Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (60 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (60 KB)

O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi shahar va tumanlaridagi ta`lim muassasalarida madaniyat va san`at namoyondalari tomonidan o`tkazilgan “Kim edigu kim bo`ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ`ibot tadbirlarining yakuni bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.R.Sarievning

 

KIRISH SO`ZI
 

2016 yil 21 oktyabr soat 17-00             Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat
                                                                      
musiqali teatri

 

Assalomu alaykum  hurmatli Yoshlar,
aziz mehmonlar, madaniyat va san`atimiz namoyondalari!

O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimovning xalqimiz Vatanimiz tarixida yangi jamiyat barpo etish yo`lini ochib bergan buyuk tarixiy voqea- O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi bayrami Respublikamizning shahar, tumanlari va chekka olis ovullarda ko`tarinki ruhta belgilanmoqda.

O`tgan tarixan qisqa davrda amalga oshirgan keng ko`lamli islohotlarimiz samarasini, qo`lga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy ko`z bilan sarhisob qilish, oldimizga qo`ygan oliy maqsad – eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi. 

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 fevraldagi 29-sonli majlis bayoniga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ta`lim muassasalarida joriy yilning mart-dekabr` oylari davomida madaniyat va san`at namoyondalari, shoir, yozuvchilar  va ma`naviyat-targ`ibotchilarning ishtirokida “Kim edigu kim bo`ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ`ibot tadbirlarini ko`tarinki ruhta o`tkazilmoqda.

Barchamizga ma`lum, yoshlarimizning sog`lom va barkamol bo`lib voyaga etishlari ayniqsa, ma`naviy kamoloti uchun mustaqillik yillarida munosib zamin yaratildi va bu jarayon ayni paytda qizg`in davom etmoqda. Jahon miqyosida o`tkazilayotgan anjumanlar, turli tanlovlarda O`zbekiston farzandlarining kimligini dunyoga ko`rsatib qo`yayotgan iste`dodli, bilimli yoshlarimizning yutuqlari fikrlarimizni tasdiqlaydi.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Mazkur tadbirlarni Qoraqalpog`iston Respublikasida o`tkazishga O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Madjitovich Ahmedovga,  Oliy va o`rta maxsus ta`limi, Xalq ta`limi vazirliklari, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi, “O`zbekkino” milliy agentligi, “O`zbeknavo” estrada birlashmasi, “O`zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda Yoshlar madaniyat va san`at markazi rahbarlariga hamda Respublikamizga tashrif buyurgan  madaniyat va san`at namoyondalari, shoir, yozuvchilar  va ma`naviyat-targ`ibotchilarning ishtirok etganliklaringiz uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorgi Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz va Sizlarga mustahkam sog`lik, ijodiy ishlaringizda katta muvafaqqiyatlar, oldingizga qo`ygan maqsadlaringizga erishishda tolmas kuch-g`ayrat va omad tilashga ruxsat etgaysizlar!

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Ushbu tadbirlarda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari yozuvchi G`ofur Eshmurodov, Qoraqalpog`iston xalq shoiri Muzaffar Ahmad, “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri, Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, adib Qo`chqor Norqobil,  O`zbekiston xalq artisti Aziza Begmatova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Bahodir Nishanov, Sayda Rametova, Turg`un Beknazarov, Mehmonali Salimov, Ma`suda Otajonova, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Malika Egamberdieva, Manzura Yo`ldasheva, taniqli estrada xonandalari, “Afro`z” guruhlari, “Gapyo`q” so`z ustalari va boshqa taniqli madaniyat va san`at namoyondalaridan iborat 80 nafarga yaqin taniqli san`atkorlar va estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, shoir va yozuvchilar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, Ushbu tadbirlar joriy yilning 16-21 oktyabr` kunlari Respublikamizning 15 ta shahar va tumanlarda, ya`ni 150 tadan ortiq umumta`lim maktablarida, 75 tadan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, belgilangan rejaga qo`shimcha ravishda Nukus shahrida joylashgan 2 ta harbiy qismda, paxta yig`im-terimida ishtirok etayotgan terimchilar, shuningdek tumanlardagi madaniyat va aholi dam olish markazlarida uyushmagan aholi bilan targ`ibot tadbirlari yuqori saviyada o`tkazildi. Mazkur tadbirlarga 80 mingdan ortiq yoshlarimiz ishtirok etishdi.

Joylarda o`tkazilgan tadbirlarda o`quvchi va talaba-yoshlarning yoshi va psixofiziologik jihatlaridan kelib chiqib, oldindan ishlab chiqilgan tashkil qilindi.

O`quvchi va talaba yoshlarga mustaqillikka qadar bo`lgan davr va mustaqilikdan so`ng erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlarni solishtirib, “jonli misollar” bilan ta`sirchan ruhda gapirib berdilar.  Yoshlar orasidan vakillar ham so`zga chiqib, bugungi kunda xalqaro musobaqa va tanlovlarda erishgan yutuqlari, yaratilgan imkoniyatlar to`g`risida so`zlab, tengdoshlarini yaratilgan imkoniyatlardan to`liq foydalanishga,  Vatanga, jamiyatga munosib farzand bo`lishga chaqirdilar.

Shuningdek, o`tkazilayotgan tadbirlar davomida joylardagi ta`lim muassasalarida:

- yurtimizda mustaqillikkacha bo`lgan davr hamda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarni aks ettiruvchi “Kim edigu kim bo`ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli fotoko`rgazmalar;

“Kim edigu – kim bo`ldik” degan shiorning mazmun-mohiyatini ochib berilishiga, mustaqillik yillarida mamlakatimizda turli sohalarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash borasida olib borilayotgan ishlar, bugungi kunda dunyoning turli davlatlarida yuz berayotgan notinchliklar, diniy ekstremistik xunrezliklar, ularning ortida turgan kuchlar va ularning g`arazli maqsadlarini ochib berishga qaratilgan, yoshlarni vatanparvarlikka undovchi, tinchlik va osoyishtalikni ko`z qorachig`idek asrashga da`vat etuvchi “Marra bizniki” nomli videorolik namoyishi tashkil etildi.

Tadbirlar O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Axborot”, “Davr” informatsion dasturlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi  teleradiokompaniyaning «Assalam Qaraqalpaqstan»,  “Xabar” (O`zbekcha va qoraqalpoqcha) dasturlari, «Jaslar waqti», «Haptelik» «Munasibet»   informatsion dasturlari orqali keng yoritilmoqda.

Tadbirlarda O`zbekiston milliy axborot agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi axborot xizmati xodimlari, “erkin Qaraqalpaqstan” va “Vesti Karakalpakstana” gazetalari muxbirlari, “Madeniyat ham sport”, “Qoraqalpog`iston tongi”, “Qaraqalpaqstan jaslari”, “Ustaz joli” gazetalari muxbirlari ishtirok etdi. Tadbir tafsilotlari mazkur ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Shuningdek, joylarda o`tkazilgan targ`ibot tadbirlari www.mcs.uz, www.yoshlarmarkazi.uz, qqr.mcs.uz, www.kamolot.uz, saytlarida muntazam yoritilib borilmoqda.

Targ`ibot tadbirlari o`z navbatida internetdagi “instagram”, “facebook”  ijtimoiy tarmog`idagi sahifalarida onlayn ravishda yoritilmoqda.

Hurmatli yoshlar, aziz mehmonlar!

Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, Zero, hayotimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan, zimmalaridagi mas`uliyatni chuqur his etayotgan yosh yigit-qizlarimizni ko`rganda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning chinakam davomchilari voyaga etayotganligiga ishonch bilan hosil qilamiz. Bu yo`lda hurmatli aziz yoshlarga kuch-g`ayrat, shijoat hamda respublikamizga kelgan madaniyat san`at namoyondalarining oilalariga baxt va  ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolaman.

 

E`tiborlaringiz uchun rahmat!


Ko'rib chiqildi: 4428

Sahifalar