Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (67 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (67 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari

Ibragimova
Zuxra

A’metova

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari - xotin-qizlar qo'mitasi raisi

 Manzil:  Nukus shahri G'aresizlik ko'chasi 50 uy
 Telefon:  0 (361) 2220516
 E-xat:

  z.ibragimova@exat.uz

 E-mail:  info@sovminrk.gov.uz
 Qabul
 kunlari:
 Chorshanba, soat 10:00 - 12:00

 

 

Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari Xotin-qizlar qo`mitasi raisining funktsional vazifalari to`g`risida

N I Z O M

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisining funktsional vazifalarini belgilaydi.

2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisiga hisobot beradi.

3. Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi (keyingi o`rinlarda kompleks rahbari deb ataladi) o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Kompleks rahbari kompleksda ishlarning talab darajasida tashkil etilishi uchun javob beradi, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, Kompleksning faoliyatiga kiradigan masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko`rib chiqilishini ta`minlaydi.

5. Kompleks rahbarining faoliyati xotin-qizlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, onalik va bolalikni muhofaza qilishga, oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirishga, ayollarni ishga joylashtirishga va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta`minlashga yo`naltirilgan.

6. Kompleks rahbari maqomiga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining a`zosi hisoblanadi.

Kompleks rahbari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.

 

 

2-bob. Rais o`rinbosarining vazifalari va funktsional majburiyatlari

 

7. Quyidagilar kompleks rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish, ularning ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sohasida:

xotin-qizlarning maqomini, ma`naviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlari muhofaza qilinishini ta`minlash, oilada va jamiyatda huquqiy madaniyat rolini oshirish;

davlat va jamoatchilik organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayotiy sharoitlar yaratish sohasida kompleks tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

xotin-qizlar masalalari bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ`ib qilish va tushuntirishda, ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo`lga qo`yishda faol ishtirok etish;

qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag`batlantirish, talantli, iqtidorli qizlar zaxirasi bilan tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Zul`fiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, Zul`fiya nomidagi Davlat mukofoti bo`yicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish;

amaliy ishlarda tajribaga ega bo`lgan tashabbuskor qizlar orasidan kadrlar zaxirasini shakllantirish va tegishli rahbarlik lavozimlariga ularning nomzodlarini tavsiya etish tizimini yo`lga qo`yish;

xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati shaffofligini ta`minlash, ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtirokiga ko`maklashish hamda faoliyatini muvofiqlashtirish;

xotin-qizlar qo`mitalari va fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o`rtasida xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini, ularning oilalarini muhofaza qilish ishlarida ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish bo`yicha ishlarni tashkil etish;

xalqaro tashkilotlar va xorijiy tashkilotlar bilan o`zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, turli loyihalarni amalga oshirish ko`lamlarini kengaytirish;

b) onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish sohasida:

onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini ta`minlashda faol qatnashish, ularni takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlash;

xotin-qizlar, eng avvalo, onalar va bolalarning sog`lig`i muhofaza qilinishini ta`minlash, xotin-qizlar o`rtasida sog`lom turmush muhitini, turmush madaniyatini shakllantirish, ularning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatini oshirish, patronat tizimini rivojlantirish ishlarini takomillashtirish;

oilaviy va xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ularni ommalashtirish bo`yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;

oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, xotin-qizlarning hamda jamiyatda hurmatga va katta nufuzga ega bo`lgan keksalarning hayotiy tajribasini faol jalb etgan holda oilaviy ajralishlarni bartaraf etish bo`yicha ishlarni tashkil etish, namunali oilalarning hayotiy namunasini targ`ib qilish;

oilaviy munosabatlarni sog`lomlashtirish, oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita mas`uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog`liq tizimli targ`ibot tadbirlarini yo`lga qo`yish;

mahallalarda ayollar va yoshlar ishtirokida ma`naviyatni oshirish, ularni “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta`siridan, milliy ongimizga xos bo`lmagan diniy separatizm, ekstremizm va terrorizm, odamlar savdosi va boshqa yot g`oyalardan muhofaza qilish;

har tomonlama kamol topayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, bag`rikenglik, ertangi kunga ishonch va atrofda sodir bo`layotgan hodisalarga daxldorlik ruhida tarbiyalash, yoshlarning mustaqil dunyoqarashini, kuchli ichki salohiyatini, milliy faxrlanish tuyg`usini va axloqiy-ma`naviy immunitetini shakllantirish;

v) xotin-qizlarni ishga joylashtirish, ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta`minlash sohasida:

bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko`maklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish o`rin bilan ta`minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yo`lga qo`yish;

xotin-qizlarning mehnat huquqlarini muhofaza qilish bo`yicha ishlarning holatini o`rganish va nazorat qilish, norasmiy ish bilan bandlikning oldini olish, mehnat munosabatlari, shu jumladan homilador ayollarga hamda kichik yoshdagi bolalari bo`lgan ayollarga qo`shimcha imtiyozlar berishda davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yo`lga qo`yish;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda ko`maklashish, berilgan imtiyozlarni to`g`ri qo`llanish masalalarini tartibga soluvchi, davlat ro`yxatidan va boshqa tartibotlardan o`tish, mehnat munosabatlariga kirishish bo`yicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish.

8. Kompleks rahbari o`z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi bilan xotin-qizlarga oid masalalari bo`yicha o`zaro hamkorlik qiladi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga binoan Qoraqalpog`iston Respublikasining tegishli hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;

Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisining kotibiyatiga bevosita rahbarlik qiladi;

mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek hududlar va boshqa tashkilotlarning o`zi mutasaddilik qiladigan masalalar bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

Kompleks tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kadrlarini tanlash,
joy-joyiga qo`yish, tayinlash va vazifasidan ozod etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi;

O`z vakolati doirasida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumat organlarida Vazirlar Kengashidan vakillik qiladi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisining kotibiyat mudiri va bosh mutaxassisini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag`batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llash to`g`risida Vazirlar Kengashi Raisiga takliflar kiritadi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisining kotibiyat mudiri va bosh mutaxassisi lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi.

9. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, shuningdek ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta`minlaydi.

 

3-bob. Kompleks rahbarining huquqlari va javobgarligi

 

10. Kompleks rahbari o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlari bo`yicha – davlat boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislari va yig`ilishlarida qatnashish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo`yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

«Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuni talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish;

Kompleks rahbarining zarur materiallar, ma`lumotlarni taqdim etish, shuningdek O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini puxta ishlab chiqish bo`yicha talablari va topshiriqlari belgilangan muddatlarda bajarilishini ta`minlash uchun mas`ul.

Kompleks rahbari tomonidan kompleksga tegishli masalalar bo`yicha vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, xo`jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan topshiriqlari belgilangan tartibda va muddatlarda bajarilishi majburiydir.

11. Kompleks rahbari:

zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi uchun;

O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi rahbariyatining topshiriqlarining xotin-qizlar masalalari bo`yicha kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar tomonidan o`z vaqtida va sifatli bajarilishini ta`minlash uchun;

Kompleksga tarkibidagi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomining ta`minlanishi va mustahkamlanishi uchun shaxsan javob beradi.

 

4-bob. Kompleks rahbari faoliyatini tashkil etish

 

12. Kompleks rahbarining ishlari «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Kengashining ish rejalari hamda xotin-qizlar masalalari bo`yicha kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Kompleksning ish rejasi kompleks rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

13. Kompleks rahbarining O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta`minlash bo`yicha faoliyati Vazirlar Kengashining ish rejasiga, shuningdek Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga muvofiq kompleks o`rganishlarni amalga oshirish yo`li bilan, Vazirlar Kengashining (Rayosati) majlislarida xotin-qizlar masalalari kompleksi hisobotlarini eshitgan holda tashkil etiladi.

 

5-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi tomonidan ishlari tashkil qilinadigan komissiyalar va kengashlar:

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi «O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasini qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PF-3434-sonli Farmonini bajarish chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishini muvofiqlashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasida doimiy ishlaydigan komissiya;

2014-2018 yillarda O`zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o`smirlar sog`lig`ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturini Qoraqalpog`iston Respublikasida amalga oshirish bo`yicha komissiyasi

Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni tavsiya etish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi komissiyasi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi insoniylik va gumanitar yordamlar bo`yicha komissiyasi ishlarini tashkil qiladi.

 


Ko'rib chiqildi: 4812