Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

Demografik holat

Qoraqalpog‘iston Respublikasi doimiy aholisi soni 2017 yil 1 oktabr holatiga 1834,5 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 17,0 ming kishiga yoki 0,9 foizga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi 902,2 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 49,2 %), qishloq aholisi soni 932,3 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,8 %) tashkil etdi.

E’tibor bering:
- Aholi soni yil boshidan buyon 17,0 ming kishiga ko‘paydi.
- Tug‘ilganlar soni 26,6 ming nafarni tashkil etdi.
- 6,3 mingta o‘lim qayd etildi.
- FHDYO bo‘limlarida 10,2 mingta nukoh va 1,0 mingta ajralishlar ro‘yxatga olindi.

Tug‘ilish. 2017 yilning yanvar-sentabr davrida 26,6 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 19,5 promilleni tashkil qildi va 2016 yilning mos davriga nisbatan 1,2 promillega kamaydi (2016 yilda 20,7 promille bo‘lgan).

O‘lim. 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 6,3 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,6promilleni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari bo‘yicha aholining tabiiy harakati koeffitsiyentlari 2017 yil yanvar-sentabr uchun
(1000 aholiga; promille)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari bo‘yicha tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari 2017 yil yanvar-sentabr uchun
(ming kishi)

Ro‘yxatga olimgan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi soni 0,4 mingtani va bolalar o‘limi koeffitsiyenti 15,0 promilleni tashkil etdi.

 

Ro‘yxatga olimgan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi soni 0,4 mingtani va bolalar o‘limi koeffitsiyenti 15,0 promilleni tashkil etdi.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha o‘lgan jami bolalarning 72,3 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 12,1 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,7 foizi – tug‘ma anomaliy alardan, 1,8 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7 foizi – baxtsiz hodisa, xaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,5 foizi – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 6,9 foizi – boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Nikoh va ajrimlar. 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 10,2 mingta nikoh va 1,0 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Respublika bo‘yicha nikoh tuzish koeffitsiyenti 7,5 promilleni, nikohdan ajralish koeffitsiyenti esa 0,7 promilleni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan nikoh va nikohdan ajralishlar soni 2017 yil yanvar-sentabr oylari uchun
((бирлик)

Migratsiya. 2017 yilning yanvar-sentabr davrida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 8,5 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 11,9 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 3,4 ming kishini tashkil etdi (2016 yilda minus 3,7 ming kishi bo‘lgan).

 


Ko'rib chiqildi: 2527

Sahifalar