Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (76 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (76 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari

 

 

Nagmetov
Sabur
Idrisovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari

 Manzil:  Nukus shahri G'aresizlik ko'chasi 50 uy
 Telefon:  0 (361) 2221505
 E-xat:

 krvk@exat.uz

 E-mail:  info@sovminrk.gov.uz
 Qabul
 kunlari:
  Payshanba, soat 10:00 - 12:00

 

 

Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar  va kommunal ho`jaligi  masalalari bo`yicha kompleks rahbari funktsional vazifalari to`g`risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal ho`jaligi masalalari bo`yicha kompleks rahbari (keyingi o`rinlarda Kompleks rahbari deb ataladi) funktsional vazifalarini belgilaydi.

2. Kompleks rahbari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisiga va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisiga hisobot beradi.

3. Kompleks rahbari o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari rahbarlik qilinadigan Kompleksda ishlarning holati uchun javob beradi, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, Kompleksning yuritishiga kiradigan masalalar bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko`rib chiqilishini ta`minlaydi.

5. Kompleks rahbarining faoliyati kommunal xo`jaligini isloh qilish va rivojlantirish; transport va transport kommunikatsiyalari, kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati, arxitektura va qurilish sifatini nazorat qilish masalalarini hal etishga yo`naltirilgan.

6. Kompleks rahbarining maqomiga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining a`zosi hisoblanadi va Vazirlar Kengashi Rayosati tarkibiga kiradi.

Kompleks rahbari Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.

 

2-bob. Kompleks rahbari vazifalari va funktsiyalari

7. Quyidagilar Kompleks rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) kommunal xo`jaligini isloh qilish va rivojlantirish sohasida:

iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq kommunal xo`jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganishni tashkil etish va choralarini ko`rish;

kommunal xizmat ko`rsatish sohasida rivojlanish prognozlarini va eng muhim dasturlarini bajarishini ta`minlash;

kommunal sohada monitoringni ta`minlash, ushbu sohadagi holat va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat ko`rsatishdagi sifat o`zgarishlarini va uni rivojlantirish tendentsiyalarini baholash;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xizmat ko`rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat ko`rsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo`yicha topshiriqlarni ijro etish bo`yicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta`minlash;

iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va kommunal xizmat ko`rsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish;

kommunal xizmat ko`rsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini nazorat qilish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat ko`rsatish uchun tariflar oshganda aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqishini ta`minlash;

suv ta`minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta`minoti va kommunal soha korxonalarida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturining amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

b) transport va transport kommunikatsiyalari sohasida:

iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganishni tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta`minlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishini nazorat qilish;

transport sohasining faoliyat ko`rsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha qabul etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini tashkil etish;

yo`lovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat ko`rsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yo`laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o`zaro hamkorligini ta`minlash;

raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta`minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

transport xizmatlariga haq to`lash bo`yicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqilishni nazorat qilish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;

v) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida:

iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq kapital qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;

kapital qurilishda, muhim xalq xo`jaligi ob`ektlari qurilishida, shu jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob`ektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta`minlash hamda holat va vaziyatni tahlil qilish;

kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Jo`qorg`i Kengesning qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi bo`yicha davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta`minlash;

qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xo`jalik munosabatlariga bozor printsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha ishlab chiqilgan takliflarning monitoringini nazorat qilish;

kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;

investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishlarini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, ko`rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish;

loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularning negizida asosan xususiy va qo`shma korxonalar tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

loyihalash va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda tanlovlar tashkil etish darajasini oshirish;

qurilish-montaj ishlarini tashkil etishning asosiy shakli sifatida ob`ektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga o`tishni ta`minlash, qurilish faoliyatida shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;

qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo`yicha yakka tartibda uy-joy, tashqi muxandislik tarmoqlari va infratuzilma ob`ektlarini qurish dasturini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;

g) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida:

iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalashni ta`minlash chora-tadbirlari dasturiga muvofiq qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;

qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni ta`minlash va ishlarning holatini tahlil qilish;

qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini ta`minlash;

qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor printsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha ishlab chiqilgan takliflarni nazoratini kuchaytirish;

qurilish materiallari sanoatini yangi texnologiyalar, qurilish asbob- uskunalari, texnika, materiallar bilan ta`minlashning kompleks dasturlarini shakllantirish;

qurilish materiallarining ilg`or turlarini ishlab chiqarishni o`zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish uchun xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;

d) arxitektura va qurilish ishlarini nazorat qilish sohasida:

yagona arxitektura-shaharsozlik siyosati amalga oshirilishini hamda vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shaharsozlik faoliyati sohasida o`zlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta`minlash;

aholi punktlarini kompleks rivojlantirish bo`yicha qabul kilinayotgan loyiha echimlarining darajasi va sifatini oshirish;

qurilish ishlari sifati yuzasidan zarur darajada nazorat o`rnatish.

e) mineral xomashyo va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish sohasida:

geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda er osti boyliklaridan samarali foydalanish va mineral xomashyo qazib olish talablarini hisobga olgan holda, hududlarni kompleks geologik o`rganish, eng avvalo, uglevodorod xomashyo, asl, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek, mineral xomashyoning boshqa turlarini, chuchuk va mineral er osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni ta`minlaydigan foydali qazilmalarning geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari va ilg`or metodlarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish;

er ostini geologik o`rganish, mineral xomashyoni va uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash sohasida maqsadli dasturlarni, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertiza o`tkazish va tavsiyalar tayyorlashni amalga oshirish;

er osti boyliklarini geologik o`rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlash;

geologiya, er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyo va uglevodorodlarni qazib olish sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganishni tashkil etish;

geologiya-qidiruv ishlari dasturlari amalga oshirilishi monitoringini hamda foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxiralari va resurslarini o`z vaqtida kupaytirish chora-tadbirlari natijadorligi tahlil kilinishini ta`minlash;

yagona texnika siyosatini o`tkazish, geologiya va neft`-gaz tarmog`ining geologiya-qidiruv, burg`ulash va qazib olish korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jixozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;

hujjatlar aylanishi, hisob va hisobot tizimiga, geologiya tarmog`i tashkilotlarining moliya-xo`jalik faoliyatiga, xodimlarni boshqarishga, ishlab chiqarish-texnologiya jarayonlariga asosan zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo`yicha islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;

j) yoqilg`i-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida:

yangi ishlab chikarishlarni barpo etish, ishlayotganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yo`naltirilgan yoqilg`i-energetika kompleksi korxonalarini barqaror va muvozanatli rivojlantirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

manfaatdor davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uglevodorod xomashyo va yoqilg`i-energetika resurslarini ishlab chikarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

yagona texnika siyosatini olib borish, yoqilgi-energetika kompleksi korxonalarini, hosil qilinadigan quvvatlar va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash, energiyaning muqobil manbalaridan foydalanishning sinab kurilgan texnologiyalari joriy etilishini tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash;

neft` mahsulotlari o`rnini bosish uchun avtogazto`ldirish kompressor va avtogazquyish stantsiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gaz bilan ishlashga bosqichma-bosqich o`tkazish dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish;

z) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya muvofiqlikni baholash sohasida:

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llanish asosida mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosati o`tkazilishini tashkil qilish;

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarining faoliyat ko`rsatishini va rivojlantirilishini tizimli o`rganishni va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llanish asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo`yicha takliflarni tahlil qilish va tayyorlash;

standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo`yicha xalqaro talablarni va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni hisobga olgan holda milliy sifat infratuzilmasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini ta`minlash bo`yicha ishlarning monitoringini olib borish va ularni muvofiqlashtirish.

8. Kompleks rahbari o`z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:

hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi.

Kompleks tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo`yish, tayinlash va vazifasidan ozod etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi.

Kompleksga qarashli rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi. Zahiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi.

O`z vakolati doirasida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumat organlarida Vazirlar Kengashidan vakillik qiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasining me`moriy ko`rinish va qurilish sohasidagi yagona siyosatini amalga oshirilishini ta`minlaydi.

Qoraqalpog`iston Respublikasining ma`muriy qurilishi va qayta qurilishi bosh rejasini, shahar rivojining dasturi, uning muhandislik infrastrukturalarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi.

Qurilish mahsulotlari va qurilish sifatini nazorat qiluvchi davlat va idoraviy organlarning ishini muvofiqlashtiradi.

Shahar va tumanlar qurilishi va me`morchilikning sifat darajasiga bo`lgan zamonaviy talablarga amal qilinishi, kapital tushumlarning samarasini ko`tarish bilan birga investitsiya jarayoni muddatlarini qisqartirish nazoratini ta`minlaydi.

Kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqishda davlat manfaatlariga qat`iy rioya etilishini ta`minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga ruxsat belgisi (viza) qo`yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta`minlaydi;

Qonun hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Prezidiumi hamda Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan o`tkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Kengashi apparati bilan birgalikda hamkorlik qiladi;

O`zbekiston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlarining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari, farmoyishlari ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta`minlaydi;

Vazirlar Kengashining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish

va kommunikatsiyalar masalalari va Yoqilg`i-energetika, kommunal xo`jaligi va obodonlashtirish masalalari bo`yicha kotibiyatlari boshliqlari, bosh mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlashni amalga oshiradi;

Vazirlar Kengashining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish

va kommunikatsiyalar masalalari va Yoqilg`i-energetika, kommunal xo`jaligi va obodonlashtirish masalalari bo`yicha kotibiyatlari boshliqlarini, bosh mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag`batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llash to`g`risida takliflar kiritadi;

Vazirlar Kengashining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari va Yoqilg`i-energetika, kommunal xo`jaligi va obodonlashtirish masalalari bo`yicha kotibiyatlari hamda tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi.

 

3-bob. Kompleks rahbarining huquqlari va javobgarligi

9. Kompleks rahbari o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashiida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlari bo`yicha – davlat boshqarish organlarining, Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislari va yig`ilishlarida qatnashish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo`yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

Kompleks rahbari zarur materiallar, ma`lumotlarni taqdim etish, shuningdek, sohaga oid hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo`yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.

Kompleks rahbari o`zi boshqaradigan masalalar bo`yicha vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, xo`jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.

11. Kompleks rahbari:

Kompleks rahbari zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi uchun;

Sohaga oid topshiriqlarining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo`jaligi masalalari bo`yicha masalalari kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar tomonidan o`z vaqtida va sifatli bajarilishini ta`minlash uchun;

Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomining mustahkamlanishi uchun javob beradi.

4-bob. Kompleks rahbari faoliyatini tashkil etish

12. Kompleks rahbari ishlari «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari hamda Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal ho`jaligi  masalalari bo`yicha masalalari kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.

13. Kompleks rahbari sohaga oid topshiriqlarni mutasaddilik qilinadigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta`minlash bo`yicha faoliyati Vazirlar Kengashining ish rejasiga, shuningdek, Vazirlar Kengashining Raisi topshiriqlariga muvofiq kompleks o`rganishlarni amalga oshirish yo`li bilan, Vazirlar Kengashining Rayosati majlislarida Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo`jaligi masalalari bo`yicha masalalari kompleksi hisobotlarini eshitgan holda tashkil etiladi.

5-bob. Kompleks rahbari tomonidan ishlari tashkil qilinadigan komissiyalar va kengashlar

Respublika Iqtisodiyot tarmoqlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo`yicha Hududiy komissiyasi;

Yoqilg`i-energetika resurslarini tejash bo`yicha komissiyasi

Temir tersak, qora va rangli metall parchalarini va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika komissiyasi;

Ikkilamchi qog`oz chiqindilarini to`plash va qayta tayyorlash uchun etkazib berishni nazorat qilish va muvofiqlashtiruvchi bo`yicha komissiyasi;

Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta`minlash dasturini amalga oshirish bo`yicha Respublika komissiyasi;

O`ta muhim va kategoriyalangan ob`ektlarning xavfsizligini ta`minlash bo`yicha idoralararo komissiyasi;

Orol va Orolbo`yi muammolari bo`yicha muvofiqlashtiruvchi Kengashi;

Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha komissiyasi;

Neft` mahsulotlarini avtomobillarga yoqilg`i qo`yish shaxobchalari orqali sotish bo`yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi;

Qishloq va o`rmon xo`jaliklari korxonalaridagi suv xo`jaligi ob`ektlarini qabul qilib olish bo`yicha Davlat komissiyasi;

Vazirlar Kengashi huzuridagi Aholi punktlarini kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi;

Baliqchilik, tabiiy suv havzalarini baliq ovlash korxonalariga ijaraga berish masalalarini ko`rib chiqish bo`yicha maxsus komissiyasi;

Vazirlar Kengashi huzuridagi shahar atrofi va shaharlararo avtotransport yo`nalishlarida yo`lovchilarni tashishni tashkillashtirish komissiyasi;

Respublika arxitektura-shahar qurilishi Kengashi;

Tadbirkorlik sub`ektlarning tanlov takliflarini ko`rib chiqish bo`yicha tanlov komissiyasi;

 


Ko'rib chiqildi: 4126