Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (71 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (71 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari

 

Jumanov
Muratbay
Arepbaevich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosat, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

 Manzil:  Nukus shahri G'aresizlik ko'chasi 50 uy
 Telefon:  0 (361) 2225906
 E-xat:

 m.jumanov@exat.uz

 E-mail:  info@sovminrk.gov.uz
 Qabul
 kunlari:
  Payshanba, soat 10:00 - 12:00

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar kompleksi rahbarining funktsional vazifalari to`g`risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar kompleksi rahbarining (keyingi o`rinlarda Kompleks rahbari deb ataladi) funktsional vazifalarini belgilaydi.

2. Kompleksi rahbari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisiga hisobot beradi.

3. Kompleksi rahbari o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Kompleks rahbari kompleksda ishlarning holati uchun javob beradi, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, Kompleksning faoliyatiga kiradigan masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko`rib chiqilishini ta`minlaydi.

5. Kompleks rahbarining faoliyati yoshlar, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha masalalarini hal etishga yo`naltirilgan.

6. Kompleks rahbari maqomiga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining a`zosi hisoblanadi.

Kompleks rahbari Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.

 

2-bob. Kompleks rahbarining vazifalari va funktsiyalari

 

7. Quyidagilar kompleks rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) Yoshlar siyosati sohasida:

yoshlar, ya`ni o`ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta`lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

umumta`lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo`naltirish va ularni keyinchalik o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim tizimida o`qish bilan to`liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil qilish;

akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi, jumladan, ularni hududlar kesimida optimal joylashtirish, iste`dodli yoshlarni qamrab olish, o`quv jarayoni sifatini oshirish;

oliy ta`lim yo`nalishlari va oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash ko`rsatkichlarining hududlar bo`yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo`lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ta`lim tizimining barcha bosqichlarida o`quv jarayoni sifatini, o`quvchi talabalarning davomatini ta`minlash yuzasidan aniq choralar ko`rish va nazorat qilish, bu borada ta`lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarning o`zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ`ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko`rinishlariga qarshi ma`naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;

ta`lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, komp`yuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg`or ko`nikmalariga o`rgatish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo`yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to`garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san`at, bolalar va o`smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;

yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma`naviyatni qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta`minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila–mahalla–ta`lim muassasasi” jamoat kengashini ishlarining amalga oshirishga rahbarlik qilish;

uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ruyobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo`nalishlarni belgilash;

uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojlarini aniqlash bo`yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o`rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o`rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringingi tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta`minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha ishlarni amalga oshirish;

yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko`maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta`minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ruyobga chiqarish;

yosh oilalarni ma`naviy va moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta`minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko`rish.

b) Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

aholiga ijtimoiy xizmat ko`rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand bo`lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko`tarish bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o`rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;

sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko`rsatish, sog`liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;

qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko`p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to`liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog`lom turmush tarzini, shu jumladan sog`lom ovqatlanishni targ`ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o`smirlar sog`ligini muhofaza qilish, tug`ma va irsiy kasalliklarning oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo`lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to`laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

aholiga tashxis qo`yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo`lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo`naltirilgan tadbirlar ijrosini ta`minlash;

aholini dori vositalari bilan ta`minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta`minot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el etakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish;

sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko`lamini yanada kengaytirish, sportning ommaviyligini oshirish, qizlar o`rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarda xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;

aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta`lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko`rsatish, madaniyat, san`at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko`lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mahalla fuqarolar yig`inlari, hotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish. 

v) Ma`naviy-ma`rifiy ishlar sohasida:

aholi o`rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari, keng ko`lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ`ibot va tashviqotini tashkil qilish;

aholining ma`naviy muammo va extiyojlarini o`rganib borish asosida hududda ma`naviy muhit sog`lomligini ta`minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan kat`iy nazar barcha tashkilotlarning ma`naviy-ma`rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

aholining ma`naviy-axloqiy, diniy-ma`rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o`sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta`minlash, ma`naviy-ma`rifiy merosni, urf-odat va kadriyatlarni saqlash, targ`ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;

hududda sog`lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o`zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta`minlash chora-tadbirlarini ko`rish;

hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da`vat etish, yoshlarda yot g`oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ`ibot tizimini yo`lga qo`yish;

aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma`rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;

aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ`ib qilish hamda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o`rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

mamlakatda olib borilayotgan ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish.

8. Kompleks rahbari o`z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi bilan yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar masalalari bo`yicha o`zaro hamkorlik qiladi;

Kompleks tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kadrlarini tanlash,

joy-joyiga qo`yish, tayinlash va vazifasidan ozod etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi.

Kompleksga qarashli rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi. Zahiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi.

Vazirlar Kengashi Raisi qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi.

O`z vakolati doirasida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumat organlarida Vazirlar Kengashidan vakillik qiladi.

Vazirlar Kengashining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar masalalari bo`yicha kotibiyat boshliqlarini va bosh mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag`batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llash to`g`risida Vazirlar Kengashi Raisiga takliflar kiritadi.

9. Vazirlar Kengashi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, shuningdek, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta`minlaydi.

3-bob. Kompleks rahbarining huquqlari va javobgarligi

10. Kompleks rahbari o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlari bo`yicha – davlat boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislari va yig`ilishlarida qatnashish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo`yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

«Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonun talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.

Kompleks rahbarining zarur materiallar, ma`lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini puxta ishlab chiqish bo`yicha talablari va topshiriqlari belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.

Kompleks rahbarining o`zi boshqaradigan masalalar bo`yicha vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, xo`jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.

11. Kompleks rahbari:

zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi uchun;

O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi rahbariyatining topshiriqlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar tomonidan o`z vaqtida va sifatli bajarilishini ta`minlash uchun;

Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomining mustahkamlanishi uchun javob beradi.

4-bob. Kompleks rahbari faoliyatini tashkil etish

12. Kompleks rahbarining ishlari «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuni,  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi Raislarining topshiriqlariga, ushbu Nizomga  muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari hamda va yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Kompleksning ish rejasi kompleks rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

13. Kompleks rahbarining O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta`minlash bo`yicha faoliyati Vazirlar Kengashining ish rejasiga, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga muvofiq kompleks o`rganishlarni amalga oshirish yo`li bilan, Vazirlar Kengashining Rayosati majlislarida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar masalalari  kompleksi hisobotlarini eshitgan holda tashkil etiladi.

5-bob. Kompleks rahbari tomonidan ishlari tashkil qilinadigan komissiyalar va kengashlar

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bo`yicha Respublika komissiyasi;

Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi;

OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kichik komissiyasi;

Narkotik moddalarni nazorat qilish bo`yicha Respublika komissiyasi;

Geografik ob`ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo`yicha Respublika komissiyasi

Toshqin suvlari, sel oqimlari va ko`chkilarni xavsiz o`tkazishni ta`minlash bo`yicha toshqinga qarshi kurash bo`yicha Hukumat komissiyasi;

Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idoralararo Kengashi;

2020 yilda Yaponiyada o`tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o`yinlariga O`zbekiston sportchilarini tayyorlashni tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha Respublika komissiyasi;

“Navro`z” umumxalq va “Mustaqillik” bayramlarini nishonlashni tashkil etish bo`yicha doimiy ishlaydigan Respublika komissiyasi;

Vazirlar Kengashi huzuridagi Voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiyasi;

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog`iston Respublikasi Vasiylik Kengashi;

“Davlat tili to`g`risida”gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonunini amalga oshirish va lotin yozuvi asosida qoraqalpoq alfavitini joriy etish komissiyasi;

Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturlarini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish bo`yicha Respublika komissiyasi;

Ijtimoiy ko`nikma markazi ishlari bo`yicha faoliyat yurituvchi Respublika komissiyasi;

Respublika harbiy xizmatga chaqirish bo`yicha komissiyasi;

Sil kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashni kuchaytirish bo`yicha idoralararo komissiyasi;

Bolalarni yozgi dam oldirish va sog`lomlashtirish bo`yicha Respublika doimiy komissiyasi;

 


Ko'rib chiqildi: 4318