Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (61 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (61 KB)

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

 

 

Saburov Umar Ataxanovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

 Manzil:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A. Dosnazarov ko‘chasi, 64-a uy

 Telefon:

(0 361) 770-60-19

 E-mail:

qoraqalpoqiston@mehnat.uz

Veb sahifasi:

qqr.mehnat.uz

 Qabul
 kunlari:

seshanba 15-00 dan 18-00 gacha

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat  vazirligi
Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mintaqalar bo‘yicha mehnat bozorini shakllantirishda samarali siyosatni amalga oshirish, demografik omillarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va tarkibiy qayta tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlarini etiborga olgan holda bandlikning yangi shakllarini keng tatbiq etish hisobiga aholi bandligining o‘sishini ta’minlash;
demografik o‘zgarishlar va kadrlarning kasbiy tayyorgarligi bilan bog‘liq o‘zgarib borayotgan talablarni hisobga olgan holda mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
ishga joylashishga muxtoj, ish bilan band bo‘lmagan aholiga kasbiy qayta tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha sifatli hizmatlar ko‘rsatish;
aholining ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash, kamxarj oilalar, nogironlar va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatishda tabaqalashtirilgan tarzda va aniq yondashuvni ko‘chaytirish;
mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, moddiy rag‘batlantirish va mehnatni muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Mehnat bozorini shakllantirish va aholini ish bilan ta’minlash sohasida:
Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda respublika va hududlarning demografik rivojlanish prognozlarini amalga oshiradi, aholini ish bilan samarali ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini asoslangan holda mehnat resurslarining prognoz balanslarini ishlab chiqadi;
respublika va tuman(shahar)larning mehnat resurslari soni va tarkibini o‘rganadi hamda uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
aholining ish bilan bandlik darajasi va tarkibini eng to‘liq va xolisona baholashni ta’minlash, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat bozorining ahvoli monitoringini tashkil etadi;
hududlarning demografik rivojlanish prognozlari asosida aholini ish bilan ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
ishsizlarni hisobga olishni tashkil qiladi;
o‘rta mahsus, kasb xunar ta’limi boshqarmasi bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishini tadqiq etadi hamda ular natijalari asosida ishchi kadrlar va mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yo‘nalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
aholini ish bilan ta’minlash, yoshlarni, ishdan bo‘shab qolgan xodimlarni va aholining boshqa toifalarini ishga joylashtirish, shuningdek, bo‘sh ish joylari bo‘yicha axborotlarning shakllantirilishini va tahlil etilishini tashkil qiladi;
shaxsiy yordamchi va dexqon xo‘jaliklarida qoramol o‘stirish bilan band bo‘lgan shaxslar hisobini amalga oshiradi;
yoshlarning va ish bilan band bo‘lmagan aholining kasb - hunarga xohishini va mehnat yo‘nalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ish o‘rinlari tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishda qatnashadi;
ish bilan ta’minlash va ish o‘rinlari tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda hokimliklarga metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta tashkil etish davomida, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning inkirozga uchrashi va tugatilishi natijasida ishdan bo‘shab qoladigan xodimlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
aholini o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlashini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarga korxonalar hamda fuqarolar o‘rtasida kooperatsiyalash asosida kasanachilikni kengaytirish masalalarida ko‘maklashadi;
ishsizlar uchun xaq to‘laniladigan jamoat ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi, o‘rta maxsus, kasb - xunar boshqarmasi bilan xamkorlikda ishsizlarni kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy ta’minlash sohasida:
muhtoj oilalar, pensionerlar, nogironlar, yolg‘iz keksa fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilganligi va aniqligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashda qatnashadi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda pensionerlar, nogironlar va yolg‘iz keksa fuqarolarga qonun xujjatlarida belgilangan imtiyozlar, sanatoriya va kurortda davolanishga yo‘llanmalar va maxsus xarakatlanish vositalari berilishida qatnashadi;
Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
ishsizlar va ularning oila a’zolarini Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashning ta’minlanishini tashkil etadi;
eng kam ish o‘rinlarini ajratilishi va ularning ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar bilan butlanishi masalalarini o‘rganadi va tahlil etadi;
dexqon va fermer xo‘jaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy muxofaza chora - tadbirlarini ro‘yobga chiqarilishini tashkil etadi.
Mehnat munosabatlarini tartibga solish mehnatni tashkil etish, unga xaq to‘lash shartlarini va uni muhofaza qilishni takomillashtirish sohasida:
mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha normativ-xuquqiy xujjatlarga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradi;
yoshi bo‘yicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish xuquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini tadbiq qilish tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar beradi;
mehnat sharoitlariga ko‘ra ishchi joylarini atestatsiyadan o‘tkazishda metodik yordam ko‘rsatadi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida:
ijro etuvchi tuman, shahar xokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokida yolg‘iz keksa fuqarolar, nogironlar va davlatning qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan boshqa aholi guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi;
ijtimoiy ta’minot muassasalarida (“Muruvvat” uylarida, sanatoriyalarda) yashayotgan keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil qiladi, ushbu muassasalarning moddiy - texnika bazasi mustahkamlanishini ta’minlaydi;
yolg‘iz keksa fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatlarining kompleks tarmoqlarini tashkil etadi va ularning ishini nazorat qiladi;
aholiga ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablag‘lar jalb etish ishlarida nodavlat, notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlaydi;
yolg‘iz keksa fuqarolar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi nodavlat xizmatlar tashkil etishga ko‘maklashadi hamda ularning ishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
o‘ziga qarashli tashkilotlarning aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturlarini moliyalashtirish extiyojlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ishlarini, shu jumladan ularning tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Nogironlarni reabilitatsiya qilish sohasida:
nogironlarni reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
infratuzilma ob’ektlarining nogironlar va keksa fuqarolar uchun qulayligini ta’minlovchi shaharsozlik sohasida davlat siyosatini shakllantirishda qatnashadi;
nogironlar uchun ish o‘rinlari tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda nogironlarning nodavlat va boshqa tashkilotlarga yordam beradi;
nogironlarning mehnatidan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish va rivojlantirishga, mehnatning kasanachilik turlarini va ish bilan ta’minlashning boshqa shakllarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bosqichi sifatida ularning jismoniy tarbiya va sport harakati rivojlantirilishiga ko‘maklashadi;
aholiga protez-ortopediya yordami ko‘rsatishni tashkil etadi;
nogironlarni protez-ortopediya buyumlari va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
Moliya xo‘jaligi faoliyati sohasida:
Vazirlik tizimida reja-moliya ishlarini tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;
aholiga ijtimoiy yordam berishning har xil turlarini tashkil etishni iqtisodiy jihatdan asoslab beradi;
tasarrufidagi tashkilotlarning moliya - xo‘jalik faoliyati bo‘yicha balanslar va hisobotlarni ko‘rib chiqadi;
davlat markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalaridan tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan samarali foydalanishini ta’minlaydi, Vazirlik tizimidagi ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha istiqbolli dasturlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi. 


Ko'rib chiqildi: 5266