Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (79 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (79 KB)

Demografiya va mehnat bozori

I-CHORAK

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilning 1 aprel` holatiga respublikada doimiy aholi soni 1822,4 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 4,9 ming kishiga yoki 100,3 foizga ko`paydi.
Aholining tabiiy o`sishi 5886  kishini tashkil etdi.
2017 yil yanvar-martda migratsiya sal`dosi, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, -937 kishini tashkil qildi.
Aholining tabiiy harakati 2017 yil yanvar-martda  quyidagicha    ifodalanadi:

 

Kishi

Har 1000 kishiga

 

2016y.

2017y. *)

o`sish,
kamayish (-)

2016y.

2017y. **)

  Tug`ilganlar 7913 7865 -48 17,7 17,5
  O`lganlar 1712 1979 267 3,8 4,4
  shu jumladan bir yoshgacha bolalar 122 129 7 12,0 13,3
  Tabiiy o`sish 6201 5886 -315 13,9 13,1
  Nikohlar 3481 3748 267 7,8 8,4
  Ajralishlar 245 328 83 0,5 0,7

Tug`ilish darajasi. 2017 yil yanvar`-martda tug`ilganlar soni 7865 kishini tashkil qildi va o`tgan yilning shu davriga nisbatan 48 kishiga kam yoki 99,4 foiz bo`lib, tug`ilish koeffitsienti 17,7  promilledan 17,5 promillega kamaydi.
Tug`ilish darajasining kamayishi respublikaning deyarli barcha hududlarida qayd etildi. Bu ko`rsatkichning yuqori darajasi Kegeyli (18,8 dan 15,6 promillega), Chimboy (18,7 dan 16,5 promillega) Qorauzak (17,6 dan 15,7 promillega)  va Shumanay (15,6 dan 13,3 promillega) tumanlarida kuzatildi.

O`lim darajasi. 2017 yilning yanvar`-martida o`lganlar soni 1979 kishini tashkil qildi va 2016 yil yanvar`-martga nisbatan o`lganlar soni 267  kishiga yoki 5,6 foizga ko`paydi. O`lganlar sonining ko`payishi Taxtako`pir (4,6 dan 6,1 promillega),  Qonliko`l (3,7 dan 5,1 promillega), Mo`ynoq (2,5 dan 4,2 promillega), va Ellikqal`a (2,2 dan 3,7 promillega) tumanlarida kuzatildi.
Eng ko`p o`lim hollari Taxtakupir tumanida (6,1 promille), eng kam o`lim holatlari  Shumanay  (3,0 promille) tumanida kuzatildi. O`lganlar umumiy sonidan 55,7 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,6 foizi - o`sma kasalliklaridan, 6,2 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan, 5,8 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan va 4,9 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan vafot etgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilning yanvar`-martida bir yoshga to`lmagan 129 ta bolalar o`limi kuzatildi. Bolalar o`limi koeffitsienti 13,3 promilleni tashkil qildi (2016 yilning yanvar`-martida 12,0 promille). Bir yoshgacha o`lgan bolalarning umumiy sonidan 72,9 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 15,5 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 1,6 foizi – tug`ma anomaliyalardan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Nikoh va ajralishlar. 2017 yil yanvar`-martda 3748 ta nikoh ro`yxatga olindi, ajralishlar soni esa 328 tani tashkil qildi. Bu ming aholiga 8,4 nikoh va 0,7 ajralishlar to`g`ri kelmoqda (2016 yil yanvar`-mart mos ravishda 7,8  va 0,5).

Migratsiya. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilning yanvar`-mart oylarida respublika bo`yicha ko`chib kelganlar soni 3323  kishini, shu davr mobaynida ko`chib ketganlar soni esa 4260 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig`i minus 937  kishiga (2016 yilning shu davrida minus 880 ) teng bo`ldi. Eng katta minus qoldiqlar Chimboy (minus 224), Amudaryo (minus 107), va Xo`jayli (minus 106) tumanlarida  kuzatildi.

Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2016 yil yanvar`-martga nisbatan 1,3 foizga ko`payib, 1049,1 ming kishini yoki respublika doimiy aholisining 57,6 foizini tashkil qildi.

2017 yil yanvar`-martda bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so`rab 4304 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Nukus (727 kishiga) shahrida, Beruniy  (575 kishiga), Xo`jayli (309 kishiga), Qo`ng`irot (413 kishiga), Amudaryo  (308 kishiga) va  Ellikqal`a (303  kishiga) tumanlarida ko`p. Bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 3821 nafari (barcha murojaat etganlarning 88,8 foizi) ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko`rsatkich, Qonliko`l (murojaat etganlarning 100,0 foizi), Ellikqal`a (99,0 foiz), Taxtako`pir (98,0 foiz), Beruniy (96,4 foiz) va Shumanay (96,1 foiz) tumanlarida yuqori darajada bo`ldi.

Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

(kishi)

II-CHORAK

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilning 1 iyul holatiga respublikada doimiy aholi soni 1827,6 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 10,1 ming kishiga yoki 100,5 foizga ko‘paydi.

Aholining tabiiy o‘sishi 12311  kishini tashkil etdi.
2017 yil yanvar-iyunda migratsiya saldosi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, -2165 kishini tashkil qildi.
Aholining tabiiy harakati 2017 yil yanvar-iyunda quyidagicha ifodalanadi:

Tuǵilish darajasi. 2017 yil yanvar-iyunda tuǵilganlar soni 16394 kishini tashkil qildi va wtgan yilning shu davriga nisbatan 744 kishiga kam yoki 95,6 foiz bwlib, tuǵilish koefficienti 19,2  promilledan 18,1 promillega kamaydi.

Tuǵilish darajasining kamayishi respublikaning deyarli barcha hududlarida qayd etildi. Bu ko'rsatkichning yuqori darajasi Chimboy (21,6 dan 18,6 promillega), Moynoq (17,4 dan 14,4 promillega) Taxtako'pir (19,8 dan 17,2 promillega)  va Kegeyli (19,5 dan 17,1 promillega) tumanlarida kuzatildi.

O'lim darajasi. 2017 yilning yanvar-iyunida olganlar soni 4083 kishini tashkil qildi va 2016 yil yanvar-iyunga nisbatan o'lganlar soni 286  kishiga yoki 
7,5 foizga ko'paydi. O'lganlar sonining ko'payishi Qonliko'l (4,2 dan 5,2 promillega),  Ellikqala (2,9 dan 3,7 promillega), Kegeyli (4,8 dan 5,5 promillega), va Qo'nǵirot (4,1 dan 4,7 promillega) tumanlarida kuzatildi.

Eng ko'p o'lim hollari Kegeyli tumanida (5,5 promille), eng kam o'lim holatlari  Nukus  (4,3 promille) tumanida kuzatildi.

O'lganlar umumiy sonidan 54,1 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 11,2 foizi - o'sma kasalliklaridan, 7,4 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan, 5,2 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan va 4,6 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan vafot etgan.

Dastlabki malumotlarga ko'ra, 2017 yilning yanvar-iyunida bir yoshga to'lmagan 280 ta bolalar o'limi kuzatildi. Bolalar o'limi koefficienti 14,4 promilleni tashkil qildi (2016 yilning yanvar-iyunida 13,0 promille).

Bir yoshgacha o'lgan bolalarning umumiy sonidan 73,2 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 13,6 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 4,6 foizi – tuǵma anomaliyalardan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Nikoh va ajralishlar. 2017 yil yanvar-iyunda 6817 ta nikoh ro'yxatga olindi, ajralishlar soni esa 665 tani tashkil qildi. Bu ming aholiga 7,5 nikoh va 0,7 ajralishlar to'ǵri kelmoqda (2016 yil yanvar-iyun mos ravishda 7,1  va 0,6).

 

Migratsiya. Dastlabki malumotlarga ko'ra, 2017 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo'yicha ko'chib kelganlar soni 5957  kishini, shu davr mobaynida ko'chib ketganlar soni esa 8122 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldiǵi minus 2165  kishiga (2016 yilning shu davrida minus 2097 ) teng bo'ldi.

Eng katta minus qoldiqlar Chimboy (minus 412), Xo'jayli (minus 244), va Kegeyli (minus 223) tumanlarida  kuzatildi.

Aholining tabiiy harakati 2017 yil yanvar-iyunda quyidagicha ifodalanadi:

 

 

Mehnat resurslarining soni, dastlabki malumotlarga ko'ra, 2016 yil yanvar-iyunga nisbatan 1,3 foizga ko'payib, 1052,5 ming kishini yoki respublika doimiy aholisining 57,6 foizini tashkil qildi.

2017 yil yanvar-iyunda bandlikka ko'maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so'rab 9321 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Nukus (1386 kishiga) shahrida, Beruniy  (1189 kishiga), Xo'jayli (1054 kishiga), Ellikqala (755 kishiga), Qo'nǵirot (595 kishiga) va Amudaryo  (550 kishiga) tumanlarida ko'p.

Bandlikka ko'maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 8521 nafari (barcha murojaat etganlarning 91,4 foizi) ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko'rsatkich, Ellikqala (murojaat etganlarning 99,3 foizi),Chimboy (97,6 foiz), Nukus (97,0 foiz), Beruniy (96,5 foiz) va Amudaryo (96,1 foiz) tumanlarida yuqori darajada bo'ldi.

Bandlikka ko'maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

 

III-CHORAK

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilning 1 oktyabr` holatiga respublikada doimiy aholi soni 1834,5 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 17,0 ming kishiga yoki 100,9 foizga ko`paydi.

Aholining tabiiy o`sishi 20381  kishini tashkil etdi.

2017 yil yanvar`-sentyabrda migratsiya sal`dosi, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra,
-3416 kishini tashkil qildi.

Aholining tabiiy harakati 2017 yil yanvar`-sentyabrda  quyidagicha    ifodalanadi:

Tug`ilganlar

27894

26643

-1251

20,7

19,5

O`lganlar

5878

6262

384

4,4

4,6

shu jumladan bir yoshgacha bolalar

391

437

46

12,8

15,0

Tabiiy o`sish

22016

20381

-1635

16,3

14,9

Nikohlar

9456

10242

786

7,0

7,5

Ajralishlar

844

991

147

0,6

0,7

 

Tug`ilish darajasi. 2017 yil yanvar`-sentyabrda tug`ilganlar soni 26643 kishini tashkil qildi va o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1251 kishiga kam yoki 95,5 foiz bo`lib, tug`ilish koeffitsienti 20,7  promilledan 19,5 promillega kamaydi.

Tug`ilish darajasining kamayishi respublikaning deyarli barcha hududlarida qayd etildi. Bu ko`rsatkichning yuqori darajasi Chimboy (22,7 dan 19,6 promillega), Qorao`zak (20,9 dan 18,2 promillega), Mo`ynoq (19,6 dan 17,0 promillega)  va Taxtako`pir (21,2 dan 18,7 promillega) tumanlarida kuzatildi. 

  O`lim darajasi. 2017 yilning yanvar`-sentyabrida o`lganlar soni 6262 kishini tashkil qildi va 2016 yil yanvar`-sentyabrga nisbatan o`lganlar soni 384  kishiga yoki 6,5 foizga ko`paydi. O`lganlar sonining ko`payishi Kegeyli (4,8 dan
5,4 promillega),  To`rtko`l (4,0 dan 4,6 promillega), Qo`ng`irot (4,3 dan 4,8 promillega), va Chimboy (4,8 dan 5,2 promillega) tumanlarida kuzatildi.

Eng ko`p o`lim hollari Kegeyli tumanida (5,4 promille), eng kam o`lim holatlari  Ellikqal`a  (3,7 promille) tumanida kuzatildi.

O`lganlar umumiy sonidan 53,4 foizi qon aylanish tizimi
kasalliklaridan, 11,2 foizi - o`sma kasalliklaridan, 8,6 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan, 5,2 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan va 4,4 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan
vafot etgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilning yanvar`-sentyabrida
bir yoshga to`lmagan 437 ta bolalar o`limi kuzatildi. Bolalar o`limi koeffitsienti 15,0 promilleni tashkil qildi (2016 yilning yanvar`-sentyabrida 12,8 promille).

Bir yoshgacha o`lgan bolalarning umumiy sonidan 72,3 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 12,1 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 5,7 foizi – tug`ma anomaliyalardan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Nikoh va ajralishlar. 2017 yil yanvar`-sentyabrda 10242 ta nikoh ro`yxatga olindi, ajralishlar soni esa 991 tani tashkil qildi. Bu ming aholiga 7,5 nikoh va
0,7 ajralishlar to`g`ri kelmoqda (2016 yil yanvar`-sentyabr` mos ravishda 7,0  va 0,6).

Migratsiya. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilning yanvar`-sentyabr` oylarida respublika bo`yicha ko`chib kelganlar soni 8453  kishini, shu davr mobaynida ko`chib ketganlar soni esa 11869 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig`i minus 3416  kishiga (2016 yilning shu davrida minus 3689 ) teng bo`ldi.

Eng katta minus qoldiqlar Nukus shahri ( minus 551), Chimboy (minus 475), va Xo`jayli (minus 448) tumanlarida  kuzatildi.

Aholining tabiiy harakati 2017 yil yanvar`-sentyabrda quyidagicha ifodalanadi:

Har 1000 kishiga      

Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra,
2016 yil yanvar`-sentyabrga nisbatan 1,3 foizga ko`payib, 1054,2 ming kishini yoki respublika doimiy aholisining 57,5 foizini tashkil qildi.

2017 yil yanvar`-sentyabrda bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so`rab 15682 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Beruniy (1908 kishiga), Ellikqal`a (1255 kishiga), Chimboy (896 kishiga), Kegeyli (822 kishiga), Nukus (696 kishiga) va Taxtako`pir  (532 kishiga) tumanlarida ko`p. 

Bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan
14610 nafari (barcha murojaat etganlarning 93,2 foizi) ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko`rsatkich, Ellikqal`a (murojaat etganlarning 99,6 foizi), Nukus (99,1 foiz), Chimboy (99,0 foiz), Kegeyli (98,9 foiz), Taxtako`pir (98,9 foiz) va Beruniy (98,5 foiz) tumanlarida yuqori darajada bo`ldi.

 

Bandlikka ko`maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

(kishi)

IV-CHORAK  

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2018 yilning 1 yanvar holatiga respublikada doimiy aholi soni 1842,4 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 24,9 ming kishiga yoki 101,4 foizga ko`paydi.
Aholining tabiiy o`sishi 29263 kishini tashkil etdi.
2018 yil yanvar-dekabrda migratsiya sal`dosi, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, -4375  kishini tashkil qildi.
Aholining tabiiy harakati 2017 yil yanvar-dekabrda  quyidagicha    ifodalanadi:

 

Kishi

Har 1000 kishiga

 

2016y.

2017y. *)

o`sish,
kamayish (-)

2016y.

2017y. **)

  Tug`ilganlar 39427 37946 -1481 21,9 20,7
  O`lganlar 8396 8683 287 4,7 4,7
  shu jumladan bir yoshgacha bolalar 545 631 86 13,4 16,3
  Tabiiy o`sish 31031 29263 -1768 17,2 16,0
  Nikohlar 12760 14109 1349 7,1 7,7
  Ajralishlar 1075 1309 234 0,6 0,7

Tug`ilish darajasi. 2017 yil yanvar-dekabrda tug`ilganlar soni 37946 kishini tashkil qildi va o`tgan yilning shu davriga nisbatan -1481  kishiga kamaydi yoki 96,2 foiz bo`lib, tug`ilish koeffitsienti 21,9  promilledan 20,7 promillega kamaydi.Tug`ilish darajasining kamayishi respublikaning deyarli barcha hududlarida qayd etildi. Bu ko`rsatkichning yuqori darajasi Chimboy (23,8dan 21,0 promillega), Qorao`zak (21,7 dan 18,8 ga), Mo`ynoq (20,7 dan 18,0 ga) va Taxtako`pir (21,3 dan 18,8 ga) tumanlarida kuzatildi.

O`lganlar sonining ko`payishi Kegeyli (5,2 dan 5,5 promillega), To`rtko`l (4,4 dan 4,8 ga), Beruniy (4,4 dan 4,8 ga) va Amudrayo (4,2 dan 4,4 ga) tumanlarida kuzatildi. Eng ko`p o`lim hollari Kegeyli tumanida (5,5promille), eng kam o`lim holatlari Shumanay(3,9 promille) tumanida kuzatildi.
O`lganlar umumiy sonidan 53,3 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 11,3 foizi - o`sma kasalliklaridan, 8,6 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan, 5,0 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan va 4,2 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan vafot etgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilning yanvar-dekabrda bir yoshga to`lmagan 631 ta bolalar o`limi kuzatildi. Bolalar o`limi koeffitsienti 16,3 promilleni tashkil qildi (2016 yilning yanvar-dekabrda 13,4 promille).Bir yoshgacha o`lgan bolalarning umumiy sonidan 74,6foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 10,4 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 5,7 foizi – tug`ma anomaliyalardan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Nikoh va ajralishlar. 2017 yil yanvar-dekabrda 14109 ta nikoh ro`yxatga olindi, ajralishlar soni esa 1309 tani tashkil qildi. Bu ming aholiga 7,7 nikoh va 0,7 ajralishlar to`g`ri kelmoqda (2016 yil yanvar-dekabr` mos ravishda 7,1  va 0,6).

Migratsiya. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilning yanvar-dekabr` oylarida respublika bo`yicha ko`chib kelganlar soni 10746 kishini, shu davr mobaynida ko`chib ketganlar soni esa 15121 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig`i minus 4375  kishiga (2016 yilning shu davrida minus 4583) teng bo`ldi.Eng katta minus qoldiqlar Chimboy ( minus 624), Xo`jayli (minus 451)  Nukus shahrida (minus 555), va tumanlarida  kuzatildi.

Mehnat resurslarining soni dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2016 yil yanvar-dekabrga nisbatan 1,3 foizga ko`payib, 1055,9 ming kishini yoki respublika doimiy aholisining 57,3 foizini tashkil qildi.

2017 yil yanvar-dekabrda bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so`rab 22504 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Ellikqal`a (1587kishiga), Beruniy (2295 kishiga), Chimboy (1145 kishiga), Amudaryo (1292kishiga), Kegeyli (1041 kishiga), va Taxtako`pir (701 kishiga) tumanlarida ko`p.

Bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 21428 nafari (barcha murojaat etganlarning 95,2 foizi) ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko`rsatkich, Chimboy (murojaat etganlarning 99,9 foizi), Amudaryo (99,4 foiz) Ellikqal`a (99,0 foiz), Taxtako`pir (98,7 foiz),  Beruniy (98,6 foiz), va Kegeyli (98,2 foiz), tumanlarida yuqori darajada bo`ldi.

Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

                                                                                                                                       (kishi)

   Yanvar-dekabr 2016 yil
yanvar-dekabrga
nisbatan foizda
2016 yil 2017 yil
Qoraqalpog`iston
Respublikasi
19953 21428 107,4
Nukus sh. 2747 2748 100,0
Amudaryo 1284 1285 100,1
Beruniy 2254 2262 100,4
Qonliko`l 899 901 100,2
Qorao`zak 724 801 110,6
Kegeyli 871 1022 117,3
Qo`ng`irot 1982 1590 80,2
Mo`ynoq 402 386 96,0
Nukus 1028 919 89,4
Taxiatosh - 195 -
Taxtako`pir 692 692 100,0
To`rtko`l 1614 1880 116,5
Xo`jayli 2091 3241 155,0
Chimboy 1024 1144 111,7
Shumanay 789 791 100,3
Ellikqal`a 1552 1571 101,2

 


Ko'rib chiqildi: 3874