Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (65 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (65 KB)

 

Xotin-qizlar o`rtasida ma`naviy–ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularning sog`lig`ini mustahkamlash va tibbiy madaniyatini oshirish, kasb–hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ularning turli diniy ekstremistik oqimlar ta`siriga tushib qolishining oldini olish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish va muammoli masalalarni hal etish yuzasidan Kompleks rahbarining shaxsiy mas`uliyati to`g`risida

 

Bugungi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasida ham har xil millat vakillari totuvlikda yashamoqda. Ular jamiyatimizning har xil sohalarida yagona g`oya atrofida jamlashib, Vatanimizning rivojlanishi yo`lida o`zlarining fidokorona ulushlarini qo`shib kelmoqda.

Bugungi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 ming 250 nafardan ziyod xotin-qiz turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 4 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga 12 nafar, shahar va tuman Kengashlariga 85 nafar xotin-qiz deputat etib saylangani ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilayotgan ulkan e`tiborning amaliy ifodasidir. Hozirgi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasida ilm-fan taraqqiyoti yo`lida samarali mehnat qilayotgan 168 nafar olima ayollar, 12 mingdan ortiq tadbirkor ayollar, 200 ga yaqin hunarmand ayollar, 261 nafar fermer ayollar, 397 nafar diniy ma`rifat va ma`naviy axloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchilari mamlakatimiz ravnaqi yo`lida o`zlarining hissalarini qo`shmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ishlangan 2016 yil “Bandlik” dasturi bo`yicha  ayollar uchun 20444 ta yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi bandligini ta`minlash Dasturi tasdiqlandi.

Tasdiqlangan dasturga ko`ra 2016 yil davomida xotin-qizlar uchun 20528 yangi ish o`rinlarini tashkil etilib,  reja 100,4 foizga bajarilgan.

Belgilangan reja barcha tuman va shaharlarda to`liq bajarilishiga erishildi.

Shu jumladan, maqsadli dasturlarga muvofiq 4563 ish o`rinlari tashkil etish rejalashtirilgan bo`lib, haqiqatda 4577 ta ish o`rinlari tashkil etilib, reja 100,3 foizga bajarilgan.

Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobidan 9406 ish o`rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo`lib, haqiqatda 9406 ta ish o`rinlari tashkil etilib, reja 100,0 foizga bajarilgan.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 2205 ish o`rinlari tashkil etish rejalashtirilgan bo`lib, haqiqatda 2239 ta ish o`rinlari tashkil etilib, reja 101,5 foizga bajarilgan.

Uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish hisobidan 951 ish o`rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo`lib, haqiqatda 961 ta ish o`rinlari tashkil etilib, reja 101,1 foizga bajarilgan.

Dexqon va fermer xo`jaliklarini rivojlantirish hisobidan 3319 ish o`rinlari tashkil etish rejalashtirilgan bo`lib, haqiqatda 3345 ta ish o`rinlari tashkil etilib, reja 100,8 foizga bajarilgan.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 330 ish o`rinlari tashkil etish rejalashtirilgan bo`lib, haqiqatda 334 ta ish o`rinlari tashkil etilib, reja 101,2 foizga bajarilgan.

Milliy hunarmandchilikni rivojlantirish hisobidan 123 ish o`rinlari tashkil etish rejalashtirilgan bo`lib, haqiqatda 125 ta ish o`rinlari tashkil etilib, reja 101,6 foizga bajarilgan.

Mehnat shartnomasi asosida korxonalar bilan kooperatsiyada 292 ish o`rinlari tashkil etish rejalashtirilgan bo`lib, haqiqatda 292 ta ish o`rinlari tashkil etilib, reja 100,0 foizga bajarilgan.

Ishsiz xotin-qizlarni aniqlash va ularning bandligini ta`minlash maqsadida Xotin-qizlar qo`mitalari tomonidan mahalla maslahatchilari bilan birgalikda joylarda ishsiz ayollar ro`yxatlari shakllantirilib, har oyda yangilanib borilmoqda.

Fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida 2016 yil davomida Xotin-qizlar qo`mitalari hamkorligida 100 ta bo`sh ish o`rinlari yarmarkalari tashkil qilindi. Yarmarkalarga korxona va tashkilotlardan 10208 bo`sh ish o`rinlari taklif etildi. Ushbu yarmarkalarga 3493 ishsiz ayollar jalb etilib, shundan 1514 ishsiz ayollarga ishga joylashish uchun yo`llanma berilib, 1979 nafar xotin-qizlarga mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari bo`yicha maslahatlar berildi.

2016 yil davomida shahar, tumanlardagi bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga jami 8523 nafar xotin-qizlar ish qidirib, murojaat qilgan bo`lsa 8297 nafari ishga joylashtirildi, 136 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlangan, 405 nafari haq to`lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 135 nafari qayta kasbga tayyorgarligiga yuborilgan.

2017 yil uchun Qoraqalpog`iston Respublikasida jami 38668 nafar aholiga, shu jumladan 15962 nafar xotin-qizlarga yangi ish o`rinlari yaratilishi ko`zda tutilgan.

Tadbirkor ayollarni qo`llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 1961 nafar tadbirkor ayolga jami 67427,9 mln.so`m kredit mablag`lari ajratildi.

Bundan tashqari, Koraqalpog`iston Respublikasi “Tadbirkor ayol” O`zbekiston Ishbilarmon ayollar uyushmasi Qoraqalpog`iston bo`limi bilan birgalikda xotin-qizlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash maqsadida “O`z biznesingi boshla”, “Oilaviy tadbirkorlikni tashkillashtirish” mavzularida tadbirlar tashkil etildi. O`tkazilgan tadbirlarda jami 3600 nafar xotin-qizlar ishtirok etishdi.

2015-2016 o`quv yilida 93 ta kasb-xunar kollejlarini jami 11345 nafar bitiruvchi qizlardan, bugungi kunga kelib 10839 nafari qizlar ya`ni  95,5% ining bandligi ta`minlangan. Shundan, ish bilan ta`minlangan 10432 nafar qizlardan  biriktirilgan korxonalarga 7072 nafari va boshqa korxonalarga 3360 nafari ishga joylashtirilgan, ishga joylashgan qizlarning 4775 nafari o`z mutaxassisligi bo`yicha ishga joylashgan hamda 407 nafar qizlar oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirgan.

2016-2017 o`quv yilida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini jami 24332 nafar o`quvchi bitirib chiqishi kutilayotgan bo`lsa, shundan 11828 nafari qizlar.

Bundan tashqari, 2016 yil davomida tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o`z biznesini boshlash uchun 2014-2016 yillarda kasb-hunar kollejlarini bitirgan qizlarning 553 nafari uchun 4,9 mlrd so`m miqdorida imtiyozli kredit mablag`lari ajratilgan bo`lib, shundan 2015-2016 yillarda kasb-hunar kollejlarini bitirgan 142 nafar qizlar uchun 1,3 mlrd.so`m ajratilib, bugungi kunda bu qizlarimiz ham o`z tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborgan.

Aholi, ayniqsa, ota-onalarning va xotin-qizlarning ma`naviy va tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko`lamli tushuntirish, sog`lom bola tarbiyasida ta`lim-tarbiya, mahalla va ijtimoiy tuzilmalarning katta o`rni va ta`siri borligini inobatga olib, xalqimizning     “Bir bolaga etti mahalla ham ota, ham ona” degan maqoliga amal qilib yashashni kundalik hayot tarziga singdirish maqsadida targ`ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga qiz bolalarni tarbiyalash ularning  zamonaviy bilim va kasb-hunarlarini  egallashiga yordam berish va erta nikohning salbiy oqibatlari bo`yicha yig`inlarda targ`ibot tadbirlari haqida 900 dan ortiq tadbir o`tkazilib, unga 50 mingdan ortiq aholining ishtiroki ta`minlandi.

Maktablarning yuqori sinf o`quvchilari hamda kollej va litsey o`quvchilari bilan “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid”, “Ma`rifiy islom aqidaparastlikni qoralaydi” mavzularda 250 marta uchrashuv va seminarlar o`tkazilib, unga 32400 nafar o`quvchi talabalar ishtirok etdi.

Yoshlarning diniy-ma`rifiy bilimlarini oshirish, ularda diniy hayot tarziga bo`lgan moyillikning oddini olish maqsadida joylarda 235 turli madaniy-ma`rifiy uchrashuv va davra suhbatlari o`tkazilib, 20847 nafar o`quvchi talabalar ishtirok etdi.

Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o`rganish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ`ib etish, ularda milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini kuchaytirish maqsadida tarixiy joylarga 12 ta tashrif uyushtirilib, unga 1082 nafar yoshlar qatnashdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yosh iqtidorli qizlarni ta`lim, fan, adabiyot, madaniyat, san`at yo`nalishlarida erishgan yutuqlarini taqdirlash uchun ta`sis etilgan.  Bu mukofot sovrindorlar orasidan xotin-qizlar kadrlar zahirasini yaratishda ham muhim omil bo`layotganligini e`tirof etish joiz va bu mukofot jahon tajribasida kam uchraydigan noyob ijtimoiy hodisa ekanligi barchamizga ma`lum. 1999 yildan buyon ta`sis etilib kelayotgan Mazkur davlat mukofatiga Qoraqalpog`iston Respublikasidan  17 nafar qizlarimiz sazovar bo`lgan.

Chekka va chegaraoldi tumanlarda hamda diniy vaziyat nisbatan yuqori bo`lgan hududlarda yashovchi diniy ekstremistik oqimlarga aloqador oila farzandlari o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish maqsadida estrada xonandalarining kontsertlari, kino namoyishlari va hududiy teatrlarning sayyor tomoshalari kabi 28 ta madaniy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etilib, unga 80 mingdan ortiq aholi jalb qilindi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha otinoyilar soni jami 28 nafarni tashkil etadi, shundan Beruniy tumanida 7 nafar, To`rtko`l tumanida 9 nafar va Ellikqal`a tumanida 12 nafar xalfalar ro`yxatga olingan. Ro`yxatga olingan otinoyilar (xalfalar) orasida ayollar ichida diniy hayot tarzini targ`ib qilish yoki “hujralar” tashkil qilish kabi salbiy holatlar kuzatilmadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi tashabbusi bilan 10 ta tuman xotin-qizlar qo`mitalari qoshida jamoatchilik asosida Ayollar maslahat markazlari ochildi. Hokim qarorlariga asosan ularning rahbarlari etib xotin-qizlar qo`mitasi bosh mutaxassislari bekitilgan va ular belgilangan reja-jadval asosida ish olib borilishini muvofiqlashtiradi. Shu masala bo`yicha 2016 yilga qadar faqat “Keo`il nuri” markazi faoliyat olib borgan edi. Markazlar tomonidan diniy, huquqiy, tibbiy, bandlik, tadbirkorlik masalalarida murojaat etgan ayollarga tegishli yordamlar va maslahatchilar beriladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida jami profilaktik hisobda turgan, diniy ekstremistik oqimga dahldor yoki unga moyilligi bor 3 nafar ayollar so`nggi yillarda aniqlandi. Ularning 2 nafarining bandligi ta`minlangan, 1 nafari hozirgi vaqtda bola tarbiyasi bilan shug`ullanmoqda. Ularning oilasi va farzandlari bilan doimiy ish olib borilmoqda.

Uzoq muddatga chet elga ketgan xotin-qizlar soni 2016 yil yakuni bo`yicha 6691 nafarni tashkil etadi. Ularni o`z yashash joylariga qaytarish maqsadida Xotin-qizlar qo`mitalari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda uzoq muddatga chet elga ketgan xotin-qizlarning oilalari bilan suhbatlar o`tkazilib, ularning farzandlaridan xabar olinib, xotin-qizlarni o`z yashash joyiga qaytarish bo`yicha doimiy ishlar olib borilmoqda.

Olib borilayotgan ishlar natijasida uzoq muddatdan qaytgan xotin-qizlar soni 3683 nafarni tashkil etadi. Jumladan, Xo`jayli tumanida 638 nafar, Taxtako`pir tumanida 466 nafar, Qo`ng`irot tumanida 447 nafar, Nukus shahrida 310 nafar, Qorao`zak tumanida 284 nafar, Chimboy tumanida 256 nafar, Amudaryo tumanida 242 nafar, Qonliko`l tumanida 227 nafar, Kegeyli tumanida 172 nafar, Beruniy tumanida 157 nafar, Mo`ynoq tumanida 132 nafar, Nukus tumanida 112 nafar, Ellikqal`a tumanida 98 nafar, Sho`manoy tumanida 88 nafar, To`rtko`l tumanida 54 nafar xotin-qizlar uylariga qaytarildi. Qaytib kelgan xotin-qizlarning hammasi tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan.

Odam savdosidan jabrlangan xotin-qizlar soni 1 nafarni (Amudaryo tumani) tashkil etadi.

Xorijiy mamlakatlardan deportatsiya bo`lib qaytgan 118 nafar xotin-qizlar ro`yxatga olingan. Jumladan, Xo`jayli tumanida 17 nafar, Chimboy tumanida 14 nafar, Qo`ng`irot tumanida 12 nafar, Qonliko`l tumanida 11 nafar, Kegeyli va To`rtko`l tumanida 9 nafardan, Nukus shahar va Nukus tumanida 7 nafardan, Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Taxtako`pir tumanlarida 6 nafardan, Sho`manoy tumanida 4 nafar, Mo`ynoq tumanida 3 nafar, Ellikqal`a tumanida 1 nafar.

Har tomonlama kamol topgan yosh avlodni tarbiyalash masalalarida oila instituti va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining ta`lim muassasalari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash, o`quvchilarni ta`lim muassasalarida o`qitish bilan to`liq qamrab olishni ta`minlash, o`qitish sifati yuzasidan mahallalarda jamoatchilik nazorati o`rnatildi.

Shuningdek, 402 ta fuqarolarninig o`zini o`zi boshqarish organlarida faoliyat yuritayotgan 397 ta diniy ma`rifat va  ma`naviy axloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchilari tomonidan “Oila-mahalla-ta`lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi asosida oilalarni o`rganish davomida 105769 ta xonadonlarga tashrif buyurib, ular bilan yakka tartibda suhbatlar o`tkazildi.

Xususan farzand tarbiyasi, ayniqsa farzandlarini o`qishga qiziqtirish bo`yicha to`garaklar mashg`ulotlariga keng jalb etish, o`quvchilarni ta`lim muassasalarida o`qitish bilan to`liq qamrab olishni ta`minlash, o`qitish sifati yuzasidan jamoatchilik nazoratini o`rnatish va ota-onalari bilan yakka suhbatlar, uchrashuv tadbirlari o`tkazildi. Mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta`minlash maqsadida mahalla instituti, xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari, faxriylar tashkilotlari tomonidan 2016 yil davomida ekstremizm, missionerlik, “ommaviy madaniyat” bilan bog`liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan 900 dan ortiq targ`ibot tadbirlari tashkil etilib, o`tkazilgan tadbirlarga 25 mingdan ortiq o`quvchi-talabalar hamda keng jamoatchilik ishtiroki ta`minlandi.

Qoraqalpog`iston Respublikasidagi 401 ta mahallalari, 702 ta umumta`lim maktablari va 103 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida “Orasta qizlar to`garagi” tashkil qilingan. Ushbu to`garaklarga 2016 yil boshidan yangi mavzular rejasi ya`ni yagona reja tarqatilib reja asosida har haftada mashg`ulotlar o`tkazilmoqda. Jumladan, “12 yillik majburiy ta`lim – biz qizlar uchun o`ta zarur va muhim”, “Kiyinish madaniyati va diniy liboslar tushunchasi” (“Qur`on va xadis ilmida oila, sog`lom avlod, qizlar tarbiyasi” mavzulari doirasida) kabi mavzularda doimiy suhbatlar o`tkazilmoqda.


Ko'rib chiqildi: 4162

Sahifalar