Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Ishlar Boshqarmasining funktsional vazifalari to`g`risida

N I Z O M

1-bob. Umumiy qoidalar

 

 

1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Ishlar Boshqarmasi funktsional vazifalarini belgilaydi.

2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Ishlar Boshqaruvchisi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisiga hisobot beradi.

3. Ishlar Boshqarmasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Ishlar Boshqaruvchisi Vazirlar Kengashi mas`ul xodimlari talab darajasida faoliyat yuritishi va ishlarning tashkil etilishi holati uchun shaxsan javob beradi, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, Ishlar Boshqarmasining faoliyatiga taalluqli masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko`rib chiqilishini ta`minlaydi.

5.  Vazirlar Kengashi faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo`jalik jihatidan ta`minlaydi, Vazirlar Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tashkil etadi, Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshirib beradi.


Ko'rib chiqildi: 2564