Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (62 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (62 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari

Xojametov
Sabır
Jabbarbergenovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv masalalari bo'yicha o'rinbosari

 Manzil:  Nukus shahri G'aresizlik ko'chasi 50 uy
 Telefon:  0 (361) 2224600
 E-xat:

 s.xojametov@exat.uz

 E-mail:  info@sovminrk.gov.uz
 Qabul
 kunlari:
 Seshanba, soat 10:00 - 12:00

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Qishloq va suv xo`jaligi masalalari kompleksi rahbarining funktsional vazifalari to`g`risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha kompleks rahbarining (keyingi o`rinlarda Kompleks rahbari deb ataladi) funktsional vazifalarini belgilaydi.

2. Kompleks rahbari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisiga hisobot beradi.

3. Kompleks rahbari o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Kompleks rahbari kompleksda ishlarning holati uchun javob beradi, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, Kompleksning faoliyatiga kiradigan masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko`rib chiqilishini ta`minlaydi.

5. Kompleks rahbari faoliyati Respublika bo`yicha qishloq ho`jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi dasturni amalga oshirishni ta`minlashga, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishga, chet el investitsiyalarini jalb qilishga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini jahon bozorida raqobatdosh bo`lishiga erishishga, ishlab chiqarishda iste`mol bozori orqali aholiga zarur bo`lgan barcha xizmatlarni joriy qilishga yo`naltirilgan.

6. Kompleks rahbari maqomiga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining a`zosi hisoblanadi.

Kompleks rahbari Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.

 

2-bob. Kompleks rahbarining vazifalari va funktsiyalari

 

7. Quyidagilar Kompleks rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o`zgartirishni ta`minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg`or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko`rish, qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar, bo`g`inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste`molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo`jaligi ob`ektlaridan foydalanish ishlarining va sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo`jaligini, suv xo`jaligini va o`rmon xo`jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko`rish;

 chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun`iy urug`lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko`rsatish tarmog`ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini  etishtirish, tirik  pilla etishtirishni ko`paytirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta`minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini  amalga oshiradi.

8. Kompleks rahbari o`z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tegishli xizmatlari bilan qishloq va suv xo`jaligi, chorvachilik sohasi, o`rmon xo`jaligi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo`yicha o`zaro hamkorlik qiladi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlarida qishloq xo`jaligini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;

Vazirlar Kengashi Raisi qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi.

O`z vakolati doirasida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumat organlarida Vazirlar Kengashidan vakillik qiladi.

Vazirlar Kengashining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha kotibiyat boshlig`i va bosh mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag`batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llash to`g`risida Vazirlar Kengashi Raisiga takliflar kiritadi.

9. Vazirlar Kengashi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, shuningdek, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta`minlaydi.

 

3-bob. Kompleks rahbarining huquqlari va javobgarligi

 

10. Kompleks rahbari o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlari bo`yicha – davlat boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislari va yig`ilishlarida qatnashish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo`yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

«Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuni talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.

Kompleks rahbarining zarur materiallar, ma`lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini puxta ishlab chiqish bo`yicha talablari va topshiriqlari belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.

Kompleks rahbarining o`zi boshqaradigan masalalar bo`yicha vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, xo`jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.

11. Kompleks rahbari:

zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi uchun;

O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlarning, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi rahbariyatining topshiriqlarining qishloq va suv xo`jaligi kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar tomonidan o`z vaqtida va sifatli bajarilishini ta`minlash uchun;

Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomining mustahkamlanishi uchun javob beradi.

 

4-bob. Kompleks rahbari faoliyatini tashkil etish

 

12. Kompleks rahbarining ishlari «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi Raislarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari hamda qishloq va suv xo`jaligi masalalari kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Kompleksning ish rejasi kompleks rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

13. Kompleks rahbarining O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta`minlash bo`yicha faoliyati Vazirlar Kengashining ish rejasiga, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga muvofiq kompleks o`rganishlarni amalga oshirish yo`li bilan, Vazirlar Kengashi, Vazirlar Kengashining Rayosati majlislarida qishloq va suv xo`jaligi masalalari  kompleksi hisobotlarini eshitgan holda tashkil etiladi.

 

5-bob. Kompleks rahbari tomonidan ishlari tashkil qilinadigan komissiyalar va kengashlar

 

Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo`yicha Respublika komissiyasi;

Suv xo`jaligi Kengashi;

Qishloq va o`rmon xo`jaliklari korxonalaridagi suv xo`jaligi ob`ektlarini qabul qilib olish bo`yicha davlat komissiyasi;

Baliqchilik tabiiy suv saqlagichlarini baliq ovlovchi korxonalariga ijaraga berish bo`yicha maxsus tanlov komissiyasi.


Ko'rib chiqildi: 3716