Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (69 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (69 KB)

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yilning 1 aprel holatiga respublikada doimiy aholi soni 1822,4 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 4,9 ming kishiga yoki 100,3 foizga ko'paydi.

Aholining tabiiy o'sishi 5886 kishini tashkil etdi.

2017 yil yanvar-martda migratsiya saldosi, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, -937 kishini tashkil qildi.

Aholining tabiiy harakati 2017 yil yanvar-martda quyidagicha ifodalanadi:

Туғилганлар

7913

7865

-48

17,7

17,5

Ўлганлар

1712

1979

267

3,8

4,4

шу жумладан бир ёшгача болалар

122

129

7

12,0

13,3

Табиий ўсиш

6201

5886

-315

13,9

13,1

Никоҳлар

3481

3748

267

7,8

8,4

Ажралишлар

245

328

83

0,5

0,7

 

Tug'ilish darajasi. 2017 yil yanvar-martda tug'ilganlar soni 7865 kishini tashkil qildi va o'tgan yilning shu davriga nisbatan 48 kishiga kam yoki 99,4 foiz bo'lib, tug'ilish koeffitsienti 17,7 promilledan 17,5 promillega kamaydi.

Tug'ilish darajasining kamayishi respublikaning deyarli barcha hududlarida qayd etildi. Bu ko'rsatkichning yuqori darajasi Kegeyli (18,8 dan 15,6 promillega), Chimboy (18,7 dan 16,5 promillega) Qorauzak (17,6 dan 15,7 promillega) va Shumanay (15,6 dan 13,3 promillega) tumanlarida kuzatildi.

O'lim darajasi. 2017 yilning yanvar-martida o'lganlar soni 1979 kishini tashkil qildi va 2016 yil yanvar-martga nisbatan o'lganlar soni 267 kishiga yoki 5,6 foizga ko'paydi. O'lganlar sonining ko'payishi Taxtako'pir (4,6 dan 6,1 promillega), Qonliko'l (3,7 dan 5,1 promillega), Mo'ynoq (2,5 dan 4,2 promillega), va Ellikqal'a (2,2 dan 3,7 promillega) tumanlarida kuzatildi.

Eng ko'p o'lim hollari Taxtakupir tumanida (6,1 promille), eng kam o'lim holatlari Shumanay (3,0 promille) tumanida kuzatildi.

O'lganlar umumiy sonidan 55,7 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,6 foizi - o'sma kasalliklaridan, 6,2 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan, 5,8 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan va 4,9 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan vafot etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yilning yanvar-martida bir yoshga to'lmagan 129 ta bolalar o'limi kuzatildi. Bolalar o'limi koeffitsienti 13,3 promilleni tashkil qildi (2016 yilning yanvar-martida 12,0 promille).

Bir yoshgacha o'lgan bolalarning umumiy sonidan 72,9 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 15,5 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 1,6 foizi – tug'ma anomaliyalardan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Nikoh va ajralishlar. 2017 yil yanvar-martda 3748 ta nikoh ro'yxatga olindi, ajralishlar soni esa 328 tani tashkil qildi. Bu ming aholiga 8,4 nikoh va 0,7 ajralishlar to'g'ri kelmoqda (2016 yil yanvar-mart mos ravishda 7,8 va 0,5).

Migratsiya. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo'yicha ko'chib kelganlar soni 3323 kishini, shu davr mobaynida ko'chib ketganlar soni esa 4260 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig'i minus 937 kishiga (2016 yilning shu davrida minus 880 ) teng bo'ldi.

Eng katta minus qoldiqlar Chimboy (minus 224), Amudaryo (minus 107), va Xo'jayli (minus 106) tumanlarida kuzatildi.

Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2016 yil yanvar-martga nisbatan 1,3 foizga ko'payib, 1049,1 ming kishini yoki respublika doimiy aholisining 57,6 foizini tashkil qildi.

2017 yil yanvar-martda bandlikka ko'maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so'rab 4304 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Nukus (727 kishiga) shahrida, Beruniy (575 kishiga), Xo'jayli (309 kishiga), Qo'ng'irot (413 kishiga), Amudaryo (308 kishiga) va Ellikqal'a (303 kishiga) tumanlarida ko'p.

Bandlikka ko'maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 3821 nafari (barcha murojaat etganlarning 88,8 foizi) ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko'rsatkich, Qonliko'l (murojaat etganlarning 100,0 foizi), Ellikqal'a (99,0 foiz), Taxtako'pir (98,0 foiz), Beruniy (96,4 foiz) va Shumanay (96,1 foiz) tumanlarida yuqori darajada bo'ldi.

Bandlikka ko'maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

(киши)


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Даслабки маълумот

 

 1000 туғилганларга


Ko'rib chiqildi: 4593