Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirishga qo‘yiladigan asosiy talablar va uning tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar

1.  Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilish tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bilan tashkil etiladigan xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 

2.  Qabul komissiyasi haftada ikki marta ya’ni,  seshanba va juma kunlari bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish masalasida fuqarolarni qabul qiladi. 

3.  Maktabgacha ta’lim muassasasiga yo‘llanma olish uchun ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
a) maktabgacha ta’lim muassasiga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma berish to‘g‘risida ariza;
b) bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasining nusxasi;
v) bolaning otasi yoki onasining pasporti nusxasi;
g) turar joyidan shu manzilda ushbu oilaning yashashi haqida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ma’lumoti;
d) ota-onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) ish joyidan ma’lumotnoma (ishlamaydigan ota-onalar bundan mustasno)

Qabul komissiyasiga hujjatlar topshirilayotgan vaqtda ushbu bandning "b” va "v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning asli solishtirish uchun taqdim qilinadi va hujjatlar qabul qilingandan so‘ng egasiga qaytariladi. 

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2007 yil 25 oktyabrdagi 225–sonli Qaroriga muvofiq quyidagi bolalar: 
I va II guruh nogironlari;
ko‘p bolali oilalarning bolalari;
harbiy xizmatchilarning bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar. 

5. Maktabgacha ta’lim muassasiga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) qabul komissiyasiga 3-bandda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni qo‘shimcha ravishda taqdim etadi: 
a) I va II guruh nogironligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
b) ko‘p farzandli oila ekanligi to‘g‘risida turar joyidagi fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan ma’lumotnoma;
v) talabalar uchun ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma;
g) homiylar to‘g‘risida – maktabgacha ta’lim muassasasining rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan homiylik yordami ko‘rsatilganligi haqidagi dalolatnoma;
d) pedagoglar – ish joyidan ma’lumotnoma. 


Ko'rib chiqildi: 5346