foiz), qurilish xizmatlari (10,8 foiz), moliyaviy (7,4 foiz), kompyuter dasturlari bilan bog‘liq xizmatlar (0,1 foiz) qishloq xo‘jalik texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish (0,2 foiz), qishloq xo‘jaligi sohasidagi xizmatlar (0,8 foiz), maishiy (6,3 foiz) xizmatlarida o‘sish yuqori bo‘ldi.

 

 


 


Ko'rib chiqildi: 3849