Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi va Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamg`armasi YuNISeF tashkilotining hamkorlikdagi “2016-2017 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasida bolalar farovonligining ta`minlanishini Idoralararo mu

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi  va  Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamg`armasi YuNISeF tashkiloti bilan hamkorlikda “2016-2017 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasida bolalar farovonligining ta`minlanishini Idoralararo muvofiqlashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz istiqlolining dastlabki kunlaridanoq ham jismonan, ham ma`nan sog`lom avlodni voyaga etkazishga davlat siyosati darajasida e`tibor qaratildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasini yanada  rivojlantirish bo`yicha Harakatlar Strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon 5 ta yo`nalishdan iborat bo`lib,  aynan IV-Yo`nalishda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarida, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlash, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta`minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko`rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish belgilangan. 

          Shuningdek, bola huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari yaratildi – bir qator qonunlar qabul qilindi va ularda bolalar huquqlari kafolatlab qo`yildi. Xususan, “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida bola huquqlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yo`li bilan bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini oshirish asosiy maqsad qilib belgilangan.

          Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi va hamkor tashkilotlar tomonidan loyiha doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasida nogiron bolalar uchun ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar ko`rsatish sohasidagi vaziyatni davlat tizimi, mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari nuqtai nazaridan o`rganish maqsad qilib belgilandi.

Loyiha doirasida Monitoring guruhining imkoniyatlarini oshirish maqsadida 3 ta seminar-trening o`tkazildi:

  1. 2016 yil 27-29 dekabr kunlari “Ikkilamchi ma`lumotlarni tahlil qilish bosqichlari” mavzusida 1-seminar o`tkazildi (a.Mutasaddi tashkilotlardan statistik ma`lumotlarni olish; b.Nogiron bolalarni ijtimoiy xizmatlarini ko`rsatish va imtiyozlardan to`liq foydalanish uchun ijtimoiy xizmatlar ko`rsatayotgan tashkilotlar qanday me`yoriy–huquqiy hujjatlarga asoslanib  o`z faoliyatini olib borishi).
  2. 2017 yil 15-17 fevral kunlari “Monitoring sifatli uslublari asosida birlamchi ma`lumotlarni yig`ish” mavzusida 2-seminar o`tkazildi (a. Fokus gruppa-joylarga chiqib ma`lumotlar yig`ishda kerak bo`ladigan usullarni mukammal o`rganish; b.Interv`yuer va Moderatorlarning vazifalarini o`rganish hamda stsenariylar, ya`niy GAYD  ishlab chiqish; v.Monitoring guruhi ishlarini kuzatish). Sinov tariqarisida o`tkazilgan ikkita guruh munozaralari va bitta chuqurlashtirilgan interv`yu natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida, ishlab chiqilgan instrumentariyga (guruh munozaralarini o`tkazish uchun qo`llanma va chuqurlashtirilgan interv`yu uchun savolnoma) o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
  3. 2017 yil 22-24 iyun kunlari “Ma`lumotlar tahlili va Hisobot tayyorlash” mavzusida 3-seminar o`tkazildi (a.Mutasaddi vazirliklardan olingan statistik ma`lumotlarni tahlil qilish va analitik hisobotlar asosida birlamchi hisobot tayyorlash).

2017 yil 25 apreldan 6 maygacha bo`lgan davrda 2 ta chuqurlashtirilgan interv`yu va 7 ta guruh munozaralari o`tkazildi. Monitoring doirasida Nukus shahri, Taxiatosh tuman bo`ysinuvidagi shaharcha va 14 ta tumanlardan mutaxassislar jalb qilingan.

Ulardan 10 ta tuman geografik joylashishi, iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatining o`xshashligi va mavjud muammolarning yaqinligini inobatga olgan holda 4 klasterga birlashtirildi. Jumladan:

  • 1 klaster To`rtko`l, Ellikqala va Beruniy;
  • 2 klaster Qorao`zak, Chimboy va Taxtako`pir;
  • 3 klaster Kegeyli va Nukus tumanlari;
  • 4 klaster Qanliko`l va Sho`manay;

 

         Mutasaddi vazirliklar hamkorligida 2017 yil 19 iyul kuni Idoralararo muvofiqlashtirish kengashi yig`ilishi o`tkazildi.


Ko'rib chiqildi: 2535