Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (62 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (62 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi

 

 

 Usnatdinova 
Jumagul
Sharapovna

Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri

 Manzil:

 2230100, Nukus shahri, Dosnazarov 62 uy 

 Telefon:

 0 (361) 222-55-09

 E-mail:

 qqrmtv@umail.uz

 Qabul
 kunlari:

 Juma kuni soat 15:00 - 17:00

 

 

 Bayjanov
Tirkeshbay 
Jumadurdievich

Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining o'rinbosari

 Manzil:

 230100, Nukus shahri, Dosnazarov 62 uy

 Telefon:

 0 (361) 222-57-07

 E-mail:

 qqrmtv@umail.uz

 Qabul
 kunlari:

 Seshanba kuni soat 10:00 - 12:00

 Payshanba kuni soat 15:00 - 17:00

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligining (keyingi o`rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funktsiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda xisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funktsional vazifalari va javobgarligini tartibga soladi.

Vazirlik maktabgacha ta`lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etadi va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Vazirlik  Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashiga, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligiga bo`ysunadi.

Vazirlik o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2017 yil  30 sentyabrdagi PF-5198-son Farmoniga va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi «O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi PK-3305-son qaroriga va ushbu qaror asosida qabul qilingan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining 2017 yil  6 oktyabrdagi
229 son «Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatini tashkil etish haqida»gi Prezidium qarori va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017 yil 5-oktyabrdagi
684-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiradi.

Vazirlik o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi  Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi qarorlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarorlari, farmoyishlari, bayonlari, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi qarorlari va buyruqlari shuningdek, ushbu Nizomga  va boshqa qonun  hujjatlariga amal qiladi.

Vazirlikning o`z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo`jalik  boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning  mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.

 

Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishini ta`minlashda ishtirok etish;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tuman, shahar xokimlari, prokuratura xududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar (keyingi o`rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

- maktabgacha ta`lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

- maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`linmalarida o`quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

- maxsus maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va  ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bo`yicha maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

- nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini tashkil etish  va maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirishda maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlarini qo`llab-quvvatlash;

- maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlarida, davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish;

 

Vazirlikga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

- Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi rahbariyati  faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta`minlaydi;

- maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Vazirlar Kengashi qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim  Vazirligining buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta`minlaydi;

- maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o`z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishini tashkil etilishida ko`maklashadi;

- maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

- maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`linmalarining metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari bilan o`zaro hamkorlik qiladi;

- nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalarini qo`llab-quvvatlash va maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish bo`yicha maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;

- davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida sog`lom ovqatlanishni ta`minlash bo`yicha maktabgacha ta`lim tuman (shahar)  bo`limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- maktabgacha ta`lim muassasalarida davlat talablarini bajarish monitoringi bo`yicha maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlari harakatlarini muvofiqlashtiradi;

- maktabgacha ta`lim tuman (shahar) bo`limlarini va maktabgacha ta`lim muassasalarini moddiy-texnik ta`minlashni tashkil etadi;

- maktabgacha ta`lim muassasalarining binolari va inshootlarini joriy  ta`mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;

- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

- vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo`jalik masalalari va boshqa masalalar bo`yicha qarorlar qabul qiladi.

 


Ko'rib chiqildi: 2364