Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (69 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (69 KB)

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari

 

Tajetdinov
Aybek
Altinbekovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birincha  o'rinbosari

 Manzil:  Nukus shahri G'aresizlik ko'chasi 50 uy
 Telefon:  0 (361) 2224891
 E-xat:

 a.tajetdinov@exat.uz

 E-mail:  
 Qabul
 kunlari:
Payshanba, soat 10:00 - 12:00
 

 

Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha - Kompleks rahbarining funktsional vazifalari to`g`risidagi
NIZOM

1-bob.  Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosarining (keyingi o`rinlarda Kompleks rahbari deb ataladi) funktsional vazifalari mazkur hujjat bilan belgilanadi.

2. Kompleks rahbari Vazirlar Kengashining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda amalga oshiradi.

3. Kompleks rahbari o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi shuningdek, davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda ishlaydi.

 

2-bob.  Kompleks rahbarining vazifalari va funktsiyalari

 

4. Quyidagilar kompleks rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O`zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarning ijrosini ta`minlash;

Kompleks rahbarining makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko`rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uning ijrosini samarali tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarning yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

iqtisodiyot masalalari bo`yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo`mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o`rtasida muloqot o`rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so`zsiz amalga oshirish;

tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo`lga qo`yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarining uzviy rivojlanishi, bunda respublika shahar va tumanlar kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag` hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o`rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo`jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda respublika shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so`zsiz amalga oshirishni ta`minlash;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o`rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko`maklashish;

xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta`minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;

qishloq xo`jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo`jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon`yukturasini o`rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o`zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishni ta`minlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

inson manfaatlarini ta`minlash, ayniqsa, qishloq joylarda aholining hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to`lovlarini o`z vaqtida amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;

chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko`rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko`rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste`mol tovarlari va xizmatlar bilan ta`minlash bo`yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko`rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

“Yagona darcha” tamoyili bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlari ko`rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko`rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek, davlat organlari bilan tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida o`tkazilgan so`rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to`g`risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritish;

hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag`batlantirishga yo`naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo`yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o`tkazish, shuningdek, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to`g`risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish yo`li bilan tadbirkorlik sub`ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek, xalq deputatlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazish;

tasarrufidagi kotibiyat va sohaga oid tegishli tashkilot hamda muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari ijrosini nazorat qilish, ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo`yicha me`yoriy hujjatlari talablari asosida ishni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

 

3-bob.  Kompleks rahbarining huquqlari va javobgarligi:

5. Kompleks rahbari unga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, shahar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlari bo`yicha – davlat boshqarish organlarining, Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislari va yig`ilishlarida qatnashish;

zarurat bo`lganda, Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, Vazirlar Kengashi hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining raqbarlarini, shahar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

hududni iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko`rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan  ishlarini belgilangan tartibda o`rganish;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining hujjatlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida tayyorlanishi;

iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari ko`rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o`z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi, shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishi;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o`tkazish sifati, shuningdek, kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining iqtisodiy oqibatlari;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlanishi;

O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek, Vazirlar Kengashining Raisi topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining  o`z vaqtida o`rganilishi uchun javob beradi.

 

4-bob. Kompleks rahbarining faoliyatini tashkil etish

6. Kompleks rahbari ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalariga, "Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasining boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kompleksning ish rejasi kompleks rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

7. Kompleks rahbarining O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta`minlash bo`yicha faoliyati Vazirlar Kengashining ish rejasiga, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga muvofiq kompleks o`rganishlarni amalga oshirish yo`li bilan Vazirlar Kengashi, Vazirlar Kengashining Rayosati majlislarida iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha kompleksi hisobotlarini eshitgan holda tashkil etiladi.

 

5-bob. Kompleks rahbari tomonidan ishlari tashkil qilinadigan komissiyalar va kengashlar

8. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish komissiyasi;

Davlat mulkini xorijiy investitsiyalarga sotish bo`yicha tender savdolarini o`tkazuvchi Davlat komissiyasining Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy tanlov komissiyasi;

Muddati o`tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va byudjetga to`lovlar intizomini mustahkamlash bo`yicha komissiyasi

Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ta`minlash bo`yicha maxsus komissiyasi

Pul-kredit siyosati bo`yicha komissiyasi

Moliyaviy-xo`jalik faoliyatini olib bormayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o`zlarining ustav jamg`armalarini tashkil etmagan korxonalarni tugatish bo`yicha maxsus respublika komissiyasi

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish bo`yicha idoralararo Kengashi

Alkogol` mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma guvohnomalarini berish bo`yicha maxsus komissiyasi

Ijtimoiy ko`nikma markazi ishlari bo`yicha faoliyat yurituvchi Respublika komissiyasi


Ko'rib chiqildi: 4878