Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha davlat ro`yxatiga olingan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati to`g`risida.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasida investitsion faoliyatni yuritish bo`yicha qabul qilingan 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan “Chet el investitsiyalari to`g`risida”g`i, “Investitsiya faoliyati to`g`risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`g`risida”gi Qonunlarni aytib o`tish lozim. 2016 yil davomida respublika bo`yicha jami 10 ta yangidan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar davlat ro`yxatiga olingan bulib, 2017 yilning 6 oyi davomida 4 ta korxona ro`yhatga olindi. Natijada, respublikaning Nukus shahri va barcha tumanlarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ro`yxatga olingan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning asosiy ulushi Nukus shahri (18 ta), Qung`irot (8 ta) va Xujayli (7 ta) tumanlariga to`g`ri keladi.

Bularda 3 minga yaqin kishi ish bilan ta`minlangan bulib, 2016 yilda mazkur korxonalar tomonidan 1 970 mlrd. so`mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilib xizmatlar ko`rsatilgan. Shundan amalga oshirilgan eksport hajmi 373,7 mln. dollarni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar qatorida polietilen va polipropilen granulalar, qizilmiya ildizi ekstrakti, ip kalava, natriy sul`fati, artemiya tsistalari va avtomashinalarga yoqilg`i gaz qo`yish, tibbiyot, mehmonxona xizmatlari ko`rsatilganligini aytip o`tish lozim.

Mazkur korxonalar dunyoning 15 dan ortiq chet el davlatlari investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan bulib, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Qozog`iston va boshqa davlatlar investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan. Masalan Qo`ng`irot tumanida ishga tushirilgan polietilen va polipropilen granulalarini ishlab chiqarish bo`yicha O`zbekiston va Janubiy Koreya investitsiyalari ishtirokidagi “Uz-Kor Gas Chemical” qo`shma korxonasi, Amudaryo tumanidagi ish kalava ishlab chiqaruvchi “Amudaryotex” Buyuk Britaniya chet el korxonalari.


Ko'rib chiqildi: 4054